Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 5140600-Geografiya yo’nalishi Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi talabasi Xudoyberdiyev Dilshodjon Xasan og‘lining “Angren shaxrining ijtimoiy-iqdisodiy rivojlanishida ko’mir konining ro’li”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Mustaqillik yillaridan O‘zbekistonda konlarnining xolati va konlarning negizida rivojlangan shaharlarga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Yillar davomida sohaga oid turli qarorlar va qonunlar qabul qilingan. O’zbekistonda hozirgi vaqtda konlarni samaradorligini oshirish va kon negizida maqsadli shaharlar paydo qilishga alohida etibor qaratilgan bo’lib bu xususida turli xil ishlar tadrijiy amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonda konchilik sohasini rivojlantirish, qayta jihozlash, mineral resurslardan resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Konlarda rivojlantirish bo'yicha iqtisodiy geografik tadqiqotlarni amalga oshirishda mineral resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish, qazib chiqarish jarayonini optimallashtirish, aholi iste'mol darajasini aniqlash, geografik prognozlarni ishlab chiqish, konchilik sohasini rivojlanishining ustuvor yo'nalishlarini belgilash kabilar dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu bois mazkur bitiruv ishi o'zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. “Angren shaxrining ijtimoiy-iqdisodiy rivojlanishida ko’mir konining ro’li“ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini berilishining asosiy sababi Angren shahrining rivojlanishi va shaharga ko’mir konining tasiri hamda shaharning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganishdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda konlarni tarmoqlarini rivojlantirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish, konlar negizida shakillangan shaharlarni yana yaxshilash uchun kerakli chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu sababdan ushbu mavzu o'z dolzarbligini yo'qotmaydi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy jihatdan kirish, 3 bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Ishning kirish qismida BMI mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqot ishining obyekti va predmeti yoritib berilgan.
BMIning kirish qismida an'anaviy tarzda mavzuning dolzarbligi, obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari yoritilgan. “Angren shahrining tabiiy sharoiti va resurslari” deb nomlangan birinchi bobda Angren shahrining geografik o’rni, chegaralari, tabiiy sharoiti va mineral xom ashyo salohiyati yoritilgan. Ishning ikkinchi bobi “Angren shahri demografik rivojlanishi va mehnat resurslari” deb nomlangan bo'lib, unda Angren shahri aholisi soni va uning dinamikasi, o‘lim, tug‘ulish va migiratsiya jarayonlari, mehnat resurslari va ularning tarmoq tarkibi yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida tadqiqotning asosiy natijalari bayon qilingan. Bitiruv ishini tayyorlash jarayonida muallif statistik ma'lumotlaridan o'z o'rnida foydalanganligi ko'rinib turibdi.
Tadqiqot ishi bilan bog'liq jadvallar, suratlar ancha boyitgan. BMIni o'rganishda qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan ayrim nuqson va kamchiliklar ham ko'zga tashlanadi. Jumladan ishda ko’plab jadvalar berilgan lekin tahlil qismi kam. Ishda ayrim imloviy xatoliklar ham mavjud. Qayd qilish lozimki, ko'rsatilgan kamchilik bitiruv malakaviy ishining umumiy qiymatini kamaytirmaydi. Shu jihatdan Xudoyberdiyev Dilshodning “Angren shaxrining ijtimoiy-iqdisodiy rivojlanishida ko’mir konining ro’li” mavzusida yozgan malakaviy bitiruv ishi DAK talablariga javob beradi, ishni “yaxshi” baholash mumkin.
TDPI Tabiiy fanlar fakulteti dotsenti
Geografiya kafedrasi o‘qtuvchisi g.f.n. dots. Z. Amanbayeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |