168
marketing kommunikatsiya vositalarini (tovar, narx, savdo (o‘tkazish) ishlab
chiqish imkonini beradi.
Iste’molchilarni o‘rganish qanday xaridorlar
bozorni shakllantiradi,
degan savolga javob beribgina qolmaydi. Shuningdek, ular nimani sotib
olayapti? Nima uchun? Xarid jarayonida kim ishtirok etayapti? Qachon va
qayerda sotib olayapti? kabilarni aniqlash ham muhim.
Sanab o‘tilgan savollarga javoblar xaridorning
xarid qobiliyatini
modellashtirish
imkonini
beradi.
Iste’molchilar xarid qobiliyatini
(muomalasini) modellashtirish jarayoni quyidagilarning tahlilini o‘z ichiga
oladi:
-
xaridorlarning fe’l-atvorini aniqlovchi omillarni;
-
tovarni xarid qilish jarayonini.
Xaridorning xarid qobiliyati, ta’sir etuvchi tashqi omillarni ikkita katta
guruhga ajratish mumkin:
-
marketing kompleksi vositasida xaridorning xarid qobiliyati ta’sir
etishi mumkin bo‘lgan marketing xizmati faoliyatiga bog‘liq bo‘luvchi: taklif
qilinadigan tovarga, uning narxiga foydalaniladigan sotish (o‘tkazish) va
yo‘naltirish tizimlariga;
-
marketing xizmati faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan: iqtisodiy,
demografik, tabiiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy, madaniy omillar.
Bundan tashqari iste’molchining xarid
qobiliyati uning ijtimoiy,
shaxsiy, psixologik, madaniy xarakteristikalari bilan ham aniqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma omillar ko‘pincha xaridorning tovar sotib
olish haqida bevosita xaridni amalga oshirgunga qadar qabul qilgan qarori
jarayonini belgilab beradi. U beshta bosqichidan iborat:
-
Ehtiyojni anglab yetish.
-
Informatsiyalar qidirish.
-
Qulay variantni tanlash.
-
Xarid (sotib olish) haqida qaror qabul qilish.
-
Xaridga reaksiya.
Bu bosqichlarni bilish bozorda faoliyat yurituvchiga u yoki bu
bosqichda o‘zini qanday tutish, uning marketing kuchi qanday bo‘lishi
kerakligini tushunishga yordam beradi. Dastlabki
uch bosqich ishlab
chiqaruvchidan ma’lumotlar manbalarining kengaytirilgan diapazonini
hisobga olgan holda o‘z mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni xaridorlar
foydalanishi uchun tushunarli qilishni talab qiladi. Keyin tovarning tekin
namunalarini ko‘rsatish (berish), reklama, servis,
xaridorlarning xarid qilish
haqidagi fikrlarini o‘rganish, tovarni almashtirish, pulni qaytarish, bozorga
yanada sifatli tovar chiqarish zarur.
Iste’molchilarni o‘rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to‘laroq
qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iborat.
Iste’molchilarning talabini to‘laroq
qondirish uchun avvalo, mavjud
ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o‘sish qonuniyatlarini o‘rganish va yangi
169
ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma’lumotlarga ega bo‘lishtalab etiladi.
Iste’mol tovarlarini xarid qilish turli xaridorlar guruhi bo‘yicha turlicha
xususiyatlarga ega. Bu odatda, xaridorning tayinli tovarga munosabati, xarid
ishtiyoqi va fe’l — atvori (talabi) ga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: