290
1-MAVZU
:
KIRISH. 1918-1939-YILLARDA XALQARO
MUNOSABATLAR. ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOTNING
JADALLASHUVI, ILM-FANDAGI YUTUQLARI
REJA:
1. Kirish.
2. 1918-1939-yillarda xalqaro munosabatlar
3. 1918-1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi
yutuqlar
Tayanch iboralar:
Industrial sivilizatsiya, postindustrial sivilizatsiya, konferensiya,
Millatlar Ligasi, fashizm
Yangi mavzu bayoni
:
Birinchi jahon urushida
Germaniya ittifokchilari Bolgariya (29 sentabr 1918 y), 30-
oktabrda Turkiya, 3-noyabrda Avstriya-Vengriya Antanta oldida taslim bo‘ldi.
(Antanta- fransuzcha blok rozilik bo‘lib Angliya-Fransiya ittifoki.(1917)AQShva
Yaponiya xam kirgan. Uchlar ittifokiga karshi blok. Uchlar ittifokiga Italiya Turkiya,
Avstro-Vengriya kirgan.) Avstriya-Vengriya Gabsburglar imperiyasi parchalandi.
Germaniya yakkalanib koldi. Germaniya 1918 yil 5-oktabridaAQShprezidenti
Vilsonga murojaat kilib, yarash bitimi tuzishni suradi. Antanta Germaniyadagi
revolyusiyaning chukurlashuvidan kurkib, german armiyasini batamom tor-mor
keltirishni istamadi, o‘z kushinlarini Germaniya ichkarisi Berlinga kiritishni istamadi.
1918 yil 11 noyabrda Fransiyaning shimoli-sharkidagi Kompyen o‘rmonida Antanta
ko‘shinlari bosh kumondoni marshal Foshning vagonida Germaniyaning Ersberger
boshchiligidagi delegasiyasi Antanta ko‘mondonligi taklif etgan taslim bo‘lish aktiga
ko‘l ko‘ydi. Bu aktda Germaniyaga o‘z kushinlarini Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg,
Elzas-Lotaringiyadan va Reynning chap kirgogidan tezda, ammo Avstriya va
Vengriyadan, Ruminiya va Turkiyadan, Rossiyaning ishgol kilingan joylardan Antanta
kursatgan muddatda olib chikib ketish majburiyatini yukladi. Germaniya golib
davlatlarga juda ko‘p mikdorda kurol aslaga, samolyot, garbiy kemalar, transport,
chorva mollari va boshkalarni topshiradigan bo‘ldi.
Kompyendagi yarash, bir tomondan Antantaning Germaniya ustidan galabasini
mustakkamladi, ikkinchi tomondan, Antantaning sobik SSSRga karshi Germaniya
bilan til biriktiruvining dastlabki payti bo‘ldi.
1918 yilda 9 noyabrda Germaniyada inkilob boshlangani va Germaniya
maglubiyatga uchragandan keyin, 1918 yil 13 noyabrda Sovet davlati Brest sulxini
bekor kildi.
Birinchi jaxon urushida golib chikkan AQSH, Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya
va boshka davlatlarning taslim bo‘lgan Germaniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va
Bolgariya bilan sulx shartnomalarni ishlab chikish uchun 1919 yil 18-yanvarda Versal
sulx konferensiyasi ochildi. Bu konferensiya 1920 yil 21 yanvargacha davom
etdi.Konferensiyada Antanta tomonida turib urushga katnashgan 27 davlat vakillari
ishtirok etdi. Germaniya va maglubiyatga uchragan boshka davlatlar fakat
konferensiyaning so‘nggi boskichida, tayyorlagan sulx shartnomasini topshirish
vaktida katnashtirildi.
KonferensiyadaAQSh(prezident Vilson), Angliya ( bosh vazir Lloyd Jorj),
Fransiya (Klemanso) va Italiya(Orlondo) asosiy rol o‘ynadilar. Ulardan tashkil topgan
―To‘rtlar kengashi‖ eng asosiy organ bo‘lib, bir kancha yashirin kengashlar o‘tkazdi,
kamda ular xalklar va davlatlarning takdiri yuzasidan surbetlarcha savdolashdilar.