Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Iste’mol bozori 
- bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiyehtiyoji 
uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan iborat bo‘lib, 
ommaviy 
iste’molchilarga 
egaligi, 
raqobatning 
xilma- 
xilligi 
va 
markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakter- lanadi. 
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida, ishlab chiqarish - 
texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat 
tashkilotlari bozoriga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsu- 
lotlar bozori, 
deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo‘llani- ladigan 
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmuyi 
tushuniladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarda foydalanila- digan 
mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta 
miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi. 
Davlat tashkilotlari bozori, 
deganda esa o‘z faoliyatlarini yuritish 
uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma 
bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi. 
Bozorni topish, tanlash, ularning talablarini bilish uchun bozor 
tushunchalari mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi baho 
yordamida resurslar taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy o‘rinda turadi. 
Bozor – tovarlarni realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy- 
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri bo‘lgan 
bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasidagi aloqalarni belgilashning hal qiluvchi vositasi bo‘lib yuzaga keladi. 
Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa, bozor esa undan ancha 
ilgari yuzaga kelgan. 
Bozor – xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish uchun 
to‘planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi va 
vositachilar yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. Xaridor bilan 
sotuvchilarning uchrashish yo‘llari, shakllari ko‘p. Ularning uchrashishida 
yoki bozor munosabatlarida baho mexanizmi markaziy o‘rinda turadi, u talab 
va taklifni muvozanatga keltiradi. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri, 
iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish bu uzluksiz jarayondir. Bu 
jarayonda ishtirok etuvchi iqtisodiykategoriyalarning asosiysi quyidagilardir. 
EHTIYOJ – inson tomonidan biror–bir narsaning yetishmovchi- ligini 
his etish tuyg‘usidir. 
ZARURAT – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, 
milliy, estetik, geografik joylashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida 
shakllanuvchi xohishidir. Xohish cheksiz bo‘lishi mumkin, lekin bu xohishni 
qondirish uchun pul mablag‘lari zarur. Shuning uchun inson o‘zi uchun eng 
muhim bo‘lgan xohishini qondirishga intiladi. 


138 
TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo‘lgan 
ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir. 
XARID – bozorda ma’lum tovar yoki xizmatni sotib olish jarayoni. 
Bu jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi. 
BITIM – ikki tomon o‘rtasida ular uchun zarur bo‘lgan tovar va 
xizmatni sotish va sotib olish operatsiyasidir. 
AYIRBOSHLASH – ikki tomon o‘rtasida ular uchun kerak bo‘lgan 
narsani ikkinchi tomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo operatsiyasini 
o‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna kartoshkani 
ayirboshlash. 
Bozorning 
umumiy 
holatini 
o‘rganish zamonaviy marketing 
tamoyillaridan biridir. Bozorni o‘rganishdan asosiy maqsad mavjud 
vaziyatda uning holatiga (konyunkturasiga) baho berish va bozorning 
rivojlanish istiqbolini, prognozini ishlab chiqishdan iborat. Marketing 
faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor 
konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o‘rtasidagi 
muvozanat 
masalasini, 
ijtimoiy 
mahsulotni bozor konyunkturasiga 
bog‘liqligini birinchi bor klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchiolim Jan 
Batist Sey o‘rgangan edi. Bozorni kompleks o‘rganish bozor konyunkturasini 
tahlil qilish, bozor sig‘imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” 
(o‘yinchilari) orasidagi ulushlarga bo‘lishni, ehtiyojlar, xarid talabini tahlil 
qilishni va xaridorlar muomalasini modellashtirishni, aniq muhitni 
o‘rganishni, marketing kompleksini (tovar, narx, savdo va ilgariga 
harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda tutadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish