O’zbekiston (1924-1991 yy) ning tarixiy geografiyasi Reja



Download 44,42 Kb.
bet1/5
Sana08.07.2022
Hajmi44,42 Kb.
#756795
  1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза


O’zbekiston (1924-1991 yy) ning tarixiy geografiyasi
Reja

    1. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi

8.2. O‘zbekistonning aholi geografiyasi (XX asrning 20-80-yillari)

    1. XX asrning 20-80-yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy geografiyasi

    2. 1924-1991 yillar tarixiy geografiyasi. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi

    3. O‘zbekiston respublikasi tarixiy geografiyasi. O‘zbekistonning tabiiy-geografik tavsifi

    4. XX asrning 20-80-yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy geografiyasi



Tayanch iboralar: milliy-hududiy chegaralanish, iqtisodiy geografiya, tabiiy-geografik tavsif, iqtisodiy geografiya


8.1. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi
1924 yil 15 sentabrda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Islomov ma’ruza qildi. Umuman bu ma’ruzada avvalgi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g‘oyalar va qoidalarni yaqqol takrorlashdan iborat bo‘ldi. Ma’ruzada milliy-hududiy chegaralanishni “millatlarni o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi”ni to‘liq amalga oshirish, yangi “milliy davlat tuzilmalari”ni tashkil etish kerak sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. Shu bilan birga Islomov ma’ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish ”xalqning xohish-irodasini bildirish akti”, degan tezis birinchi bor ochiq aytildi: ”Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish to‘g‘risida o‘z xohish-irodasini bildirdilar. Ular ham barchi qirg‘izlar o‘zbeklar va turkmanlarni yagona davlatga birlashtirish yo‘li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar”. Bu 1924 yil 16 sentabrda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi sessiyasida chegaralanish to‘g‘risida qabul qilingan qarorda o‘z ifodasini topdi.
Birmuncha keyinroq tojiklarning milliy o‘z taqdirini o‘zi belgilash shakli bir oz o‘zgardi. 1924 yil 4 oktabrdagi majlisda milliy-hududiy chegaralanish bo‘yicha O‘zbekiston byurosi Tojikiston komissiyasining Tojikiston Avtonom Respublikasi va uning O‘zbekiston ittifoqdosh respublikasiga kirishi to‘g‘risidagi qarorga rozilik berdi. Mana shu majlisning o‘zida uzoq tortishuvdan keyin Panjikent va O‘ratepa tumanlarining Tojikiston tarkibiga kirishiga qaror qilindi.
1924 yil 14 oktabrda RSFSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi II sessiyasi Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining milliy-hududiy chegaralanish to‘g‘risidagi qarorini tojik xalqiga nisbatan ayrim o‘zgarishlar bilan tasdiqladi. Tojik xalqiga Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi sessiyasi va Umumbuxoro qurultoy qarorida ko‘rsatilgandek, O‘zbekiston Respublikasi tarkibida muxtor viloyat emas, balki Tojikiston Avtonom Respublikasi tashkil etish huquqi berilishi maqsadga muvofiq ekanligini e’tirof qildi. Shu tariqa Bolsheviklar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi sessiyasi qaroriga muvofiq O‘rta Osiyoda O‘zbekiston va Turkmaniston republikalari, Tojikiston Avtonom Respublikasi, Qoraqalpog‘iston va Qirg‘iziston Avtonom viloyatlari tashkil topdi.
1924 yil 27 oktabrda SSSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi II sessiyasi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, Sovetlarning Umumbuxoro V qurultoyi va Sovetlarning Umumxorazm V qurultoyi favqulodda sessiyasining milliy-hududiy chegaralanish va yangi respublikalar hamda viloyatlar tashkil etish to‘g‘risidagi iltimosini qondirish va “mehnatkash xalqning erkin xohish bildirilishi eng yuqori qonundir”, degan ifoda bilan tasdiqladi.
SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining qarorida ”SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Rayosatiga O‘rta Osiyoda yangi tashkil etilayotgan respublikalarni ana shu respublikalar Sovetlar qurultoylari qaroriga muvofiq rasmiylashtirishni amalga oshirish” vazifasi topshirildi.
Shunday qilib, 1924 yil sentabr-oktabrda milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo republikalari, Rossiya Federatsiyasi va SSSR davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo‘li bilan rasmiylashtirildi.
SSSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi II sessiyasi qaroridan keyin qisqa muddat ichida yangi tashkil topgan milliy tuzilmalarning haqiqatda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining 1924 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyalari o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Yangi tashkil etilgan respublikalarda inqilobiy qo‘mitalar tuzilib, ular yangi respublikalar va viloyatlar ta’sis sezdlarini chaqirish yuzasidan tayyorgarlik ishlariga boshchilik qildilar.
Milliy chegaralanish natijasida O‘zbekiston SSR tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:
-Turkiston ASSR dan 9 ta uezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
-Buxoro respublikasining 9 ta viloyati;
-Xorazm respublikasining 23 ta tumani.
O‘zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. km. ni, aholisi 4 million 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926 yil ma’lumotlari bo‘yicha, milliy tarkibiga ko‘ra aholining 74,2 foizini o‘zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etgan.
O‘zbekiston SSR ning dastlabki poytaxti Buxoro bo‘lgan. Biroq ko‘p o‘tmay - 1925 yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930 yil oxirida poytaxt Toshkentga ko‘chirildi. O‘zbekiston SSRda butun hokimiyat O‘zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo‘mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hokimiyati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi raisi qilib tasdiqlandi.
1924 yil 5 dekabrda Inqilobiy Qo‘mita butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, O‘zbekiston SSR tuzilgani, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligi ma’lum qilindi.
1925 yil 13 fevralda Buxoroda O‘zbekiston SSR Sovetlarining I sezdi ochildi. U 17 fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risidagi deklaratsiya”ni qabul qildi. Deklaratsiya O‘zbekiston SSR tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va O‘zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e’lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o‘tilganidek, “shu kundan e’tiboran o‘zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o‘ziga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlarning ittifoqdosh O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta’sis etildi, unga Tojikiston Avtonom SSR kirdi”.
1925 yil 13 mayda SSSR Sovetlarining III sezdi Turkmaniston va O‘zbekiston respublikasining SSSR tarkibiga kirishi to‘g‘risida shu respublikalar ”xalqlarining erkin xohishi”ni inobatga olib tasdiqladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikasining qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo‘lgan O‘zbekiston milliy sovet respublikasi paydo bo‘ldi.
1937 yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSR Konstitusiyasida yozib qo‘yilgan respublikaning suvereniteti, erkinligi, tengligi va mustaqil rivojlanish huquqiga ega ekanligi haqidagi qoidalar faqat “qog‘ozda” edi, xolos. Amalda esa, O‘zbekiston mustamlaka mavqeini egallab, hamma jihatdan metropoliyaga butunlay qaram bo‘lib qolgan edi. 20-yillarning boshlarida partiya X, XII, XIV, sezdlari tomonidan ilgari surilgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy qoloqligini tugatish vazifasi ham hal qilinmadi, bu boradagi partiya qarorlari bajarilmadi. Bu davrga kelib milliy respublikalar huquqlari butunlay cheklab qo‘yildi. Ular yangi Konstitusiyaga muvofiq eng muhim va asosiy masalalarni hal qilishi u yoqda tursin, hatto, viloyat va tuman bo‘linishlari chegaralarini belgilash huquqiga ham ega emas edilar.
1925 yil may oyida O‘zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitusiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O‘zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan bo‘ldi. 1927 yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSR ning birinchi va 1937 yilda qabul qilingan ikkkinchi Konstitusiyasi ham amalda SSSR Konstitusiyasining ko‘chirma nusxasi edi. Chunki O‘zbekiston qog‘ozdagi “suveren” respublika bo‘lib, amalda markazga tobe va qaram bir o‘lka edi, xolos. U o‘z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Bunga uning haddi sig‘masdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat hukmron markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati roziligini so‘ramasdan 1929 yilda Tojikiston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi hamda SSSR ga qabul qilindi.



Download 44,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish