Mustaqil ishi 206-guruh talabasi Abduhamidova Sayyora


-guruh talabasi Alimov Bekmurod



Download 0,75 Mb.
bet11/30
Sana21.11.2022
Hajmi0,75 Mb.
#869804
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Mustaqil ish 206-guruh

206-guruh talabasi Alimov Bekmurod
Mavzu : Etnosotsiyopragmatika asoslari fanining psixologiya fani bilan bog’liqligi
Reja :
1. Psixologiya fani nima
2. Psixologiya fanining etnosotsiyopragmatika asoslari fani uchun ahamiyati.
3. Psixologiya va etnosotsiyopragmatika asoslari fanining o’zaro bog’liqligi
Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demokritning moddiyligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar Psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, Psixologiya A. Golbax, D. Didro Psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya 19-asrning 2- yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.
Psixologiya taraqqiyotida umuman 19-asrdagi eksperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmuasi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. Psixologiyaningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Psixologiya Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental laboratoriya (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimental laboratoriyalari Psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912-yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psixologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asrning 1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Psixologiya Psixologiya Blonskiy va boshqa dialektikaga asoslangan ilmiy psixologiyani yaratishga kirishdilar.
Hozirgi zamon Psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy Psixologiya, aviatsiya Psixologiyasi, harbiy Psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq Psixologiyasi, tibbiyot Psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat Psixologiyasi, sport Psixologiyasi, max-sus Psixologiya, ijodiyot Psixologiyasi, menejment Psixologiyasi, marketing Psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy Psixologiya, din Psixologiyasi, oila Psixologiyasi, Psixologiya tarixi, genetik Psixologiya, amaliy Psixologiya, eksperimental Psixologiya, kasb Psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy Psixologiya va boshqa Psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy Psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyadaoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda .
Oʻzbekistonda Psixologiya 1928-yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929-yil Xalq maorifi komissarligi qoshida Psixologiya labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida Psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hozirgi davrda Psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar Psixologiyaning umumiy Psixologiya, pedagogik va yosh Psixologiyasi, ijtimoiy Psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda. Psixologiya fani etnosotsiopragmatika asoslari fani uchun katta ahamiyat kasb etadi. Buni har jabhada sezish mumkin. Chunki aynan psixologiyaning bazi tadqiqotlari aynan etnosotsiyopragmatika asoslari fanining ayrim metodlari orqali ifodalanadi. Psixologiya insonning ongi va ruhoniyati bilan bog'liq bo’lsa, etnosotsiyopragmatika asoslari fani insonning nutqida qo’llayotgan jumla va so’zlarni qanday qo’llaganini aniqlab , uni tahlil qiladi. Bu jumlalarni nima uchun qo’llayapti, nima sababdan qo’llayapti. Nima uchun bu insonga qo’llayapti , nima uchun aynan shu vaqtda qo’llayapti kabi shunga o’zshash savollarni berish orqali bularni sababini bildirib o’tadi. Psixologiyaning o’rganish obyekti insonning ustida olib boriladigan tadqiqotlar va boshqa izlarnishlarga etnosotsiyopragmatika asoslari fani yordam beradi.
Psixologiya fani etnosotsiopragmatika asoslari fani bilan bog’liqligi haqida gapiradigan bo’lsak , bu mavzu haqida juda ham ko’p ma’lumitlar keltirish mumkin. Chunki ular bir-birini to’ldirib keladi. Psixologiya fani insonning ongi bilan bog’liq izlanishlar olib boradi. Misol uchun bir tadqiqotni olib , tahlil qilib ko’raylik.
Yevropadagi bir olim yosh bolalar ustida tadqiqot olib boradi va qiziqarli natijalarni isbotlab beradi. U bir bolalar bog’chasiga boradi. U yerdagi bolalardan ma’lum bir qismini ajratib olib ular ustida izlanish olib boradi. U olim yosh bolalarga bir necha qiziqarli hikoyalar hikoya qilib beradi. Bolalar bu hikoyalarni maroq bilan tinglaydi. Olim hikoya qilib bo’lgandan keyin , har bir hioyani eshitgan bolaga savol berib chiqadi. Savol naznubi shunday edi “ qanday so’zlarni yodlab qolding?” . shunda bolalar o’zlari eslab qolgan so’zlarni aytib beradi. Masalan, kimdir olma, haqiqat , to’g’grilik, egrilik, yovuzlik , qatl etdi, vafot etdi, baxtga erishdi, yomon , yaxshi kabi so’zlarni yodlab qolishadi. Olim esa shu so’zlarni yozib oladi. keyinchalik har bir bola nima deganini alohida shaklda yozib oladi. olim bu so’zlarni alohida alohida so’z turkumlariga ajragib chiqadi. Va natijada bir bola fe’l so’z turkumlariga oid so’zlarni ko’proq yodlab olgan bo’lsa , u bola harakatchang, dadil qaror qabul qiladigan , jur’atli inson bo’lib yetishadi degan xulosa keladi. Ba’zi bolalar esa ko’proq ot va sifatga oid so’zlarni ko’proq yodlab qolishadi. Olim esa ularni unchalik ham jur’atli emas, qaroq qabul qilishda tezkor emas, bo’shang deb tavsiflaydi. Juda ham qiziqarli izlanish bo’lgan. E’tibor berilsa , tadqiqot ancha samarali va aniq chiqadi. Aynan olim bolalarning nutqi orqali izlanish qilgan. Bu esa psixologiya faning etnosotsiyopragmatika asoslari fani bilan bog’liqligini go’zal tarzda ifodalab bergan. Chuqur tahlil qiladigan bo’lsak, psixologiya fanidagi ba’zi tadqiqotlari etnosotsiyopragmatika asoslari fanining elementlaridan foydalangan. Bundan ma’lum bo’ladiki, psixologiya fani etnosotsiyopragmatika asoslari fani bilan o’zaro chambarchas bog’liq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyot :


1.Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi,
2.Gʻoziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda,
3.Gʻoziyev E., Psixologiya,
4.Karimova V., Ijtimoiy psixologiya,


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish