Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

6.4.
 
Marketing nazorati va uning turlari 
 
Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi. 
Nazorat–marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, 
uzluksiz tekshirish va baholashdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra nazorat me’yorlarni 
va haqiqiy holatni taqqoslashni bildiradi. Muhit sharoitlarining tez o‘zgarishi, 
bozor vaziyatlariga tez e’tibor berish zarurligi marketing nazoratini muhim 
ahamiyat kasb etishiga olib keldi. 
Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
-
maqsadlarga erishish darajasini belgilash; 
-
yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; 
-
korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarish- 
lariga qanchalik mos kelishini aniqlash. 
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmat- larini 
tashkil qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini yaratishga imkon 
beradi. 
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan na- zorat 
qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining 
foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va 
strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. 
Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar, 
assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati 
samaradorligini oshirishdan iborat. 
Qoidaga ko‘ra marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: 
-
sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat; 
-
foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; 
-
strategik nazorat va marketingning taftishi. 
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiya- larini 
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan 


135 
amalga oshiriladi. 
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida 
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, 
savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, 
sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va 
istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing 
tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi. 
Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning makro va 
mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish samaradorligi 
tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, xodimlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning malakasi, 
nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning 
ixtisoslashuviga va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga 
ehtiyoj ortib boradi. 
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan 
hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi shart, 
o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch turga bo‘lish 
mumkin: 
1.
Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat. 
2.
Daromad nazorati. 
3.
Strategik rejalar ustidan nazorat. 
Yillik 
rejalarning 
bajarilishini 
nazorat 
qilish 
masalasi 

bufirmaning hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga 
ishonch hosil qilish. 
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, 
iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi. 
Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani 
bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi. 
1.
Strategiya nima? 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish