145
Bozordagi raqobatni baholash.
Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar.
Ekspert usuli nisbatan sodda va to‘liq axborot bazasi bo‘lmaganda ham
undan foydalanish mumkin. Bu usulning yana bir yaxshi tomoni u orqali
bozorga tegishli sifat ko‘rsatkichlari
ham aniqlanishi mumkin, masalan,
bozorda ijtimoiy –siyosiy holatning o‘zgarishi, ekologiyaning ishlab
chiqarishga va mahsulotlarni iste’mol qilishga ta’siri kabilarni aniqlash
mumkin. Bu usulning afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham mavjud,
ya’ni ekspertlar fikrining subyektivligi, ular fikr–mulohazalari- ning
cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozma ravishda har bir
ekspertdan bir necha bosqichda olinib, keyin bir xulosaga kelinadi. 1-3 yil va
uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarda bu usul bilan qilingan natijalar
o‘zini oqlagan. Bu tadqiqotda 10 dan 150 tagacha ekspert qatnashishi
mumkin.
Bu albatta, masalaning qo‘yilishiga, muammoning katta–
kichikligiga bog‘liq.
Ekspert baholash usulida keng qo‘llaniladigan uslubiyot bu-«aqliy
hujum» hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, muammo ekspertlarning
bahs–munozarasi, muhokamasi asosida olib borilib, muammoning u yoki bu
yechimi ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Diskussiya oldindan tuzilgan
ssenariy asosida olib boriladi. Ekspertlash orqali istiqbolni baholashni
tashkil etishning yangicha sxemasi
«sinektika» usulini 1960-yilda U.Gordon taklif etdi. Uning «aqliy hujumdan»
farqi shundan iboratki, ma’lum tarkibdagi ekspertlar guruhi (miqdor jihatdan
stabil) «hujumdan» «hujumgacha» ma’lum tajriba to‘plab boradilar.
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan
ko‘rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunda
konyunkturaga
ta’sir
o‘tkazuvchi
omillarning
yaqin
kelajakdagi
xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi.
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura
prognozida amalga oshiriladi
hamda raqobatchi tovarlar, o‘rnini bosuvchi
tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro muvozanatini aniqlashga
qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozorni
o‘rganish usullaridan keng foydalaniladi.
Bozor konyunkturasini o‘rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruv- chilar
uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo‘nalishda
rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash bo‘yicha aniq va ishonchli
axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi.
Konyunkturani shuning uchun o‘rganish va bashoratlash kerakki,uni
bilish mahsulotlarini eng foydali narxlarda sotish va sotib olish, mavjud
resurslarni oqilona joylashtirish (manevrlashtirish), bozorda kutilayotgan
holat bilan mos holda tovar ishlab chiqarishni kengaytirish
yoki qisqartirish
imkonini beradi. Tovar bozori konyunkturasining tahlili quyidagi jihatlar
bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, mamlakat iqtisodiyoti siklining
qanday bosqichdaligini aniqlash va unga kompleks tavsif berish zarur.
Keyin ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Aniq bir tovarni yaxlitligicha
jahon bozori asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bo‘yicha ishlab chiqarish
146
dinamikasi ko‘rib chiqiladi, bu tovarni chiqarishdagi o‘zgarishning asosiy
sababi o‘rganiladi. Asosiy e’tibor ilmiy-texnika taraqqiyotining tarmoq va
tadqiq etilayotgan tovar bozoridagi ta’siriga qaratiladi.
Talab va iste’mol dinamikasining tahlili yaxlit holda va iste’molchi
mamlakatlar bo‘yicha bo‘laklangan holda o‘tkaziladi.
Shuningdek, bozor
sig‘imiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ham o‘rganiladi, bu tovar iste’moli
sohasidagi ahvol tadqiq etiladi va bozorning monopollashtirish darajasi,
savdoning shakli va metodlari ularning dinamikasi aniqlanadi. Ilmiy-texnika
taraqqiyotini tovarning iste’moli darajasiga ta’siri albatta o‘rganiladi.
Zaxiralarni tahlil qilish ishlab chiqaruvchilar va savdoda ham,
iste’molchilarda ham zaxiralar sohasi siyosatini tadqiq etishni, ularning
harakatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Tovarlarning yaxlit va alohida mamlakatlar bo‘yicha jahon eksporti va
importini tahlil qilishda savdoning yangi shakllari, bojxona tarif va valuta
tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tovarlar
eksporti va importining
rivojlanish bashorati tuziladi.
Narxlar – konyunkturaviy tahlilning eng muhim elementi hisobla- nadi.
Narx dinamikasi ko‘rib chiqiladi. Narxlar o‘zgarishining asosiy sabablari,
ularning yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi, xomashyolar va yarim
fabrikatlar narxining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining oshishi,
inqirozning oldini olish, valuta kursining o‘zgarishi, savdo metodlari va
shakliga ta’siri hamda aloqalari tahlil qilinadi. Raqobat- chilarning narx
sohasidagi, davlatning narxni shakllantirishidagi siyosatlari ta’minlanadi.
Bozor sig‘imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan biridir.
Bu ko‘rsatkich prinsipial ravishda tovar savdosining imkoni bo‘lgan hajmini
namoyish qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt davomida unda realizatsiya
qilinadigan (jismoniy birliklarda yoki qiymat ifodasida)
hajmi bilan
belgilanadi.
Bozorning sig‘imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchi holatda
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: