408
Shunday qilib, hukmron Markaz zo‗ravonlarining bir necha yillik sa‘y-harakatlari orqasida
O`rta Osiyoning siyosiy jo‗g‗rofiyasi sun‘iy ravishda o‗zgartirildi. Bu hududdagi ko‗p asrlik milliy
davlatchilik tarixi an‘analariga chek qo‗yildi. Buning yorqin ifodasi xususan Buxoro va Xorazm
davlatlarining zo‗ravonlik yo‗li bilan tugatilganligida namoyon bo‗ladi. O`rta Osiyo hududida shu
davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari
o‗rnida endilikda O`zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, O`zbekiston SSR tarkibida
Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg‗izlar yashagan huddudlar Qoraqirg‗iz (Qirg‗iziston) muxtor viloyatiga
birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog‗iston ASSR
ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor viloyatiga birlashtirilib
Qozog‗iston ASSR tarkibiga kiritildi. O`lkada beshta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi.
Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir-biridan sun‘iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga
o‗lkada o‗z hokimiyatini mustahkamlash ushun katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Milliy-hududiy chegaralanish natijasida O`zbekiston SSR tashkil etildi. Uning tarkibiga
quyidagi hududlar: Turkiston ASSRning 9 ta uezdi, 133 ta tumani va 7 ta qishloq okrugi; Buxoro
respublikasining 9 ta viloyati; Xorazm respublikasining 23 ta tumani kiritildi. O`zbekiston SSR
tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar
edi. Milliy tarkibiga ko‗ra aholining 74,2 foizini o‗zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil
etar edi. O`zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxoro shahri bo‗lgan. Biroq ko‗p o‗tmay 1925-yil
aprelda poytaxt Samarqand shahri qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko‗chirildi.
O`zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O`zbekiston SSR sovetlarining ta‘sis qurultoyiga qadar
Muvaqqat Inqilobiy qo‗mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat
arbobi Fayzulla Xo‗jayev O`zbekiston SSR Inqilobiy qo‗mitasi raisi qilib tasdiqlandi. 1924-yil 5-
dekabrda Inqilobiy qo‗mita butun O`zbekiston xalqiga murojaat qilib, O`zbekiston SSR tuzilganini,
uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma‘lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda
iqtisodiy bo‗linish ham o‗tkazildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli barcha
boyliklar yangi milliy respublikalar o‗rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar sovet hukumati tomonidan
maxsus tuzilgan O`rta Osiyoni tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda Xalq uyida Umumo‗zbek sovetlarining I-qurultoyi ochildi.
Qurultoy ―O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to‗g‗risidagi Deklaratsiya‖ni
qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O`zbekiston
SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‗mitasi raisi lavozimiga farg‗onalik dehqon, ―Qo‗shchi‖
uyushmasi rahbarlaridan biri Yo‗ldosh Oxunboboyev saylandi. O`zbekiston SSR hukumati – Xalq
Komissarlar Kengashi raisi lavozimiga Fayzulla Xo‗jayev tasdiqlandi. Milliy chegaralanish davrida
O`rta Osiyoda faoliyat ko‗rsatib kelgan partiya, komsomol va xo‗jalik tashkilotlarida ham bir qator
tashkiliy o‗zgarishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Kompartiyasining 1925-yil 6–12-fevral kunlari Buxoroda bo‗lib o‗tgan I-ta‘sis
s‘ezdida O`zbekiston Kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markaziy
Qo‗mitasi saylandi. V.I.Ivanov va Akmal Ikromov Markaziy Qo‗mitaning mas‘ul kotiblari etib
saylandilar. Akmal Ikromov 1927-yildan O`z-bekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi
lavozimida faoliyat olib bora bosh- ladi. Shu yili O`zbekiston komsomoli, respublika kasaba
uyushmalari, uning rahbar organlari ham tuzildi. Ular respublikada Markaz va sovet hokimiyatining
tayanch organlari bo‗lib qoldilar.
1925-yil may oyida O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR
Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O`zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan bo‗ldi.
1927-yilda qabul qilingan O`zbekiston SSRning birinchi va 1937-yilda qabul qilingan ikkinchi
konstitutsiyalari ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko‗chirma nusxasi edi. Chunki O`zbekiston
qog‗ozdagi ―suveren‖ respublika bo‗lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o‗lka edi. U o‗z
xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani Sovet
Ittifoqi hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Hatto O`zbekistonning ma‘muriy-
hududiy tuzilishiga oid masalalar ham Sovet Ittifoqi hukumati tasarrufida edi. Masalan, O`zbekiston
xalqi, uning hukumati roziligini so‗ramasdan 1929-yilda Tojikiston ASSR O`zbekiston SSR
tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSR ga aylantirildi hamda SSSRga qabul qilindi.
Shunday qilib, qog‗ozda suveren respublika sifatida shakllantirilib, hukmron sovet imperiyasi
tarkibiga kiritilgan O`zbekiston SSR amalda Markazga to‗la bo‗ysunuvchi, arzon xom ashyo
mahsulotlari yetkazib beruvchi bir chekka o‗lka bo‗lib qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: