Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Oilalar. 
Oilalar – iste’molchi xaridorlaning eng muhim ijtimoiy 
guruhlari. Oila a’zolari eng ta’sirchan birlamchi referent guruhni tashkil 
etadi. Oilalarning 2 turi farqlanadi: 
- majburlovchi (yo‘naltiruvchi) oila; 
-individning ota — onasi va qarindoshlardan iborat bo‘ladi. Unda diniy 
e’tiqodlar shakllanadi, individning hayotdan maqsadi, o‘z-o‘zini baholash va 
sevish tuyg‘usi belgilanadi, siyosat va iqtisodiyot sohasidagi pozitsiyasi 
aniqlanadi. Hatto odam ota-onasi bilan nisbatan kammuloqotda bo‘lsa ham 
ularning uning xarid qobiliyatiga ta’siri sezilarli tarzda qolishi mumkin: bu, 
ayniqsa, ota-onalar an’anaviy tarzda voyaga yetgan farzandlari bilan bir oila 
bo‘lib yashaydigan mamlakatlarda sezilarlidir. Shu bilan birga oilada 
majburlovchining ta’siri bilvosita xarakterga ega. Xaridorning tabiatiga uning 
eri (xotini) va bolalari to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi. 
Marketologlar tovar va xizmatlar sotib olish jarayonida eng avvalo er- 
xotin va bolalar, ularning bir - biriga nisbatan ta’sirlarini o‘rganadi. Turli 
mamlakatlarda va jamoat guruhlarida oila a’zolarning roli sezilarli farqlanadi. 
Masalan, AQShda yashovchi vetnamliklar an’anaviy modelga sodiq: ularda 
yirik xaridlar haqidagi qarorni erkaklar qabul qiladi. Koreyslardan kelib 
chiqqan amerikaliklar uchun mo‘ljallangan reklamalar ana shunday samarali: 
gap maxsus ayollar kiyimi haqidabormasa, 30-40 yoshli erkaklar har qanday 
masalani ham hal qiladi. 
Er-xotinning tovar xarid qilishdagi ishtiroki tovarning turiga bog‘liq. 
Ayol (rafiqa) an’anaviy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, xo‘jalik uchun 
mayda-chuydalar va kiyim sotib olishda asosiy xaridor hisoblanadi. Turistik 
yo‘llanmalar va xususiy uy kabi qimmat turuvchi tovar yoki xizmatlarni sotib 
olishda esa xarid haqidagi qaror er-xotin tomonidan birgalikda qabul qilinadi. 
Keyingi paytlarda xarid haqida qarorda ayollarning roli sezilarli o‘sib 
bormoqda. Marketing tadqiqotlariga ko‘ra natijalari ajoyib: rivojlangan 
davlatlarda aksariyat ayollar xarid haqida mustaqil qaror qabul qiladi yoki 
unga katta ta’sir o‘tkazadi. Uylar, tibbiy xizmatlar, avtomobillar. Ta’tillar. 
Ularning xaridorlarining 60 % ni ayollar tashkil etgan. Va hatto, «o‘zing 
bajar» cheksiz sanoatning do‘konlardagi birinchi menejeri ayol (kam 
uchraydi- gan holat) bo‘lgan. 
Pul qayerda ko‘p bo‘lsa, ayollar ham o‘sha yerda bo‘ladi. «Forbes» 
jurnalining yozishicha, 1970 – yilda bunday ayollar atigi 400 ming taedi. 
Bugun 8 mln. ga yaqin amerikalik ayollar kompaniya egalari. Ular 18,5 mln. 
ishchilarga ish beradi. Bu esa kompaniya xodimlari umumiy sonining 40 % 
ni tashkil etadi. Bundan tashqari 500 ming dollardan ortiq kapitalga ega 
ayollar amerikaliklar sonining yarmini tashkil etadi. 
Asta – sekin, ayniqsa, noan’anaviy sohalarda ishlayotgan ayollar soninig 
ortib borishi bilan oiladagi er-xotinlar majburiyatlarining qat’iy bo‘linishi 
yo‘qoladi. Undagi majburiyatlarni bo‘lish bilan bog‘liq ijtimoiy 
qadriyatlarning olg‘a siljishi esa «xo‘jalik uchun hamma narsani ayol sotib 
oladi» degan tushunchaning o‘zgarishiga olib keladi. Yaqinda o‘tkazilgan 


172 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xaridlarni an’anaviy bo‘lish (ajratish) da er- 
xotin do‘konga birga borishni va ulardan birga yoqadigan tovarni sotib 
olishni xohlaydi. Shuning uchun, agar maishiy tovarlar, ishlab chiqaruvchi 
uning mahsulotlarining asosiy va yagona xaridori ayollar deb o‘ylasa xato 
qiladi. Shunga o‘xshash odatda erkaklar sotib olgan tovarlarni yetkazib 
beruvchilar ayol xaridorlar rolining o‘sib borayotganini hisobga olishi kerak. 
Masalan, «avtomobil sanoatida quyidagi holatlar» yuz bermoqda. Bugun 
istiqbolli Cadillac avtomobil markalarini sotib oluvchilarning 50 % ayollar 
bo‘lib, bu albatta ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham hisobga olingan. 
Ayollar nozik barmoqlari bilan avtomobil salonidagi murakkab apparatlarni 
qanday boshqarishlarini dizayner erkaklar hisobga olishiga va ularni 
soddalashtirishga to‘g‘ri kelmoqda. «Cadillac Catera» modelida foto- 
plyonka, qo‘lqop yoki lab bo‘yog‘i kabilar uchun maxsus sovutuvchiquti 
ko‘zda tutilgan. Detallarga e’tiborlarning bunchalik oshirilishi 2000 
– 
yilda «Cadillac» avtomobiliga ega bo‘lgan ayollar ulushi 28 % ni tashkil 
etishiga olib keldi. «Escalade» avtomobilida bu ko‘rsatkich 36 % dan ortadi. 
Boshqa tendensiya bolalar va o‘smirlarning uy xo‘jaliklarida xarid 
bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonidagi roli o‘sib borayotganida kuzatildi. 
Bolalarga to‘la–qonli iste’molchilar guruhi sifatida qaralmoqda. 1997 – yilda 
2-14 yoshgacha bo‘lgan «sevimli bolajonlari» ta’siri ostida ota-onalar 300 
mlrd. dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Ushbu bilvosita ta’sir ota-onalar o‘z 
farzandlarining sevimli markalari tovarlarini yoki nimani yaxshi ko‘rishini 
a’lo darajada bilishlari va ular xohlagan narsalarini xarid qilishlarini bildiradi. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etishga bilvosita ta’sir ostida amerikalik ota-onalar 
2000-yilda bolalari uchun 290 mlrd. dollar atrofida mablag‘ sarflaganlar. 
Marketingning nostandart yondashuvidan foydalanuvchi kompaniyalar ota- 
onalarining hamyoniga eng tez olib boradigan yo‘l ularning bolalaridir, deb 
hisoblaydilar. 
2000-yilda Mattell kompaniyasi yosh qizchalar emas, ularning onalari 
uchun yo‘naltirilgan reklama kompaniyasi o‘tkazdi. Reklamada “barbi” 
qo‘g‘irchoqlariga tegishli yangi buyumlar haqida hikoya qilingandi. Maqsad, 
onalar orasida qo‘g‘irchoq uchun yaratilgan kiyim- lar va tirnoq laklari 
haqida tushuncha uyg‘otish edi. 
Kiyimni, masalan, aynan onalar sotib oladilar, degan edi Mattell bo‘limi 
prezidenti Adrien Fontanella. Onalarda mustaqil ravishda «gap» va «barbi» 
orasidan birini tanlashga to‘g‘ri kelsa o‘zi uchun ancha tanishbo‘lgan savdo 
markasi «gap» ni tanlaydi. 
General motors 8-14 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan «Sport 
mustrated for kids» jurnalining may sonida «Chevy ventore» avtomobili 
to‘liq holda reklama qilindi. Bu Generall Motors kompaniyasining «orqa 
o‘rindiqda o‘tiruvchi» iste’molchilar e’tiborini o‘ziga qaratish uchun qilgan 
bir urunishi edi. «Ventore» savdo belgisi menejeri bu avtomobillarni 
unevermaglarning savdo markazlariga o‘rnatishni taklif etdi. Binobarin, 
uning salonida bolalar disneyning multfilimlarinitomosha qilishi mumkin edi. 


173 
Bolalar «avtomobil tanlash va sotib olish» o‘yinini o‘ynay boshladilar. 
Bugun ko‘plab kompaniyalar bolalarni o‘z tovarlari bilan tanishtirib internet 
orqali ulardan marketing ma’lumotlarini oladi. 17 yoshgacha bo‘lgan 
millionlab bolalar doimiy ravishda internetda «daydiydilar» va ularning soni 
kundan kunga ortib bormoqda. Tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar 
bolalarni kuzatib, ota-onalarning ruxsatisiz ham o‘smirlarga marketing 
ma’lumotlariga tekin sovg‘alar almashishni taklif qiladilar. Ushbu amaliyot 
salbiy aks- sadolarga aks bo‘ldi chunki bunda reklama va o‘yin yoki boshqa 
ko‘ngil ochishlar orasidagi aniq ajratishlar yo‘q. AQSh marketing 
assotsiatsiyasi bevosita bolalar uchun internet marketing talablarini 
kuchaytirdi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish