9-Mavzu: XIX –xx asrlarda xorijda psixologiyani rivojlanishi. Reja



Download 39 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi39 Kb.
#546120
Bog'liq
9-МАВЗУ.ВОРД (1)


9-Mavzu:XIX –XX asrlarda xorijda psixologiyani rivojlanishi.

REJA.
1.Yangi psixologik maktablarni shaqllanishi va rivojlanishi.
2.Strukturalizm.
3.Vyusburg maktabi.
4.Fransuz psixologiya maktabi.
XVIII asr fransuz materialistlari Kondilyak (1715– 1780 y.), Kabanis (1757–1808 y.), Lametri (1709–1751 y.), Gelvetsii (1715–1771 y.), Golbax (1723–1789 y.) psixika haqida izchil materialistik ta’limot yaratdilar.
XVIII asr fransuz materialistlari birdan-bir asos – materiya deb ta’lim berdilar. Ular materiya tushunchasini qadimgi grek materialistlaridan olgan edilar, ya’ni materiya atomlardan tashkil topgan bosh negizdir deb fikrladilar, Tabiatdagi har xil narsalar faqat bitta materiyaning ko‘rinishidir deb qaradilar. Inson, tabiatning bir qismi sifatida, o‘zining ham jismoniy, ham psixik mohiyatiga ko‘ra moddiydir deb tushunildi. Bu materialistlar ruhning mustaqil holda mavjud bo‘lishini inkor qildilar va psixik jarayonlarning mohiyatini fiziologik jarayonlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Fransuz materialistlarining qoidasi psixika miyaning fiziologik jarayoni, u moddiy protsessdir degan fikrdan iborat. Bu qoida spiritualizm va umuman idealizmga, uning moddiy bo‘lmagan psixika va ichki tajriba haqidagi ta’limotiga qarama-qarshi qo‘yilgan edi. Lametri (vrach) aniq materiallarga, ayniqsa patologiya sohasidan olingan ma’lumotlarga asoslanib o‘zining «Inson – mashina» degan mashhur kitobini yozdi. Asarda u shunday deb yozadi: «Ruhning barcha qobiliyatlari miyaning va butun gavdaning tuzilishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun ravshanki, ular shu tuzilishning o‘zidan iboratdir».
Psixikani fiziologik jarayonlar bilan bunday tenglashtirish Kabanis tomonidan uning «Insonning jismoniy va ahloqiy tabiati o‘rtasida munosabat» nomli asosiy asarida keskin qo‘yiladi. Buni Kabanis quyidagicha ifodalaydi: «Fikrni keltirib chiqaradigan jarayonlar haqida aniq, tushuncha hosil qilish uchun oshqozon va ichaqlar ovqat hazm qilganday, jigar o‘t ajratib chiqarganday, quloq oldi, jag osti va til osti bezlari so‘lak ajratganday bosh miyani ham faqat fikr ishlab chiqarishga tayinlangan alohida organ deb qaramoq kerak». Biz, bosh miya ma’lum ma’noda ta’sirotlarni qaytadan ishlaydi, u organik holda fikr ajratib chiqaradi, deb hisoblaymiz».
Biz bunday fikrlarni XVIII asrning boshqa materialistlarida ham uchratamiz. Bunda, XVIII asr materialistlari psixik hayotning barcha hodisa va jarayonlari, barcha tabiat jarayonlari va hodisalari singari, mexanika qonunlari bilan tushuntiriladi. Engels XVIII asr fransuzlarining kamchiliklari haqidagi mulohazalarida shunday deydi: «O‘simlik va hayvon organizmi juda kam tekshirilgan edi, uning ishlari sof mexanistik sabablar bilan tushuntirilar edi. Dekartning nazarida odam hayvon bo‘lgani singari, XVIII asr materialistlarining nazarida odam mashina bo‘lgan. Psixik hayotni mexanistik tushunishning sababi shundaki, XVIII asrda boshqa fanlar orasida eng taraqqiy qilgani mexanika edi. Fransuz materialistlari odamda ro‘y bergan hamma hodisalarni shu mexanika qonunlari asosida tushuntirishga urindilar. Fizika, ximiya, biologiya fanlari o‘sha vaqtlarda endigina bosh ko‘tara boshladi. F.Engels fransuz materialistlarining_ mexanistik qarashlari asossiz deb ko‘rsatadi. XVII va XVIII asrlarda psixologiya (falsafaning qismi sifatida) Kiev-Mogilyan akademiyasida (1632–1815 y.) va Moskvadagi Slavyan-Grek-Latin akademiyasida (1687–1814 y.), o‘qitish predmetiga aylandi. yBu akademiyalariing professorlari psixologiyaga oid (asosan studentlar uchun qo‘llanma tariqasida ko‘pgina asar yozganlar), ularda ruh haqidagi metafizik mulohazalar emas, balki tajriba qilib ko‘rish mumkin bo‘lgan ba’zi psixik hodisalar haqidagi kuzatishlardan olingan ma’lumotlar asosiy o‘rinni egallagan edi. Masalan, Kievlik olimlar inson aqliy faoliyatida tashqi tajribaga alohida z’tibor berdilar. Ular tafakkur faoliyati faqat sezgilar asosidagina ro‘y berishi mumkin, deb hisobladilar. Lokkdan 45 yil oldin (1690 i.) Innekentiy Gizel asarida quyidagicha qoida yozilgan ekan: «Agar sezgilardagi narsalar bo‘lmaganda edi, intellektda (inson aqlida) hech narsa bo‘lmas edi».
Endi shu narsa ma’lumki, Kiev olimlari I. Myullerdan 200 yil ilgari sezgi organlarining mahsusligi haqidagi masalani qo‘ydilar va uni hal qilishga intildilar, Innekentiy Gizelning talqin qilishicha, sezgi organlarining mahsusligi bu organlarga tashqi olamdagi (ob’ekt) predmet va hodisalarning ta’sir etishi tufayli paydo bo‘lgan, Kiev filosoflarining asarlarida monokulyar va binokulyar ko‘rish haqidagi, xotira tasavvurlari va xayol tasavvurlarining farqlari haqidagi, emotsiyalarning fiziologik asoslari haqidagi, iroda va uning emotsiya hamda tafakkurning birlashishidan rivojlanishi haqidagi masalalar ham talqin qilingan.
Kiev akademiyasining olimlari Dekart ta’siriga berilmadilar, hayvonlarda ham ruhiy hayotning borligini ta’kidladilar. Ular inson psixikasining hayvon psixikasidan muhim farqiga to‘xtalib, insonga nutq va aqlli iroda xosdir, deb ta’kidladilar.
Moskva – Slavyan – Grek – Latin akademiyasida o‘quv ishlari (xususan psixologiya bo‘yicha ham) Kiev – Mogilyan akademiyasi namunasida o‘tkazildi.
Psixologiyaning dastlabki kurslari Ioannikiy Lixud tomonidan asosan Aristotel, Ioan Damaskin va Foma Akvinat ruhida yozilgan edi. Keyinchalik (tahminan 1700 yillarda) Feofilakt Lopatinskiy va boshqalarning asarlarida Dekart, Volf, Leybnits va dastlabki empirik oqim psixologlarining ta’siri kuzga tashlanadi, F.Lopatinskiy o‘zining ruh haqidagi mulohazalarida ovqatlanish haqida, qon aylanish haqida, temperament haqida va turli yoshdagilarning xususiyatlari haqidagi ta’limotni bayon qiladi. Tashqi va ichki hislarni tekshirishga alohida e’tibor beriladi. Psixologiya kurslarida asosiy o‘rinni ruh, aql va iroda haqidagi boblar ishg‘ol qilgan edi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib, Moskva hamda Kiev akademiyasining olimlarida o‘rta asr ratsionalistik psixologiyasidan faqat inson psixik hayotiga oid barcha hodisalarning g‘ayri jismiy substansiyasi hisoblangan ruh haqidagi ta’limot qoldi, xolos. Bu idealistik psixologiya edi. Biroq, XVIII asr rus psixologiyasida materialistik qarashlar tashkil topa boshlaydi. O‘sha zamon materialistik psixologiyasining eng kuzga ko‘ringan vakillari M. V. Lomonosov hamda A. P. Radishchevlardir.
M. V. Lomonosov (1711 –1765 i.) o‘zining asarlarida psixologiya masalalariga, xususan, sezgilar sohasiga katta e’tibor berdi va bir qancha hodisalarni materialistik jihatdan tushuntirdi. Masalan, sezgilarning manbai sezgi organlarimizga tashqi predmetlarning fizik ta’sirotidir, deb ko‘rsatdi. U sezgilar inson tomonidan atrofdagi olamni bilishning shartidir, chunki ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan moddiy predmetlarning miyaga bevosita ta’sir qilishining natijasidir, deb hisobladi.
Lomonosov o‘z zamonasida keng tarqalgan sezgilar sohasidagi, «birlamchi va ikkilamchi sifatlar» haqidagi ta’limotga qarshi chiqdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, ikkilamchi sub’ektiv sifatlar yo‘q. Bizning barcha sezgilarimiz ob’ektivdir. A.P.Radishchev (1749–1802 y.)asosan inson tabiatini tushunishdagi dualizmga, ruhiy hayotni moddiy hayotdan ham miyadan ajratib qo‘yishga, nutqni tafakkurdan ajratib qo‘yishga qarshi chikdi. U psixikani miyadan ajratish mumkin emas va uning manbai hissiy idrok qilinadigan olamdir, deb ta’kidladn. «Ruh tan bilan birgalikda o‘smaydimi, uning bilan birga ulg‘ayib mustahkamlanmaydimi, uning bilan birga so‘lib o‘tmaslashmaydimi? Sen barcha o‘z tushunchalaringni hisdan olmaysanmi?» – deb yozgan edi u. Miya – psixikaning moddiy asosi, busiz inson aqlli mavjudot bo‘la olmaydi.
Radishchev inson ongining taraqqiyotida nutqning katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan, nutq «fikrlarni bir joyga to‘plash vositasidir; modomiki narsaga nom berilmas ekan, narsa haqidagi fikr so‘zlar bilan ifodalanmas ekan, u bizning aqlimizga yotdir va busiz bizning aqlimiz ishga solinmaydi». XIX asrning boshidan boshlab maorifning o‘sish bilan psixologiya bilimlari sistemasida empirik psixologiya hukmron mavqeini egallay boshladi, buning ichida esa materi alistik olimlar tez o‘sa boshladi.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish