Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

4.4.
 
Marketingda tashqi soha elementlari 
 
Har qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos xususiyat- larga 
ega, ya’ni o‘zining belgilari, qonuniyatlari, maqsad va vazifalari mavjud. Bu 
tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga bog‘liq. Marketing tizimining 
tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni kiritish 
lozim. 
1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar 
(bozor); 5) firma. 
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit 
elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita ta’sir etadi. 
Ta’minotchilar 
– marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning 
funksiyasiga hamkor firmalarni zarur xomashyo va kerakli asbob- uskunalar 
bilan ta’minlashdan iborat. 
Raqobat 
– bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish (o‘tkazish)ning 


95 
bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy raqobatchilik shakli. 
Raqobatchilar
– marketing obyekti sifatida samarali yo‘llarni izlab 
raqobatda ilgarilab ketishni xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va 
yaqinda joylashganini tanlashga urunadilar, vositachilardan foydala- nishda 
ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishga harakat 
qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar. Raqobatchi firmalarning 
kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib o‘zstrategiyalarini ishlab chiqadilar. 
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga imkon 
beruvchi samarali raqobat strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur. 
Bozorning ulushi, firma daromadining darajasi kompaniya raqobatchilarga 
qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan belgilanadi. 
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi Garvard 
biznes maktabining professori Maykl Porterdir. Uning fikricha, korxonaning 
raqobat muhitini shakllantiruvchi raqobatchi kuchlar beshta guruhga 
bo‘linadi. 
1.
O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar 
o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi. 
2.
O‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha ehtiyojning 
o‘zini, lekin bir qancha boshqa usullar bilan samarali qanoatlantiruvchi 
tovarni taklif qilish bilan raqobatni keskinlashtirishi mumkin. Ko‘pincha, 
aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchifirma uchun vayron qiluvchi 
bo‘ladi. 
3.
Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo va 
materiallar yetkazib beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning raqobat 
potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib beruvchilarning o‘z tovarlari narxini 
oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir o‘tkazish yoki 
yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining sifatini pasaytirish va shu 
tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga ta’sir etishdan iborat. 
4.
Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi. 
5.
Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi. 
Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham 
raqobatni kuch sifati tovarlarda belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini yoki 
yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek, pasaytirish 
maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir. 
O‘xshash 
mahsulotlarning 
potensial 
ishlab 
chiqaruvchilari 
iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta jalb qilishi, shuningdek, mah- 
sulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin. Raqobat- chilarning 
har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida strategiyasini ishlab chiqishni 
talab qiladi, bu esa marketing bo‘yicha mutaxassis-larning majburiyatlaridan 
biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobat kurashining 
jadalligi va aniq shakli raqobatning xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu 
raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi 
darajasini xarakterlaydi. Tovarning raqobatbardoshligi – bu tovarda 


96 
yakunlangan, xaridor uchun narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda 
tovarni sotib olish istagini qo‘zg‘atadi). Raqobatbardoshli tovar, birinchidan, 
xaridor uchun shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun o‘z pulini 
berishga tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda ishlab 
chiqarilgan o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan tovarga 
nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin. 
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda 
egallab turgan ulushini saqlab qolish yoki kengaytirishga imkon beruvchi 
marketing potensialidir. 
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga 
oshiriladi: 
1.
Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash. 
2.
Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniq-lash. 
3.
Tayanch raqobatchilarni baholash. 
4.
Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish. 
5.
Potensial raqobatchilarni aniqlash. 
Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq ichidagi, 
tarmoqlararo narxlarga oid va narxlarga oid bo‘lmagan kabi turlarini 
o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif 
etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda, bunday 
tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin: sof (yoki takomillashgan) raqobat, 
oligopoliya, monopolistik raqobat va monopoliya. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish