Мустақил таълим учун материаллар kirish reja Biologiya fanlari sistemasi. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 0,74 Mb.
bet24/46
Sana21.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#2128
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
10-§. MEYoZ
Jinsiy usulda ko’payadigan organizmlarda o’ziga xos bo’linish usuli meyoz kuzatiladi. Meyoz (yunoncha meyozis — kamayish degan ma’noni anglatadi) natijasida xromosomalarning diploid to’plamiga ega bo’lgan hujayralardan gapioid to’plamli jinsiy hujayralar hosil bo’ladi. Meyoz jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gemetogenez) jarayonida kechadi. Meyoz — ketma-ket keladigan ikki bo’linish, ya’ni birinchi va ikkinchi meyoz bo’linishlaridan iborat. Ularni farq qilish maqsadida birinchi bo’linish fazalari oldiga I, ikkinchi bo’linish lazalari oldiga 2 raqami yoziladi. Meyoz o’simliklarda gulda, hayvonlarda jinsiy bezlarda kuzatiladi.
Meyoz ham mitoz kabi interfazadan boshlanadi, bunda DNK ikki hissa ortishi natijasida xromatidalar ham ikki hissa ko’payadi. Birinchi meyoz bo’linish ikkinchisiga qaraganda ancha murakkab va uzoqroq davom etadi (25-rasm).
Birinchi meyoz bo’linish: I-profaza, I-metafaza:
I-anafaza, I-telofaza bosqichlaridan tashkil topadi.
Birinchi bo’linish fazalarining ichida eng murakkabi va uzoq davom etadigan profazadir (bir necha kunlab, oylab va yillab davom etishi mumkin).
I profazada ikkita xromatidadan tashkil topgan xromosomalar spirallasha boshlaydi, kaltalashadi. Har bir juftga mansub (gomolog) xromosomalar yaqinlashib, yopishib, yonma-yon joylashadi. Bu hodisani konyugatsiya deyiladi. Konyugatsiyalashgan xromosomalar bir-biri bilan o’z xromatidalarining o’xshash qismlarini almashadi. Bu hodisa esa krossingover yoki xromosomalar chalkashishi deb ataladi. Bu jarayonlar bilan bir vaqtning o’zida mitozdagi kabi yadro qobig’i parchalanib, yadrocha yo’qolib ketadi, so’ngra bo’linish duki hosil bo’ladi. I profazaning o’ziga xos xususiyati gomolog xromosomalar konyugatsiyalanishi va o’xshash qismlari bilan almashinishidir. I metafazada juftlashgan xromosomalar hujayraning ekvator tekisligi bo’ylab joylashadi (mitoz metafazasida esa ayrim xromosomalarning joylasMsMni eslang).
Savollar Mitoz Meyoz
O’xshashligi
1. Bo’linish fazalari
2. Interfazada DNKda qanday hodisa ro’y beradi?
3. Farqlari
Gomologik xromosomalarning konyugatsiyalanishi bo’ladimi?
4. Qiz xujayralar xromosomalarining soni yana hujayraga nisbatan o’zgaradimi?
5. Nechta qiz hujayralari hosil bo’ladi?
6. O’simlik va hayvonlarning qaysi a’zolarida sodir bo’ladi?
7. Ketma-ket nechta bo’linish kuzatiladi?
8. Biologik ahamiyati qanday?
Keyin I anafaza boshlanadi, gomolog xromosomalar butunligicha, xromatidalarga ajralmagan holda qutblarga tomon harakatlana boshlaydi. Mitoz anafazasida esa har bir xromosoma xromatidaga ajralib, xromatidalar qutblarga harakatlanadi.
1telefazada xromosomalar soni ikki marta kamaygan hujayralar hosil bo’ladi. Birinchi meyoz bilan ikkinchi meyoz orasidagi juda qisqa vaqtni interkinez deyiladi, interfaza bo’lmaydi, chunki bunda DNK molekulalarining yana ikki hissa ortishiga ehtiyoj yo’q.
Ikkinchi meyoz bo’linish birinchisiga qaraganda juda tez kechadi va 2-profaza, 2-metafaza, 2-anafaza va 2-telefazalardan iborat bo’ladi.
2-profazada xromosomalar spiraUashadi, yadro qobig’i parchalanadi, yadrocha yo’qolib ketib, bo’linish urchug’i hosil bo’ladi (yendi konyugatsiyalanish kuzatilmaydi).
2-metafazada xuddi mitozdagi kabi xromosomalar ekvator tekisligiga joylashadi.
2-anafazada xromatidlar bir-biridan ajralib, alohida xromosomalarga aylanadi va qutblarga tomon harakatlanadi (I anafazada gomolog xromosomalar bir-biridan ajralishini eslang).
2-telofaza oxirida xromosomalari gaploid to’plamda bo’lgan hujayralar hosil bo’ladi. Shunday qilib, meyoz natijasida bitta diploid to’plamli boshlang’ich hujayra ketma-ket ikki marta bo’linishi natijasida 4 gaploid to’plamli jinsiy hujayralar — gametalar hosil bo’ladi.
Meyozning biologik ahamiyati. 1. Meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o’zgarmaydi. Agar gametogenezda xrosomalar soni kamayganda, har bir yangi avlodda xromosomalarning soni tinmasdan ikki hissadan ortib boraverar, xromosomalar sonining doimiyligi buzilar edi.
2. Meyozda xromosomalarning juda ko’p xilma-xil kombinatsiyalan hosil
bo’ladi. Ota yoki ona xromosomalari meyozda har xil gametalarga tarqalishi natijasida xromosomalarning yangi to’plami hosil bo’ladi.
3. Хromosomalarning konyugatsiyalanishi, o’xshash qismlari bilan
almashinishi irsiy axborotning yangi to’plami hosil bo’lishi va irsiy o’zgaruvchanlikka sabab bo’ladi. Irsiy o’zgaruvchanlik organizmlar evolutsiyasining asosiy omillardan biridir.
Ba’zi holatlarda meyoz jarayonida xromosomalarning gametalarga taqsimlanishi buziladi. Natijada organizm rivojlanishi buzilishi, odamlarda har xil irsiy kasalliklarning kelib chiqishi mumkin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish