Mavzu:Birjalarning iqtisodiy mohiyati
Nazorat uchun savollar
Birjalarning iqtisodiy mohiyati nimada?
Birja – bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ulgurji bozorni ularga yo’naltiradi, tovar massasini tovar muomalasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi.
Birjaning tashkil topish tarixini tushuntiring.
Umuman «Birja» so‘zi lotincha «BURSA» va nemischa «VORSE» so‘zidan kelib chiqqan «cho‘ntak» ma’nosini bildiradi. XV asrda Niderlndiyaning Bryugge shaxridagi Van der Burs ismli savdogarning uyi oldidagi maydonda turli xil mamlakatlardan kelgan savdogarlar sotiladigan va olinadigan tovarlarni aslini aniq ko‘rsatmay turib savdo to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan fikr almashishi va chet el veksellarini sotib olish va savdo operatsiyalarini bajarish uchun to‘planganlar.
Van der Bursning tamg‘asiga tushirilgan yana shu charm cho‘ntakning uchta shakli uning uyi darvozasiga joylashtirilgan edi, natijada «birja» so‘zi odatga kirib butun Yevropa kontinenti bo‘ylab Rosssiyada ham yoyilib ketdi.
Birjaning kelib chiqish jarayoniga izoh bering.
1608-yil Amsterdamda birinchi, hozirgi zamon nuqtai nazaridagi fond birjasi tuzildi. U ancha paytgacha dunyoning savdo markazi bo’lib qoldi. Hozirgi paytda dunyoda fond birjalari 160tadan oshib ketdi. Real tovar bilan birja savdosi hozirda bozor kollapsini boshidan kechirmoqda. Bozorning rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o’tdi.
Birja savdosi haqida nimani bilasiz?
Birja savdosi – tovarlarni tovar-xom-ashyo birjasi orqali sotishni ta’minlaydigan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimi.
Birja tovari nima?
Birja tovari – belgilangan tur va sifatdagi har qanday tovar, jumladan, belgilangan tartibda birja savdosiga qo’yilgan tovarga standart shartnoma.
Birja savdolari qanday o’tkaziladi?
Birja savdosi birjada turli sotuvlar o’tkazish va ularning natijalarini saqlash bo’yicha birja bitimlari tuzish vosiyasida amalga oshiriladi.
Tovarlar qanday birja savdosiga qo’yiladi?
Tovarlar tovar-xom-ashyo birjasi savdosiga qo’yiladi.
Birja savdosining buzilganligi uchun birja a’zolariga qanday javobgarlilar qo’llaniladi?
Birja va/yoki zara ko‘rgan qatnashchi foydasiga undiriladigan jarima;
birja savdosi qatnashchilaridan birontasini belgilangan muddatga Birjada akkreditatsiyani to‘xtatish yoki huquqlardan muhrum qilish va yana bir qator jarimalar undiriladi.
Mr-319 guruh talabasi Malikov Elbek
Do'stlaringiz bilan baham: |