206-guruh talabasi Hakimova Mohina
Mavzu: KISHILARNING BEVOSITA VA BILVOSITA MULOQOTI
REJA:
1.Muloqot tushunchasi haqida malumot
2. Bevosita va bilvosita muloqot tushunchalari
3. Kishilar òrtasidagi muloqotning jamiyatdagi òrni
Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda o‘zaro muloqot jarayoni g‘oyatda katta rol o‘ynaydi. Chunki muloqot jarayonida borliqdagi xilma-xil narsa, xodisalar bilan munosabatda bo‘lishi asosida ularning mohiyatini anglay boshlaydi. Muloqot dialektik jarayon bo‘lib, kishilarning o‘zaro aloqa munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Darhaqiqat, jamiyatda hal qilinmagan muammolar muloqot jarayonida o‘z yechimini topib jamiyatda muvozanat yuzaga kelib, jamiyat taraqqiyoti yuksalaveradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatida ta’kidlaganidek; “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni halqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz”. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”-deb uqtiradi. Qisqa muddatda bir yarim milliondan ziyod fuqarolar murojaat qilishi natijasida muloqot jarayonida ularning muammolari o‘z yechimini topdi.Darhaqiqat, muloqot insonlar o‘rtasida xilma-xil ijtimoiy munosabatlarida amalga oshadi. Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini ham, o‘z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlicha namoyon bo‘lish shaklida tushunchalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari odamlarning bir – birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining o‘zaro almashinuvi jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash hozirda turli-tuman yondashuvlar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona-g‘oya-bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va o‘zaro aloqa jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarining taktika va strategiyasini ishlab chiqishdir.Falsafa ilmidan shu narsa ma’lumki, har qanday ijtimoiy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, har birining o‘ziga xos kechish xususiyatlari va shart –sharoitlari, qonuniyatlari bo‘ladi. Agar rahbar o‘z jamoasidagi shaxslararo munosabatlar nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko‘ra ta’kidlash mumkinki, agar jamoada haqiqiy samarali, ijodiy mehnatga safarbar e’tuvchi “iqlim” tashkil qilinmagan bo‘lsa, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va muoamala ham asosan hissiyotlarga, odamlarning bir-birlarini hurmat qilishlari, yoqtirishi – yoqtirmasliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar, avvalo kimlarni ko‘rish, kimlar bilan tushlikka chiqish yoki bir stol atrofida o‘tirish, vaqtni o‘tkazish uchun qaysi ishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini o‘ylab keladi. Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar sof emotsional-hissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda guruhbozlik, jamoaning kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketishi, buning oqibatida bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo‘lib, har biri o‘z “ixlosmandlarini” o‘ziga xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko‘rish mumkin.Muloqat o‘zbek tili izohli lug‘atida bayon etilishicha arabcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida “uchrashish”, “ko‘rishish”, “qabul qilish”, degan ma’nolarni anglatgan. Faylasuf olimlar J.Ya.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiyevlar muloqat tushunchasining mohiyatini ifodalashga harakat qilganlar. “Muloqat bilan faoliyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda muloqat tushunchasini shunday ta’riflashga uringanlar.Muloqat bu, kishilarning o‘zaro bevosita yoki bilvosita uchrashishi, ko‘rishishi, qabul qilishi orqali o‘rnatiladigan munosabatlari natijasida axborotlar almashiladigan, olingan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga asos bo‘ladigan ko‘p qirrali jarayondir”.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, muloqat jarayonini nisbiy tarzda quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishini ifodalash mumkin.
1. Individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
2. Individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
3. Bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
4. Bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘ratish jarayoni;
5. Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
6. Shaxslarning bir-birlarini tushinishi jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi.
Shu bilan birgalikda aholi bilan bo‘ladigan muloqatni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) Bevosita; 2) Bilvosita; 3) Rolli; 4) Mazmunli; 5) Rasmiy; 6) Norasmiy kabi turlarga ajratish mumkin.
Bunda:
1. Bevosita muloqat “yuzma-yuz” suhbat bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
2. Bilvosita muloqat ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi. ( Masalan: telegraf, telefon orqali gaplashish).
3. Rolli muloqat bu odamlar tamonidan ijtimoiy rollar orqali amalga oshiriladi. Masalan, tergovchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi muloqat rollidir.
4. Mazmunli muloqat bu individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, hohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishidir.
5. Rasmiy muloqat yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqat turidir. Masalan, tergov jarayonidagi so‘roq qilish.
6. Norasmiy muloqat bu shaxslararo o‘zaro muloqat jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda muloqat quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
1) Aloqa o‘rnatish-suhbatdoshni aloqaga kirish uchun tayyorlash;
2) Informatsion – suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalarni almashish;
3) Faoliyatga undosh – suhbatdoshni biror harakatni bajarishga rag‘batlantirish:
4) Koordinatsion – suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish;
5) Tushunishni ta’minlash- suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarni tushunish;
6) Motivlashtirish-subatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg‘otish hamda ularni o‘zgartirish;
7) Munosabat o‘rnatish – munosabatlar tizimidagi shaxsiy o‘rnini, mavqeni aniqlash;
8) Ta’sir ko‘rsatish – suhbatdoshning hulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlari va yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma, dasturlarini o‘zgartirish va shu kabilarni bajaradi.
Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimi, matbuot, radio, internet va h.k.) jismlar.
Bilvosita aloqabu to'g'ridan-to'g'ri gapirish o'rniga uning fikrini yoki hissiyotini boshqalar tushunishi uchun odam harakat qiladigan ma'lumotlarni uzatish usuli. Odatda u boshqalarni o'zingiz xohlagancha harakat qilishga ishontirishga urinish sifatida ishlatiladi, garchi har doim ham salbiy bo'lmasligi kerak.Bilvosita aloqada odam suhbatdoshiga nimani etkazmoqchi ekanligini tushuntirish uchun uning ovozi, imo-ishoralari, yuz harakatlari, holati va tana harakati kabi elementlardan foydalanadi. Darhaqiqat, ayrim hollarda, odam ovoz chiqarib gaplashayotgan narsadan bilvosita boshqa narsani boshqacha tarzda uzatishi mumkin. Bilvosita aloqa turli xil sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Ba'zan odam o'zini rad etilganini his qilishni istamaydi va agar ular baland ovozda gapirishsa, ular salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga ishonishadi. Boshqa hollarda, shaxs passiv-agressiv aloqa uslubiga ega va bu usulni imtiyozli usulda qo'llaydi.Bilvosita aloqa, odatda, undan foydalanadiganlarning shaxsiy munosabatlariga juda salbiy oqibatlarga olib keladi. Buning sababi shundaki, undan foydalanishda suhbatdosh boshqa odam etkazmoqchi bo'lgan xabarni aniq bilolmaydi. Biroq, ba'zi hollarda bu juda foydali bo'lishi mumkin.
Bilvosita aloqa xususiyatlari:
Bilvosita aloqa turli xil sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, ammo u paydo bo'lganda, uni juda oson tanib oladigan bir qator xususiyatlar mavjud. Keyin qaysi biri eng muhimligini bilib olamiz.
Aloqa bo'yicha mutaxassislarning fikriga ko'ra, har qanday ma'lumot almashinuvi ikki yo'l bilan amalga oshirilishi mumkin: og'zaki va og'zaki bo'lmagan. Birinchisi, biz ishlatadigan so'zlar bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchisi bizning imo-ishoralarimiz, ovoz ohangimiz, mimikamiz va tana tilimiz bilan ko'proq bog'liq.
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lgan odam o`zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo`lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o`zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o`zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O`zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko`rishadi, so`rashadi, xol - ahvol so`raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog`da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o`ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o`g`rilanib ketilishi, so`ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo`lishi faktlari shuni ko`rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko`plab psixologik eksperimentlarda o`z isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo`li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o`zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko`plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg`izlatib qo`yishning uning ruhiyatiga ta’siri o`rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo`lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg`izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o`zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o`zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o`rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg`izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o`ziga ishonchsizlik, qayg`u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg`izlikka mahkum bo`lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko`rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo`lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo`lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g`or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o`tgach, u turgan yerda bir o`rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g`or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o`rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg`ura boshladim...»
Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojining to`la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko`rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o`zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko`pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o`z oldida turgan hamkasbiga qarab ko`proq, tezroq ishlashga kuch va qo`shimcha iroda topadi. To`g`ri, bu hamkorlikda o`sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o`rtasida o`zaro simpatiya hissi bo`lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo`lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o`rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so`rovnoma asosida bir - birini yoqtirgan va bir - birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi xamda samaradorlikning muhim omillaridandir.
Muloqot murakkab jarayon bo`lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil ko`rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar1. A.Nurmonov. Tanlangan asarlar.
2. E.G.G’oziyev. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob
3. E.G.G’oziyev. Muomala psixologiyasi. T-2001
Do'stlaringiz bilan baham: |