92
Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish,
yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga
mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday tovarlar ishlab
chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning nisbatan pasayishi
aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab
kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi.
Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun zamonaviy oilalar
tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oilada
bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir
guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar talab qilinadi.
Migratsiya
masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va filiallarini joylashtirish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining
o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori sifatli va aniq mahsulotlarga,
matbuot nashrlariga va intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha
yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy omillarning ham o‘ziga yarasha ahamiyati yuqori. Firmaning
potensial xaridori qanchaligini, ular qancha Tovar sotib olishlarini ham bilish
– aniqlay olishi muhim. Aholining to‘lovga qodirlik talablariga ko‘plab
omillar, jumladan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi,
ish haqi
miqdori, inqiroz va ishsizlik kabilar ham ta’sir etadi. Shuningdek,
daromadlarning aholining turli xil guruhlari
orasida
taqsimlanish
strukturasini bilish ham muhim. Bunday taqsimlanishning bir tekisda
bo‘lmasligi – obyektiv holat. Shuning uchun firma xizmat ko‘rsatish uchun
bozorning ma’lum bir segmentini tanlashda o‘z xaridorlarining moddiy
ahvolidan kelib chiqishi kerak.
Tabiiy omillar har qanday tashkilot faoliyatida, ayniqsa,
tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish global
masalaga aylanganda o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, ishlab
chiqaruvchilar oldida xomashyolar, energetik resurslar yetishmasligi bois
juda katta muammolar kelib chiqadi, shuning uchun
ular ilmiy- tadqiqot va
qidiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatini o‘rganishga katta
e’tibor qaratadilar. Binobarin, marketing xizmati firma faoliyati uchun zarur
resurslarni qidirib topish bilan bog‘liq muammolar tadqiqotlari bilan
shug‘ullanishlari zarur, chunki tadqiqotdan foydalanish tobora davlat
nazorati ostiga o‘tmoqda va firmalar o‘z faoliyatlarida bu omilni hisobga
olishlari zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omillari hamisha marketingning diqqat
markazida bo‘lishi lozim. Har qanday yangilik eskirgan namunalarini siqib
chiqarishi
bilan tahdid soladi, bu esa, agar tadqiqotlar va ishlab chiqarishlar
jarayoniga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Marketing xizmati firma faoliyatining ishlanmalari yo‘nalishlarini
aniqlash va muqobillarini qidirib topish bo‘yicha barcha kuchlarni ishga
solishi kerak. ITTKI sharoitida ayniqsa, turli xil malakalar va
ratsionalizatorlik takliflarini joriy etishning ahamiyati ortadi.
93
Siyosiy
omillarga avvalo, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan
normativ (me’yoriy) hujjatlar, davlat tomonidan ularga rioya qilinishining
nazorati mamlakatda barqarorlik qobiliyatning xarakteri va shuningdek, turli
xil jamoatchilik tashkilotlari kiradi. Qonunlarni bilish firma uchun bozorni
to‘g‘ri mo‘ljallay olish, investitsiyalash yo‘nalishlarini tanlash, joriy
qonunchilik
doirasida
ishlab
chiqarish
samaradorligini
oshirish
(maksimallashtirish) imkoniyatlarini qidirishga yordam beradi. Davlat
tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish bir tomondan, qonunga
bevosita
amal qilinishini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarga ularni ixtiyoriy
bajarish maqsadga muvofiqligini anglab yetishlariga yordam berishdir.
Madaniy muhit
omillari ko‘p
tomondan
jamiyat
a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan
qabulqilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega
(dinlar, an’analar,qonunlar).Marketing ikkilamchi
madaniy qimmatlik
(qadriyat)largagina ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy
muhitdatendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga yo‘naltirishdan
iborat. Firmaningn mikro muhit firmaning o‘ziga va
uning mijozlarga
ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan
kuchlardan iborat.
Marketing xizmati rahbarlari faqatiste’molchilarning ehtiyojlari bilan
band bo‘lib qolmasliklari lozim. Ularmikro muhitning hamma omillarini
hisobga olishlari lozim. Firmaningmakro muhiti uning mikromuhitining
keng (hamma) elementlari (unsurlari) ga ta’sir etuvchi ijtimoiy kuchlari bilan
ifodalanadi.
Firmaning mikromuhitiga ta’sir etuvchi makromuhiti 6 ta asosiy
kuchlardan shakllanadi.
1.
Aksariyat mol yetkazib beruvchilar.
2.
Firma.
3.
Marketing bo‘yicha vositachilar.
4.
Mijozlar.
5.
Raqobatchilar.
6.
Firmada aloqada bo‘lgan auditoriyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: