Mavzu: Turbo Pascal 0 integrallashgan muhiti



Download 157,5 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi157,5 Kb.
#722359
  1   2
Bog'liq
9 13-dars


Sana: ______________ sana: _____________
Sinf: 9-A 9-B
Fan: Informatika va AT. 13– dars.

Mavzu: Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti


Maqsad:
1) ta’limiy: O`quvchilarga Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3) rivojlantiruvchi: Oquvchilarda Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmasiga ega bo`lish.
Darsning borishi
I. Tashkiliy davr. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash.
II. Takrorlash

  1. Dastur deb nimaga aytiladi ?

  2. Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?

  3. Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi?

  4. Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi? Javobingizni asoslang.

  5. Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering.

III. Yangi mavzuni o`rganish
Paskal dasturlash tilining keng tarqalishi va qo‘llanilishiga asosiy sabab – dasturning soddaligi va undan foydalanishning qulayligidir. Dastavval Paskal tili universitetlarda qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik uning turli rusumli kompyuterlar uchun naqllari ishlab chiqildi.
1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Paskal tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Turbo Pascal 7.0 naqlidan hozirgi davrda keng foydalaniladi. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim – dasturlashning integrallashgan muhitiga ega.
Integrallashgan muhit – dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo‘lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:

  • avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;

  • vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;

  • dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lishi;

  • s intaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak.

Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari yana ko’pgina vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.
“ Turbo Pascal 7.0” dasturlash tizimi tashqi xotiraning, odatda, “TP7” nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat bo‘lib, fayllar vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan (1-rasm). Turbo Paskal integrallashgan muhitini ishga tushiruvchi Turbo.exe fayli “BIN” katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda asosan yordamchi fayllar hamda Turbo Paskalning imkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, “BGI” katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.
Turbo Paskalning qolgan katalog va fayllari haqida darslikda keltirilgan qo‘shimcha adabiyotlar ro’yhatidagi qo‘llanmalardan yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin.
Turbo.exe fayli ishga tushirilgach ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, oynalar sohasi va ma’lumot satridan iborat (2-rasm). Turbo Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir. Bu oynani hosil qilish uchun File menyusining New (Yangi) buyrug’ini tanlash yetarli.
M enyular satriga o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga yoki o‘ngga yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab ENTER klavishi bosiladi. Kerakli menyuni sichqoncha yordamida ham tanlash mumkin.
Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi matn muharririni interfeysiga o‘xshaydi. Unga dastur matni dastur muharriri oynasida matn muharriridagi kabi yoziladi. MS Worddagi kabi Turbo Paskalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati mavjud. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deyiladi (faol oyna 3-rasmda ikki qatlamli chegaraviy chizig’i bilan ajralib turibdi). Dastur matni muharririda matn nomi NONAME00.PAS kabi tavsiya etilayotgan bo’lib, matn nomi nomsiz00 va fayl kengaytmasi pas bo’lishini bildiradi.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish