Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

4.3.
 
Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning 
o‘zaro bog‘liqligi 


81 
Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan 
chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qanchaahamiyatli bo‘lsa, 
korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) yaratish ehtimoli 
shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing sohasi uning 3 xil ishlab 
chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlabchiqarish va savdo, kommunikativ 
sohasini aks ettiradi. 
Analitik soha: 
-
Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini. 
-
Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni 
tanlay olish qobiliyatini. 
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi

Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu: 
-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarishqobiliyati 
(tovar siyosati). 
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati(narx 
siyosati). 
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo 
siyosati). 
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativsoha: 
-
Reklamani. 
-
Xususiy savdoni. 
-Jamoatchilik bilan aloqalarni. 
-
Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi. 
Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan mar- keting 
sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab chiqarish va 
savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %. 
Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha 
ajratish mumkin: 
-marketing taqsimlash vositasi sifatida; 
-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash; 
-marketingni mustaqil xizmatga ajratish; 
-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida. 
Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki, bu 
bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu 
bosqichda sotish vazifalari bilan cheklanadi. Marketing faoliyatining bunday 
tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada 50-yillarning o‘rta- larigacha 
mavjud bo‘lgan. 
9
Marketing, Bozorshunoslik / A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 y. 


82 
Sotish bilan bog‘liq muammolar va marketingning ahamiyatini yaxshi 
tushunish muhim tashkiliy o‘zgarishlarga olib kelgan, ya’ni sotish bo‘yicha 
faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga o‘tgan, bunday tuzilma 50-yillardagi Amerika 
va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan. 
Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning 
boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan 
xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday xizmat mahoratni 
rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi 
ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan 
birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil 
etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati ham 
uncha katta emas. 
Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa 
sohalarini qamrab olishi keyingi bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga asosiy 
vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar marketing xizmatiga 
bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, 
ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida maxsus marketing bo‘limlari 
qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqa- rilgan. 
Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman 
integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaningturli 
huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada marketing asosiy 
funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 
ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqichida turibdi. To‘liq 
integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovar- lari sohasidagi Amerika 
korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada mar- ketingni rivojlanishi qabul 
qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, 
marketing vazifalarini bajarish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro 
aloqalari va muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks 
maqsadli guruhlarni matritsali tashkil qilish va yaratish yordamida marketing 
tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan 
birga ta’kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo 
ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing 
axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi. 
Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning 
tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish 
uchun 
bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit va 
rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni boshqarish 
marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi sifatida ko‘rilib, 
uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish emas, balki firma 
tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni boshqarishdir. 
F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida turgan maqsadga 
yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma tovarlariga talabni 
shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga xaridorlarning yangi 


83 
talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb tarif bergan. Marketingni 
boshqarish bozorda firmalarning raqobat ustunligini ta’minlash va 
shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil 
turlarini oladi. 
1.
Tashqi muhit tahlili. 
2.
Vaziyatli tahlil. 
3.
Bozor istiqbolini belgilash. 
4.
Korxona imkoniyatlarini aniqlash. 
5.
Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish. 
6.
Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini 
rejalashtirish. 
7.
Marketing – miks rejasini ishlab chiqish. 
8.
Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, 
nazorat va natijani baholash. 
Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning turli 
iyerarxik boshqaruv pog‘onasida marketingning funksional va institutsional 
faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan holda 
boshqaradi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish