1-mavzu: transport xizmati uchun logistik tizimlar



Download 480,28 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi480,28 Kb.
#690572
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU (1)


1-MAVZU: TRANSPORT XIZMATI UCHUN LOGISTIK TIZIMLAR

Bozor sharoitida transport korxonalarining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy shartlaridan biri bozor tushunchalari va qonuniyatlarini bilish va ularga muvofiq yuqori sifatli transport xizmatini ko‘rsatishdan iboratdir.


1990 yillarga qadar avtomobil transporti ishini rejalashtirish va tashkil etishda «transport xizmati» tushunchasi ishlatilmagan edi. U vaqtlarda bu faoliyat bilan transport-ekspeditsion xizmati shug‘ullanib kelgan. Bunda avtomobil transporti mahsuloti sifatida faqat tashish tushunilib, u tonna va tonna kilometrlarda hamda yo‘lovchi va yo‘lovchi kilometrlarda o‘lchangan. Bu ko‘rsatkichlar avtotransport korxonasi faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari hisoblangan. Bozor sharoitida bu masalaga yangicha yondoshish talab etilib, bozor tushunchasiga mos «transport xizmati» tushunchasi yuzaga keldi.
ISO 8402-86 standartida “xizmat” deb moddiylashtirilmagan mahsulot yaratish faoliyati va jarayonlariga aytiladi.
Transport xizmati deganda moddiy ishlab chiqarish jarayonini yakunlovchi, shuningdek, iste’molchi bilan bog‘lovchi vazifa tushuniladi. Transport xizmatlari transport faoliyatining iste’molchilar talablarini qondirishdagi ko‘rinishdir. Xizmat deganda faqat yuklarni tashish tushunilmay, balki yuklarni tayyorlash va tashishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda tashish jarayoni tarkibiga kirmaydigan operatsiyalar ham tushuniladi. Masalan, yuklarni o‘rab-chirmash, markirovka qilish, paketlarga joylashtirish, saqlash, yuk egasiga axborotlar berish va boshqalar.
Yo‘lovchi avtomobil transportining xizmatlariga quyidagilar kiradi:
-vokzallar, shox bekatlar va oraliq bekatlarda bilet sotish;
-o‘rinlarni avvaldan band qilish;
-yo‘lovchilarga harakat jadvali bo‘yicha ma’lumotlar berish;

  • qo‘l yuki, bagaj va yo‘lovchilarni tashish;

  • bagajni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar berish;

  • yo‘lovchilarga tibbiy xizmat ko‘satishni tashkil etish;

  • yo‘lovchilarni avtobuslarga chiqarish va tushirish ishlarini bajarish;

  • yuklarni saqlash xizmatlari;

  • yo‘lovchilar transportda ketayotganida dam olib ketishini ta’minlash;

  • harakatlanuvchi tarkibni tashishga tayyorlash;

  • transport-ekspeditsion xizmatlari va boshqalar.

Avtotransportni xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari kabi bozor iqtisodiyotiga o‘tishi uni o‘z ishini yangicha tashkil etish, transport xizmati bozorini tashkil topish, har xil turdagi transport turlari va mulkchilikdagi egalari orasida raqobatning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
Transport xizmatining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • transport xizmati faqat tashish jarayonida namoyon bo‘ladi va uni to‘plab, ya’ni g‘amlab bo‘lmaydi;

  • xizmat sifati xizmat ko‘rsatish jarayonining qanday tashkil etilganiga bog‘liq;

  • har bir xizmat ko‘rsatilayotgan vaqti va yo‘nalishiga qarab ma’lum bir iste’mol qiymatiga ega;

  • xizmatga bo‘lgan talab vaqt va makonda notekis taqsimlanadi;

  • taklif tez o‘zgarib turadigan talabga qaraganda etarlik darajada egiluvchanlikka ega bo‘la olmaydi;

  • transport talablarining o‘zgaruvchanligini tekislab bo‘lmaydi.

Yo‘lovchilarni va yuklarni tashish transport xizmatining asosiy turi hisoblanadi. Tashish ishlari bir yoki bir necha boshqa xizmatlar bilan birga olib boriladi (bilet sotish, o‘rinlarni oldindan band qilish, ortish, tushirish, ekspeditsion va boshqa ishlar).
Hozirgi sharoitda yuqorida keltirilgan xizmatlarni marketing, tijoriy, axborot va sug‘urta xizmatlari bilan to‘ldirish talab etilmoqda.
Hozirgi zamon tajribasi tahlili transport xizmatini quyidagicha tasniflash imkonini beradi:
- transport korxonalari asosiy faoliyati bilan o‘zaro aloqasiga ko‘ra: tashish va tashib berishdan boshqa vazifalar;
- ko‘rsatilayotgan xizmat faoliyatining xususiyatiiga ko‘ra: texnologik, tijorat, informatsion va boshqalar.
SHuningdek, transport xizmatiga talab regiondagi boshqa transport turlarining rivojlanishi, ularning o‘zaro aloqalari, turli transport turlaridagi tariflarning darajasi va iste’molchilarga ular tomonidan xizmat ko‘rsatish darajasi bilan aniqlanadi.
Qoidaga ko‘ra iqtisodiyot rivojlanib borishi bilan transport xizmati salmog‘i o‘sadi yoki o‘zgarmay qoladi. Bunday holat deyarli hamma davlatlarda kuzatiladi. Dunyo miqyosida transportning transport kompleksidagi xizmat doirasini kengaytirishning asosiy mazmuni temir yo‘l va suv transporti ahamiyatining pasayishi va shu o‘rinda avtomobil va havo transporti ahamiyatining oshishiga olib keladi.

Download 480,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish