206-guruh talabasi Jumanazarova Gulzoda
Mavzu: Etnosotsiopragmatik tahlil.
Reja:
1. Etnosotsiopragmatik tahlil tushunchasi.
2. Nutq jarayonida etnosotsiopragmatikaning ahamiyati.
3. Nutqiy muloqot - etnosotsiopragmatik tahlilning bir bo‘lagi sifatida.
Hozirgi paytda tadqiqotchilar diqqatini o’zaro fikr almashinishi, aloqa-munosabat jarayonining tadqiqi, ijtimoiy nutq tabiati o’ziga ko’proq tortmoqda: tilshunoslar nazaridan chetda qolib kelgan bu masala hozirgi kunda fanning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Sistem-struktur tilshunoslik lisoniy paradigmalarni – o’zaro o’xshash bo’lgan hodisalar sirasini ajratar ekan, axborot qiymati, lisoniy tizimdagi mavqei, vazifasi bir xil bo’lgan hodisalarni sof lisoniy nuqtai nazardan bir-biriga teng sifatda ayni bir paradigmaga yoki siraga birlashtirdi. Til tizimida bu hodisalar bir xil qiymatga ega bo’lganligi sababli ular orasidagi juz’iy farqlar tizim uchun befarq deb olinishi mumkin edi. Lekin til tizimida bir hodisa uchun bir necha birlik mavjud ekanmi bu, albatta, besabab emas – bu birliklar nima bilandir bir-biridan farqlanishi shart va zarur. Nima sababdan mana shu muayyan holatda ma’lum bir axborotni tinglovchiga yetkazish uchun til tizimida mavjud bo’lgan bir necha teng qiymatli hodisalardan aynan mana shunisi qo’llanilgani juda ko’p hollarda nolisoniy omillar – nutq sharoiti, vositasi, muloqot jarayoni, so’zlovchi va tinglovchining ruhiy holati, bir-biriga munosabati, milliy-madaniy, yosh, jins kabi o’nlab omillar bilan bog’liq. Mana shuning uchun o’tgan asrning uchinchi choragida lisoniy vositalar, hodisalar sirasi system-struktur tilshunoslik tadqiq tamoyillari asosida aniqlanib, tugal tavsiflangach – asosiy e’tibor bu hodisa birliklarining nutqda qo’llanishi va ulardan qay yo’sinda mumkin qadar samarali foydalanish yo’llariga, boshqacha qilib aytganda, lisoniy birliklarni unumli, samarali qo’llash, kam kuch sarflab ko’p samara olish yo’llarini aniqlashga qaratildi. Sotsiolingvistik tadqiqotlar lisoniy birliklarni qo’llash nafaqat nutq sharoiti, vositasi va hokazo kabi ijtimoiy hodisalar bilan, balki har bir xalq, millat, hatto, ijtimoiy guruh yoki toifa uchun odat tusiga kirgan qator urf-hodisalar, rasm-rusumlar, ya’ni etnografik tomonlar bilan aloqador ekanligini ko’rsatdi. Chunonchi, biz birovga salom berar ekanmiz odob nuqtai nazaridan qo’lni ko’ksimizga qo’yib, boshni sale gib, ta’zimga yaqin harakat qilib salomlashamiz. Bu – o’zbek urf-odati. Shunda bu nolisoniy, mohiyatan etnik-etnografik tamoyillar bilan birga, albatta, ‘’Assalomu alaykum!’’ lisoniy iborasi ham ishlatilishi zarur. Bosh kiyimini yechib salomlashish rus xalqiga xos, hind xalqi esa qo’l kaftlarini bir-biriga jipslashtirgan holda salomlashadi. Hatto, o’zbeklarning o’zining ichida turli toifa va guruhlarning bir-biri bilan salomlashishi jarayonida lisoniy va nolisoniy vositalar, nutqiy shtamplar, harakat va holatlar bir xil emas. Bularni hisobga olish esa, nutq odobi uchun juda zarurdir.
Nutqni ham lisoniy, ham etik-etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda tadqiq etish natijasida sostiolingvistikaning yangi tarmog’I – etnosotsiolingvistika shakllandi va bugungi kunda jadal rivojlanmoqda. Jahonda hukm surayotgan bozor iqtisodiyotining eng asosiy omili faoliyatning samaradorligidir. Bu samaradorlik kam sarflab, ko’pga erishishni nazarda tutadi. Shu tamoyil asosida lisoniy birliklardan ijtimoiy etnik omillarni hisobga olgan holda qay birini muayyan sharoitda qo’’lash ko’proq samarali, ya’ni ta’sirchan ekanligini o’rganuvchi etnosotsiolingvistikaning yangi bir tarmog’i – etnosotsiopragmatika shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Etnosotsiopragmatika nazariyasi jahon tilshunosligida hali to’la shakllangan. Bizda esa bu sohaga ilk qadamlar qo’yilmoqda.
Hozirga kelib til hodisalarini va ularga xos birliklarni farqlash, ularni har xil paradigmalarga birlashtirib, lisoniy mohiyatini ochish, til tushunchasiga batamom imkoniyatlar majmuasi sifatida yangi mazmun berish natijasida imkoniyatlar sifatida ajratilgan lisoniy birliklar xazinasi shakllandi. Nutqiy amaliyotni, alohida qo’llanishlarni til bosqichida to’plagan bu xazina endi o’zining yangicha tadqiqini kutmoqda.
Yangilik hech qachon yo’qdan bor bo’lmaydi, balki mavjud narsaning rivojidan, taraqqiyotidan paydo bo’ladi – ma’lum bir turdagi taraqqiyot intihosi yangi bir turdagi rivojlanish ibtidosi bo’ladi. Shu qonuniyatga asosan nutqiy qo’llanishlarning idrokiy umumlashmasi sifatida YAHVO – UMIS bosqichida ajratilgan lisoniy imkoniyatlar endi UMIS – YAHVO bosqichida yangicha yondashish va tahlilni talab qiladi. Bu esa, o’z navbatida, nutq birligini va muloqot birligini farqlash zaruratini tug’dirdi. Nutq birligi sifatida lisoniy birliklarning moddiy shaklda yozma yoki og’zaki ko’rinishlarda yuzaga chiqqan, etnosotsiopsixologik omillardan holi hodisalarni anglansa, muloqot birligi deganda, lisoniy va nolisoniy omillarning muloqot jarayonida birgalikda murakkab bir hodisa sifatida voqealanishi va muloqot jarayonida ma’lum bir informativ-ekspressiv funksiyani bajarishi tushuniladi. Nutq birliklari va muloqot birliklarining farqlanishi asosida nutqshunoslik va muloqot birliklarining farqlanishi asosida nutqshunoslik va uning bir tarkibi sifatida muloqotshunoslikni – etnosotsiopragmatikani farqlash va tahlillash zarurati tug’ildi.
Har qanday ilmiy tahlil o’rganilayotgan obyekt haqida, uning ma’lum voqelikda mavjud bo’lgan xususiyatlari haqida, uning ma’lum voqelikda mavjud bo’lgan xususiyatlari haqida aniq ma’lumot bermog’i darkor. To’plangan ma’lumotlar asosida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik bo’lgan xulosalar shakllanadi. Xulosalarda obyektning tub, haqiqiy mohiyati va uni bilish jarayonida aniqlangan xususiyatlar aks etadi. Demak, haqiqiy mohiyatni bilish izmidagi tadqiqotchi gneseologik hodisalar ontologik qiymatiga tayanadi.
Muloqotning samarali kechishi ma’lum qoidalar, muomala tamoyillariga amal qilish bilan bog’liq. Dunyo xalqlari muloqot odobi, muomala mas’uliyatiga oid minglab maqol-matallar yaratganlar, bu borada behisob nodir asarlar bitilgan. Jumladan, sharq milly madaniyati durdonalari bo’lmish ‘’Qutadg’u bilig’’, ‘’Qobusnoma’’, ‘’Hibbat-ul haqoyiq’’ kabi madaniy yodgorliklar, buyuk mutafakkirlar Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy. Alisher Navoiy, So’fi Olloyor kabilarning asarlari bunga misoldir. Nutqiy muloqotda inson faktori muhim rol o’ynaydi va bu faktor muloqot faoliyatini rejalashtirish, uni voqelantirish, uning strategiyasini amalga oshirish kabi amallarini boshqaruvchi ko’rsatkichlardan biridir.
Lisoniy faoliyat jarayonida muloqot shakli va til birliklarining tanlovida suhbatdoshning ijtimoiy tabaqasi inobatga olinadi. Ammo bunday tabaqalashtirish ko’p hollarda nutq vaziyati bilan bog’liqdir. Ishtirokchilarning ijtimoiy tabaqalanishiga nisbatan simmetrik va nosimmetrik vaziyatlar farqlanadi. Ayrim olimlar bu hollarda ‘’gorizontal va vertical vaziyatlar’’ tushunchalarini qo’llashni ma’qul ko’rishadi va bunda hukmdorlik, nufuz inobatga olinsa, tabaqalashtirish vertical tus oladi, ijtimoiy mavqe masofasi nazarda tutilganda, gorizontal tabaqalashtirish yuzaga keladi. Muloqot ishtirokchilarining munosabati, ular bajarayotgan ijtimoiy rol asimmetrik bo’lsa, odatda, kommunikatsiya tamoyili qoidalariga qat’iy amal qilish talab qilinadi. Tobe o’rindagi kommunikant nutqiy harakat tanlovi qoidalariga so’zsiz amal qilish lozim. Masalan, tobe shaxs o’z xo’jayini yoki boshlig’iga iltimos, shikoyatini aniq yetkazishi lozim. Aks holda, ‘’Nega buncha g’uldiraysan, aniqroq gapirsang-chi!’’ qabilidagi tanbehni olishi hech gap emas. Xuddi shuningdek, boshliqqa so’z qaytarish, uning gapini bo’lish nimalarga olib kelishi ham ma’lum. Umuman, birovga bo’ysunishi kerak bo’lgan shaxsning sergap bo’lishi muloqotda hurmat tamoyilidan chekinishdan boshqa narsa emas. Bekorga ‘’ta’bi gapirgan yaxshi, indamagan – undan yaxshi’’ yoki ‘’Gap bilan shoshma, ish bilan shosh’’hikmatlari paydo bo’lmagan. Ko’p so’zlash, axborotni batafsil bayon qilish yuqori tabaqadagilar huquqi, tobe shaxs esa ‘’quloq osgani’’ ma’qulroq. Shuning uchun ham sukutni alohida nutqiy akt sifatida ajratish va uning vositasida bir qator kommunikativ maqsad-mazmunni ifodalash mumkin. Sukut saqlash muloqotda o’ziga xos lisoniy belgi vazifasini o’taydi va turli nutqiy harakatlarni ifodalash vositasi bo’la oladi. Muloqotda sukut saqlash bilan bir qatorda, maqsadli harakat namunasi hamdir.
Nutqiy vaziyat simmetrik munosabat doirasida yuzaga kelsa, fikr izhori ancha ochiq kommunikativ maqsadlar aniq ifodalanayotgan nutqiy harakatlar ijrosida kechadi:
Bugun qanday bahonani o’ylab kelayapsiz? – deya qarshi oldi u.
Obbo! – Tohirning tishlari g’ijirlab ketdi. – Yaxshi gap yo’q ekanda bu uyda. Qachon qarasa, tergagani tergagan.
Tergashimga asos bor, - dedi Go’zal tap tortmay. – Qolaversa, yaxshi gapga qorin to’ymaydi.
Ammo simmetrik vaziyatda ham muloqot tagma’noli, tumtoq iboralar vositasida, lo’nda ifodada kechishi hech ham istisno emas:
Ovqating tayyormi?
Yo’q.
Nima sababdan?
Bilmayman.
Istamadingmi?
Ha.
Nega?
Shunday.
Nutqiy muloqotning yuqorida eslatilgan hamkorlik va hurmat tamoyillari asosan tinglovchi – adresantning ‘’foydasi’’ni ko’zlovchi tamoyillardir. Bu tamoyillar simmetrik va nosimmetrik nutqiy vaziyatlarda bir xilda faollashadilar. Shaxslararo muloqot jarayonida so’zlovchi o’z foydasini ham unutmaydi, u o’z shaxsiyatining qimmatini ko’rsatishga, o’z hurmatini saqlashga urinadi. Shaxsiy qadrini saqlashga yo’naltirilgan tamoyil ko’pincha nosimmetrik munosabatlar vaziyatida namoyon bo’ladi. Ushbu tamoyil, masalan, kinoya mazmunidagi nutqiy harakatlar ijrosida faollashadi, chunki tabaqa pillapoyasida yuqoriroq o’rin egallagan shaxs – so’zlovchi pastki pog’onada turgan tinglovchi kinoya vositasida ta’sir o’tkazishga harakatga qiladi. Kinoya qo’pollik va qat’iyatni bir oz bo’lsa-da, yumshatish imkonini beradi.
Maslahat mazmunidagi nutqiy akt ham ko’pincha muloqot asimmetrik sharoitda ko’chayotganda hosil bo’ladi. T. Hadsonning ta’kidicha, maslahatga ehtiyoj suhbatdoshlardan biri qiyin holatga tushganda tug’iladi va maslahat beruvchi shaxs uni qo’llab-quvvatlashga urinadi. Demak, maslahat berish huquqiga ijtimoiy mavqei yuqori bo’lgan shaxs egadir. Maslahat vaziyatining o’zgarib turishi sababli bo’lsa kerakki, so’zlovchi o’z fikrini yetkazishda unchalik qat’iyat bildirmasdan, o’zini xolisona tutishga, betarafdek ko’rsatishga harakat qiladi. Agarda qat’iylik ko’rsatilsa, xolislikdan yiroqlashilsa, avtoritar vaziyat yuzaga kelib, munosabatlarning nosimmetrikligi kuchayadi. Buyruq, farmoyish, ko’rsatma kabi avtoritar xususiyatga ega bo’lgan nutqiy faoliyat jarayonida tinglovchi bo’lg’usi harakatni tanlash ixtiyoridan qariyb mahrum, u, so’zsiz, ijroga mahkum. Bunday sharoitda muloqot hamkorligi buziladi, u bir tomonlama hamkorlik tusini oladi. Direktiv nutqiy harakatlarning qat’iyligi ‘’talab ijrosi uchun ajratilgan vaqtni chegaralash yo’li bilan belgilanishi mumkin.
Xullas, olamning rang-barang va unda kechayotgan voqe-hodisalarning turli-tuman bo’lgani kabi muloqot vaziyatlari ham turli xususiyatlarga egadir. Ular har xil sharoit sharoit, muhitlarda hosil bo’ladilar, muloqot vaziyatlari ham turli xususiyatlarga egadir. Ular har xil sharoit, muhitlarda hosil bo’ladilar, muloqot ishtirokchilarining munosabatlari ijtimoiy mavqega bir xilda ega bo’la olmaydi. Aynan shu turli-tumanlik muloqot tizimining sotsiopragmatik ko’rsatkichlarini, ijtimoiy deyksis qobig’ini tashkil qiladi. Sotsiopragmatik belgilarni e’tiborga olmaslik nutqiy harakatlar jo’yaliligi tamoyilining talablari buzilishiga olib keladi.
Haqiqatdan ham, nutq vaziyati, suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqei, ular bajaradigan nutqiy harakatlarninga axloqiy-ma’naviy normalarga oid xususiyatlari kabilar muloqot tizimining muhim belgilaridir. Ularni to’liq bir majmua sifatida tadqiq qilish pragmalingvistikaning dolzarb vazifalaridandir.
Lison va nutq mohiyatan yaxlit butunlik bo’lgan nutq faoliyatining ikki tomonidir va ularni bir-biridan uzish also mumkin emas. Ularga dialektik falsafaning, bir tomondan, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab, zaruriyat, majburiyat (UMIS), ikkinchi tomondan – yakkalik, xususiylik, hodisa, voqelik, oqibat, tasodif, erkinlik (YAHVO) kabi kategoriyalari orasidagi munosabatlik nuqtai nazaridangina yondashish mumkin. Bunda yakkalik – umumiylikning, hodisa – mohiyatning, voqelik – imkoniyatning, oqibat – sababning, tasodif – zaruratning, erkinlik – majburiyatning yuzaga chiqishi, voqelanishi, moddiy shaklda bevosita kuzatishda berilgan ko’rinishidir. Shuning uchun har bir yakkalik bevosita kuzatishda berilmagan, idrokiy usul bilan ochiladigan, aql bilan ilg’ab olinadigan umumiylikning, har bir hodisa – shunday mohiyatning, voqelik- imkoniyatning, oqibat esa sababning, tasodif zaruratning, erkinlik majburiyatning – umuman har bir YAHVO o’zi aloqador bo’lgan bir UMISning tajallisi ekanligini hech qachon sedan chiqarmasligimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. Shahriyor Safarov, Guli Toirova.
2. Pragmalingvistika. Shahriyor Safarov.
Do'stlaringiz bilan baham: |