MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
Mustaqil ta’lim talabaning o‘quv yuklamasiga kiradi, uni bajarish natijasida semestr yakunida talaba 3 kreditga, ya’ni 20 ballga ega bo‘ladi (60 soat).
Mustaqil ta’lim o'zaro bog‘liq bo‘lgan uch komponentdan iborat: mashg‘ulotlarda berilgan ma’lumotni qayta ishlash va tizimlashtirish; o‘quv adabiyotlarida berilgan materialni mustaqil o‘rganish; mustaqil ta’lim mavzulari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish.
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash; referat tayyorlash; elektron taqdimot tayyorlash; mavzu bo‘yicha albom tayyorlash; mavzu bo‘yicha loyiha yaratish; mavzu bo‘yicha dialogik matn tuzish; monologik matn tuzish; terminlar lug‘atini tuzish; matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish; badiiy asarni mutolaa qilish; she'r yodlash; mavzu bo‘yicha bahs-munozaraga tayyorlanish; esse yozish; maqola yozish; maqolaga taqriz yozish; hikoya tuzish; videolavha tayyorlash; ommabop maqola tayyorlash; reportaj tayyorlash; klaster tuzish; mavzuga oid so‘zlardan krossvord tuzish; berilgan ma'lumotlardan jadval tuzish; ish yuritish hujjatlaridan namunalar tayyorlash; darslik va o‘quv qo‘llanmalarining boblari va mavzularini o‘rganish.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Tavsiya etiladigan mavzular
Respublikamizda o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar.
O‘zbek adabiy tili me’yorlari.
Soha lug‘atlari. Glossariy.
Sohaning faol va nofaol terminlari.
Sohaga oid qisqartmalar.
Kasbiy nutq odobi.Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da soha terminlarining berilishi.
Sohada ish yuritish hujjatlari.
Tashkiliy hujjatlar.
Farmoyish hujjatlari.
Ma’lumot-axborot hujjatlari.
Sohaviy xizmat yozishmalari.
Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy ish uslubida ro‘y bergan o‘zgarishlar.
Tahliliy, faktik, baholovchi turdagi kasbiy nutq.
Autentik matnlar ustida ishlash (sohaga oid matnlarning til xususiyatlarini o‘rganish).
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi ish shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi: referat, ilmiy axborotlar tayyorlash, kartotekalar yaratish, ish hujjatlaridan namunalar tayyorlash, slayd materiallari, ishlanmalar yaratish, sohaviy matnlarni tahlil qilish.
Adabiyotlar
6.1. Asosiy adabiyotlar.
Mirziyоyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti 2016.
Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti 2017.
Mirqosimova M., Alimova Sh., Zoitova O., Umarova N. O‘zbek tili (Ўзбектили). –Toshkent: Toshkent davlat texnika universiteti, 2004.
Русча-ўзбекча луғат. Икки жилдли. – Тошкент: ЎзЭ, 1988.
Muhiddinova X.S., Salisheva Z.I., Po‘latova X.S. O‘zbek tili. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2012.
Qahhorova H., Muhamedova S. O‘zbek tili (Ўзбек тили). – Toshkent: “Fan”, 2004.
O`zbek tilining besh jildli izohli lug`ati. – Toshkent: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008-yillar.
6.2. Qo‘shimcha adabiyotlar.
Aliqulov T. Ruscha-o‘zbеkcha o‘quv lug‘ati. – M: «Русский язык», 1982.
Yo‘ldoshеv R., O‘zbеk tilini o‘rganamiz. – Toshkеnt: «O‘qituvchi», 1995.
Maxmudov N., Madvaliyеv A., Maxkamov N., Aminov M. O‘zbеk tilida ish yuritish. – Toshkеnt: O‘zE, 1990.
Rafiyеv A., Tunjay O‘., Nuriddinova D. Chеt еlliklar uchun o‘zbеk tili. – Toshkеnt, 1997.
Sodiqova M. Qisqacha o‘zbеkcha-ruscha frazеologik lug‘at. – Toshkеnt: O‘zE, 1989.
«Til va adabiyot ta’limi» jurnali.
O‘zbеk tilining imlo lug‘ati. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2012.
O‘zbеk tilining izohli lug‘ati, ikki jildli, - M: «Русскийязык», 1981
Usmonova O.Y., Kudratxodjayeva N.A. Leksik matnlar yordamida talabalar nutqini o‘stirish. –Toshkent: O‘zMU, 2019
Lafasov U.P., Akbarova M.B. Nutq madaniyati.–Toshkent: ToshDSHI, 2019
6.3. Elеktron rеsurslar.
Yo‘ldosheva D. Ona tili ta`limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti: o`quv qo`llanma/ D. Yo`ldosheva; O`zR OO`MTV, Buxoro davlat un-ti. – 2013.
Ona tili didaktikasi: darslik/ Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. – 2005.
O‘zbek tili praktikumi: o`quv qo`ll./ M. Asqarova [va boshq.]; O`zR OO‘MTV, Nizomiy nom. Tosh. davl. ped. un-ti. – 2006.
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Fonetika, morfologiya va sintaksis: Un-tlar va pedagog. in-tlarning filologiya fak. bakal. uchun darslik/ O`zR OO`MTV. – 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |