206-guruh talabasi Bekova Shahlo
Mavzu: Etnosotsiopragmatikaning shakllanishi va rivojlanish bosqichi
Reja:
1. “Etnopragmalingvistika” tushunchasi
2. Etnopragmalingvistikaning manbalari
3. Etnopragmalingvistikaning fan sifatida mavqeyi
4. Etnopragmalingvistikaning obyekti
5. Etnopragmalingvistikaning predmeti
6. Etnopragmalingvistikaning vazifalari
Ba`zi tayanch tushunchalar izohi:
1. Etnolingvistika (etno... va lingvistika) — tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga taʼsiri ikki tomonlama boʻladi: etnik omillar (etnosning urfodatlari, milliy anʼanalari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar)ning til rivojiga taʼsiri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy taʼsiri. E. til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari E. erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. E., ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi.
2. Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etn. fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (mas, "til va jamiyat") umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. S.ning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik taxlilning asosiy tushunchasi deb karaladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniklanadi.
Sotsiolingvistikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi boʻlib, u muayyan etnik birliklar yoki maʼmuriyhududiy birlashmalarda muomala aloqa izchilligini taʼminlaydigan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi. Lisoniy vaziyatning ekzogloss (turli tillar majmulari) va endogloss (muayyan bir tildagi kichik tizimlar majmulari) guruhlari farqlanadi.
Hozirgi sotsiolingvistika eʼtibor qaratishi zarur boʻlgan eng muhim muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: til va millatning oʻzaro taʼsirlashuvi; til va madaniyatning aloqasi va oʻzaro taʼsirlashuvi; bilingvizm (ikki tillilik) va diglossiya (bir tilning bir - biriga ijtimoiy qarshi qoʻyilgan turli xil kichik tizimlarining oʻzaro taʼsiri)ning ijtimoiy jihatlari muammosi; til siyosati muammosi (davlat, ijtimoiy guruhlar tomonidan tillarning yoki til tizimchalarining funksional taqsimlanishini oʻzgartirish yoki saklab qolish maqsadida, yangi lisoniy meʼyorlarni joriy qilish yoki eskilarini saqlab qolish maqsadida amalga oshiradigan choratadbirlar majmui) va boshqalar.
Oʻzbekistonda fan sifatida sotsiolingvistikava sotsiolingvistik tadqikrtlar endigina rivojlanib kelmoqsa. Oʻtgan asrning 70— 80y.laridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama — oʻsha vaqtdagi til siyosati nuqtai nazari va talablari asosida olib borilgan.
3. Pragmalingvistika (lingvistik pragmatika) — filologik (lingvistik) fan (tarmoq), tilshunoslik tadqiqoti sohasi. U kommunikativ tilshunoslikning mustaqil bo‘limidir.
1. Markaziy ob'ekt nutqiy akt bo'lib, u bilan bog'liq holda nutq aktlari nazariyasi qoidalari batafsil tahlil qilinadi.
2. Obyekt – lisoniy birliklar va ularning ma’lum kommunikativ-pragmatik makonda qo‘llanish shartlari o‘rtasidagi munosabat
Lingvistik adabiyotda "pragmalingvistika" tushunchasiga ikkita ta'rif berilganligi sababli, so'zlovchining nutqning lingvistik birliklarini ongli / ongsiz ravishda tanlashiga qarab nutq ta'sirining ikkita ko'rinishi mavjud, chunki pragmalingvistikaning ob'ekti va predmeti tahlil qilinadi. Ikki tomondan, yuqoridagi mezonlarga ko'ra bir-biridan farq qiladigan pragmalingvistikaning ikki turini ajratish maqsadga muvofiq ko'rinadi.
Bir tomondan, hali oʻzining hozirgi nomini olmagan pragmalingvistika “pragmatika” deb atalib, “nutqdagi til belgilarining ishlashi oʻrganiladigan semiotika va tilshunoslikning tadqiqot sohasi” deb taʼriflangan. Biz bu ta’rifni 1990-yilda nashr etilgan asarda uchratamiz, o‘shanda olimlar nutq belgilari haqidagi fanni alohida fan sifatida ajratib ko‘rsatishmagan edi. Aynan o'shanda pragmatikaning fan sifatida hali aniq konturlari yo'qligi va uning doirasida o'rganilayotgan masalalarga so'zlashuvchi sub'ekt, adresat, ularning muloqotdagi o'zaro ta'siri va muloqot holati bilan bog'liq masalalar kiritilganligi qayd etildi.
Qizig'i shundaki, bu savollarning barchasi psixolingvistika doirasida bir xilda tadqiqot mavzusi edi. “Lingvistik entsiklopedik lugʻat”da taʼkidlanganidek, psixolingvistika “nutqni hosil qilish jarayonlarini, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirishni ularning til tizimi bilan bogʻliq holda oʻrganuvchi fan” deb taʼriflanadi.
5. Diskurs- yoki nutq (kechki lotincha discursus — mulohaza, bahs; asli — aylanib yurish, shov-shuv, manevr, aylanma) — polisemantik atama, umumiy maʼnoda nutq, jarayonlar maʼnosini bildiradi. lingvistik faoliyat va ularning kontseptsiya tizimlarini taklif qilish. Gonsalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi xususida shunday yozgan: “Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari, mazkur viloyatlarda yashovchilarning yoshi, mavqeyi, mol-mulki bilan bog‘liq ayrim shakllar ham mavjud bo‘ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq, shaharliklar, zodagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari, qariyalar, erkaklar, ayollar va hatto, bolalarning tillaridir”.
“Sotsiolingvistika” termini fanga birinchi marta 1952-yilda amerikalik sotsiolog G.Karri (Currie 1952) tomonidan kiritildi. Bu tilning ijtimoiy shartlanishi haqidagi fan ham 1950-yillarning boshlarida tug‘ilganligini anglatadimi? Yo'q. Ijtimoiy lingvistikaning ildizlari chuqurroqdir va ularni Amerika ilmiy zaminida emas, balki Yevropa va, xususan, rus tilida izlash kerak.
J.A.Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar” (“Readings in the Society of Language”) nomli to‘plamiga kirgan 50-yillarning lingvistlari, sotsiologlari, madaniyat antropologlari, dialektologlari va kommunikatsiya (muloqot) sohasi turli mutaxassislarining maqolalarida sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‘tarib chiqildi. Kitobning “So‘zboshi”sida J.A.Fishman “til sotsiologiyasi” va “sotsiolingvistika” terminlarining sinonim sifatida qo‘llanishiga e’tibor qaratadi.
Sotsiolingvistikaning shakllanishida I.A.Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, shuningdek, tilning qo‘llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar ta’siri borasidagi tadqiqotlari katta rol o‘ynagan. 1974-yilda “Russkiy yazыk zarubejom” jurnalida e’lon qilingan maqolada N.G.Mixaylovskaya I.A.Boduen de Kurteneni “rus va sovet tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi” tarzida atagan. I.A.Boduen de Kurtene: “Til faqat kishilar jamiyatida mavjud ekan, u holda, uning ruhiy tomonidan tashqari, ijtimoiy tomoniga ham har doim e’tibor qaratishimiz kerak. Nafaqat individual psixologiya, balki sotsiologiya ham tilshunoslikning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim”, - deb yozgan.
Rus tilshunoslari I.A.Boduen de Kurtene, Y.D.Polivanov, L.P.Yakubinskiy, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, A.M. Selishev, G.O.Vinokur, fransuz tilshunoslari F.Bruno, A.Meye, P.Lafarg, M.Koen, shved tilshunoslari Sh.Balli, A.Seshe; belgiyalik tilshunos J.Vandries, chex tilshunoslari B.Gavranek, A.Mateziuslarning ilmiy g‘oyalari sotsiolingvistikaning fan sifatida shakllanishiga turtki bo‘ldi.
Binobarin, A. Meyening til – jamiyat hayoti bilan bevosita aloqada bo‘lgan ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun uning rivojlanishida differensiatsiya va unifikatsiya jarayonlari mavjudligi;
Sh.Ballining tilning barcha vositalari muloqot doirasiga ko‘ra taqsimlanishi, bunday taqsimlanishda ijtimoiy o‘zaro bog‘liqlikning salmoqli o‘rin tutishi; rus va chex tilshunoslarining yagona milliy til egalarining ijtimoiy mavqeiga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy differensiatsiya;
Y.D.Polivanovning jamiyatning tilga ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmasligi, jamiyatdagi o‘zgarishlarning til evolyutsiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi haqidagi, shuningdek, hududiy dialektologiya bilan birga, ijtimoiy dialektologiyaning ham muhimligini asoslash;
B.A. Larin, V.M.Jirmunskiy, D.S.Lixachevlarning milliy til ichki tizimini tushunishda jargonlar, argolar va tilning boshqa kodlashmagan sohalarini o‘rganishning muhimligi to‘g‘risidagi g‘oyalari shular jumlasidandir .
A.Keypelning fikricha, “sotsiolingvistika” terminining o‘zi o‘zini aniqlab keladi.
U.Labov sotsiolingvistikani “tilni uning ijtimoiy kontekstida” o‘rganadigan fan sifatida belgilagan.
U.Braytga ko‘ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
A.N. Dittmar sotsiolingvistikaning predmetini shunday izohlagan: “Sotsiolingvistika predmetini tilshunoslik va ijtimoiy fanlarning metodlaridan foydalanib: Kim kim bilan qaysi tilda, qanday ijtimoiy muhitda va qanday maqsadda gaplashyapti, nutq aktining oqibati qanday bo‘ladi? degan qator savollarga javob beruvchi tarzida tushuntirish mumkin”.
D.Vunderlix sotsiolingvistikada alohida kommunikativ jarayonlarning ichida bevosita kuzatiladigan turli omillarning o‘zaro aloqasini tadqiq etilishi, ya’ni jamiyatning ijtimoiy differensiatsiyasining qandaydir asos sifatida o‘rganishilishini, uni nutqiy muomalaning rol, vaziyat va mavzu turlariga ajraladigan sotsiologik o‘lchovlari bilan bog‘lanishini istiqbolli yondashuvlardan biri, deb hisoblagan .
S.M.Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchi)larning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi:
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”, “yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq etiladi. Sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha “inson va jamiyat”dir.
Pragmalingvistikaning predmetini lisoniy hodisalarning aynan insonga xos xususiyatlari, antropologik mohiyat tashkil etadi.
- kommunikativ faoliyat tavsifining tayanch nuqtasi faoliyat tushunchasidir;
- lison muloqot ishtirokchilarining o‘zaro munosabatini harakatga keltiruvchi vositadir;
- lisoniy faoliyat voqelanishi bevosita muloqot muhiti bilan bog‘liq hodisadir .
Bularning barchasi pragmalingvistikaning alohida sohalari uchun tadqiqot predmeti bo‘la oladi.
Masalan, lisoniy muloqot tizimi nutq sub’ekti nuqtai nazaridan tadqiq qilinganda, e’tibor nutqiy akt turlarining mazmuni, diskurs tuzilishida muloqot maqsadining o‘rni, tagma’noning ifoda topishi, pressuppozitsiya va muloqot ishtirokchilarining mental qobiliyati kabi hodisalarga qaratiladi.
Tadqiqot nutq adresati nuqtai nazaridan bajarilayotganda esa, asosiy e’tibor nutqiy aktning pragmatik ta’sirini aniqlashga qaratiladi.
Yuqoridagi ikki holatda asosiy tadqiqot ob’ekti nutqiy akt, u orqali uzatilayotgan axborot va ushbu axborotning tushunib, ma’no jihatidan idrok etilishidir.
Pragmalingvistika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib, uning tadqiqot doirasiga muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo‘llash hamda ushbu qo‘llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalalarini o‘rganish kiradi.
Pragmalingvistikaning nutqiy akt nazariyasi, deyksis nazariyasi, diskurs nazariyasi, pragmasemantika, pragmastilistika kabi o‘z «ichki» sohalari mavjud.
Nutqni ham lisoniy, ham etik-etnografik xususiyatlarni
hisobga olgan holda tadqiq etish natijasida sotsiolingvistikaning yangi tarmog‘i - etnosotsiolingvistika shakllandi va bugungi kunda jadal rivojlanmoqda.
Shu tamoyil asosida lisoniy birliklardan ijtimoiy (sotsial) etnik omillarni hisobga olgan holda qay birini muayyan sharoitda qo‘llash ko‘proq samarali, ya’ni ta’sirchan ekanligini o‘rganuvchi etnosotsiolingvistikaning yangi bir tarmog‘i - etnosotsiopragmatika yoki pragmatik etnosotsiolingvistika shakllanmoqda va rivojlanmoqda.
Etnosotsiopragmatikaning vazifalari:
1. Muloqot jarayonining etnosotsiopragmatik tavsifi asoslari;
2. Etnosotsiopragmatik tushuncha va kategoriyalarni aniqlash va
ularni tavsiflash;
3. O‘zaro fikr almashinish jarayonini axlok-odob va etnik madame’yorlari bilan uyg‘unlashtirishning nazarii metodologik tamoyillarini ochish va tavsiflash;
4. Serqirra muloqot jarayoni tabiatini belgilovchi xilma-xil omillarning o‘zaro uyg‘unlashish shart-sharoitlarini aniqlash va tavsiflash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ma’ruzalar matni
2. Shaxriyor Safarov ”Pragmalingvistika” Toshkent-2008
Do'stlaringiz bilan baham: |