Musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu; Shashmaqomning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari Bajardi



Download 66,17 Kb.
bet9/11
Sana23.07.2022
Hajmi66,17 Kb.
#842219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dilshoda Kurs ishi Musiqa tarixidan

Buzruk mo'g'ulchasi
1. Buzruk mo'g'ulchasi
2. Buzruk mo'g'ulchasi talqinchasi
3. Buzruk mo'g'ulchasi qashqarchasi
4. Buzruk mo'g'ulchasi soqiynomasi
5. Buzruk mo'g'ulchasi ufari
Savti ushshoq
1. Savti ushshoq
2. Savti ushshoq chapandozi
3. Savti ushshoq qashqarchasi
4. Savti ushshoq soqiynomasi
5. Savti ushshoq ufari
Savt va Mo'g'ulcha turkumlaridan tashqarii ‘Shashmaqom’da ikkinchi guruh tarkibiga boshqa turkumlar ham kirgan: Buzruk maqomida 5 qismli Iroqi Buxoro va Rok, Navoda – Mustahzodi Navo; Dugoh maqomida uch qismli ‘Oromijon’ turkumi (Saraxbori Oromijon, Oromijon va Ufari Oromijon) va ikki qismli Qalandari va Samandari Dugoh.
Ashula bo'limi asarlari xat asosida shakllanadi. Har bir xat kuy tuzilma bo'lib, cholg'u muqaddimasi, asosiy musiqiy-she'riy kuydan va xangdan iborat. Ashula kuyining tarkibiy qism-bo'laklari daromad (boshlang'ich kuy tuzilmasi), miyonxat (o'rta kuy jumlasi), dunasr (boshlang'ich kuy jumlasi yuqori pardalarda takrorlanishi), avjvafurovard (daromadga qaytish) deb yuritiladi. Ayj qismlarida namudlar va yuqori pardali Zebopari va Avji turk nomli avjlar qo'llaniladi. Har bir maqom sho’basida 2—3 namud va avjlar hofizlar tomonidan an'ana sifatida aytilib kelingan.
Namud (ko'rinish) — muayyan kuy yoki ashulaning ma'lum parchasini turli ashula yo'llari tarkibida ayj sifatidagi ko'rinishidir1, masalan, Ushshoq namudi ‘Rost’ maqomi Ushshoq sho’basining asosiy kuy jumlasidan tashkil topgan. ‘Shashmaqom’ turkumidagi namud va avjlar kuy yo'li jihatidan barqaror bo'lsa, lad va usul jihatidan o'zgaruvchandir. Ashula bo'limida asosiy ishlatiladigan namudlar:
1. Uzzol namudi.
2. Ushshoq namudi.
3. Navo namudi.
4. Bayot namudi.
5. Oraz namudi.
6. Dugoh namudi.
7. Segoh namudi.
8. Muhayyari Chorgoh namudi.
Namudlar turli tartibda ulanishi mumkin, masalan, Uzzol namudi — Muhayyari Chorgoh namudi; Segoh namudi — Ushshoq namudi — Turk avji; Zebopari avji — Muhayyari Chorgoh namudi. Buzruk saraxbori ijrosida Uzzol namudi va Muhayyari Chorgoh namudlari ishlatiladi.
Maqomlarda agar parda makon bo'lsa, usul (vazn) zamon omili, vaqt oqimining tartiblashuvidir. Kuylar orasida o'tadigan vaqt (maqom ilmida iqo') odatda, usul tushunchasida mujassamlanadi. Parda hamda usullarga qarab maqom turkumlarining tarkibiy qismlari belgilanadi. Usul maqomlarda doyra yoki nog'ara cholg'ulari ijrosida jo'rnavozlik vazifasini bajaradi va shu tufayli kuy harakatining erkin oqimida, doyra usuli vazn qolipining saqlanib turishida muhim ahamiyatga ega. Usullar aslida kuy vaznidan kelib chiqadi. Maqomlar ijrosida cholg'u va ashula usullari mavjud. Har bir usul o'lchovi va zarbalar shaklidan iborat. “Shashmaqom” turkumida bir taktli usuldan (Saraxbor usuli) to 24 ta taktli usullar (Saqil usuli) qo'llanadi. Har bir asar o'z usuliga ega.
“Ustoz-shogird” an'anaviy maktabida ijrochilik ta'limoti odatda usullarni o'zlashtirishidan boshlangan. Har bir shogird awal ustoz yonida doyra chalib, usullarni o'rganganidan so'ng, maqomlarning lad tizimi, kuy yo'llari hamda so'z matnlarining nozik sifatlarini o'zlashtirgan.
Buxoro va Samarqand an'anaviy ijrochilik madaniyatida avjlar aytish uslubiga katta e'tibor qaratib kelingan va ijrochi-hofizning mahorati ham shunga qarab baholangan.
Shashmaqomning birinchi guruh sho'balariga saraxbor, talqin, nasr, ulaming taronalari va ufar qismlari kiradi' Har bir maqom twkumi saraxbor bilan boshlanadi' Saraxbor - (, - arab ' Og'zaki shakillanada , deb ifoda etiladi. Ular aruz vaznidagi muzore, mujtass, mutaqorib' ramal nomli bahrlarda bitilgan 11-14-15 bo'g'inli she'rlar bilan o'qiladi. Saraxborlar vazmin doira usulida ijro etilsada, turli maqomlarda o'ziga xos ohang va kuy mavzuiga ega' Ularning taronalari oltitagacha yet ib, 3 I 4, 4 I 4 variantlari bilan, 3 /8 3 I 4 y oki 314 318. 714, 314, 414, 1314 takt o'lchovidagi doira usullari jo'rligida ijro etiladi.
Talqin so'zi arabchada , shakliga ega/ Talqinnamunalar Uzzol, Ushshoq, Bayot, Chorgoh, Nasrva
Ufar yo;llari bilan hamohang va bu sho'balar bir-birining ritmik variantlaridir.Ularning taronalari esa saraxborlardagi kabi vazifati bajaradi.
Nasr arabcha so'z bo'iib, sochma asar' ko'mak' zafar kabi Ma’nolarni anglatadi. Bunday namunalar Shashmaqomda o'n to'rttadir
Buzrukda - NasrulloYi, Nasri Uzzol;
Rostda -Nasri Ushshoq, Nawo'zi Sabo;
Navoda - Nasri Bayot, Orazi Navo' Husayniy Navo;
Dugohda- Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh' Husayniy Dugoh;
Segohda - Nasri Segoh, Navro'zi Xoro' Navto'zi Ajam;
Iroqda - Muxalryari Iroq'
Ozaki an'anada shakliga ega.
Nasrlarda ham bir nechtadan taronalar mavjud (3-4 dan oshmaydi), ba'zi namunalarida esa umuman uchramaydi (masalan, Husayniy Navo va Husayniy Dugohda). Ufar - maqomlarning yakunlovchi qismi bo'1ib, sho'xroq Ozaki an'anada yoki "bum ba-ka-bak bum bak" deb ifoda etiladi. Ularning ijrosi uchun turli xi1 vazndagt, masalan, ramal, hazaj, razaj bahridagi she'rlardan foydalaniladi' Har bir maqomning sho'balari va ularning taronalari turkum tatzida ljto etilib, ufar bilan tamomlanib, oxirgi suporish bilan yakunlanadi' Bu suporishlar saraxborlarning ashula boshidagi jumlalaridir' Suporish topshiruv ma'nosida turkumni saraxborga uzaladi va bilan yakunlanadi.
Olti maqom tarkibidagi mavjud talqin sho'balari' Buzruk maqomitt (Talqini Uzzol sho'basi) Buzruk maqomi ashula bo'limining birinchi guruh sho'balari taronalari bilan yaxlit holda, turkum tarzda ijro etiladi' Bu sho'balarning asosiy yo'llari Saraxboru Buzruk, Talqini Uzzol, Nasrul1oyi, Nasri uzzol, yakunlovchi qismi esa Ufari Uzzol deb nomlanadi. Buzrukning ikkinchi sho'basi Talqini Uzzol"' Bu yerda "taqin" doira usulining nomi bo'lib, "uzzol" esa ma'lum kuy tuzilmasini ifodalaydi. IJzzol eski musiqa risolalarida ko'rsatilishicha "O'n ikki maqom"ga kirgan ma'lum sho'basining nomi edi. Shashmaqomda esashu nomli namunalar Buzruk maqomi tarkibiga kiritilgan' IJzzol atamast esa X asrdan boshlab ma'lum.
"Uzzol" arabcha so'z bo'lib, "tushish", "pastga sakrash" ma'nosini bildiradi. Bunday ma'noni Uzzol nomli sho'ba va uning boshlanish qisimlarining kuy harakatlaridan ham bilib olsa bo'ladi.
Shuni alohida takidlash kerakki, Buzrukdagi Uzzol nomi bilan bog'iiq sho'bha va qismlarda, yani Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol kuy mavzulari va ohanglari jihatidan deyarli farq etmaydi. Bular orasidagi asosiy farq – doira usulining turlicha bo'lishidadir. Uzzol kuyi turli doira usuliga tushurilganda ba'zi o'zgarishlarga uchraydi va bir-birining o'zgacha variant bo'lib, yangicha tus oladi va yangicha ta'sir kuchi kasb etadi. Talqini uzzoldan keying Nasri Uzzol sho'basida kuy mavznyiboshqacha tusga kiradi' Ufar usulida esa u quvnoq va sho'xchan ashulaga aylanadi.Uzzol sho'balari xalq orasida mashhur ashula yo'llari bo'lib, o'ziga xos ohangdor va jozibalidir. Ulaming mashhurligini shundan ham bilib olish mumkinki, Uzzol ohanglari asosida boshqa ashula yo'l1ari avj ida keng foydalanilgan Uzzol namudi yuzaga kelgan. Uzzol namudi Shashmaqomd a Buzruk, Rost maqomlari sho'balari avjida keng foydalanilgan. Talqini Uzzolning bitta taronasi bo'lib, u ham bo'lsa suporish, ya'ni keying sho'baga o'tishda ulovchi vazifasini bajaradi.
Rost maqomi ashula yo'l1ari kuy mavzulari jihatidan xilmahildir. Ular birinchi va ikkinchi guruh sho'balaridan tarkib topgan. Birinchi guruh Sarahbori Rost, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navro'zi Sabo sho'balari va Ufari Ushshoq qismidan iborat. Bu sho'balardan ko'rinadiki, Rost maqomi asosiy yo'1lari uch xil kuy mavzuidagi ashulalardan, ya'ni Rost, Ushshoq va Navro'zi Sabo ashula yo'llaridan iborat. Rost maqomining birinchi guruh sho'balari turkumining bosh mavzui bo'igan Saraxbori Rost bilan boshlanadi.Undan so'ng uning to'rtta taronasi o'qiladi. Rostning turkumi keying sho'ba bilan ulovchi vazifasini bajaruvchi suporish vositasi bilan Talqini Ushshoq sho'basiga ulanadi.
Talqini Ushshoqdan keyi,n uning taronasi aytiladi. Bu tarona aynan bir vaqtda suporish vazifasini o'taydi hamda Nasri Ushshoq sho'basiga ulanib ketadi. Nasri Ushshoqning birinchi va ikkinchi taronalari ijro etilib, suporish bilan Navro'zi Sabo sho'basiga o'tiladi. Uning ketidan Navro'zi Saboning talqinchasi aytilib, Rastning birinchi guruh sho'balari turkumi Ufari Ushshoq va oxirgi suporish bilan yakunlanadi. Rost maqomining ikkinchi sho'basi Talqini Ushshoq deb nomlanadi. Shuni aytish kerakki, Rost maqomida Ushshoq nomi bilan mashhur bir necha sho'ba va qismlar mavjud. Uning birinchi guruh sho'balarida yana Nasri Ushshoq va Ufari Ushshoq deyilgan ashula yo'1lari mavjud. Ularning hammasi birbiri bilan hamohang, kuy tuzulishi va tarkibiy qismlari ham bir xil. Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq va Ufari Ushshoq ma'lum ashula yo'lining talqin, nasr, va ufar doira usullarida ijro etiladigan variantlaridir. Lekin, ularga o'qiladigan she'r o'lchovlari turlicha bo'ladi. "Ushshoq" atamasi arabcha "oshiq" so'zining ko'pligi bo'lib, "oshiqlar" degan ma'noda ishlatiladi.Hech shubha yo'qki, Ushshoq cholg'u va ashula yo'llari, ularga aytiladigan she'rlar ham ishqiyJirik xarakterda bo'lgan. Ushshoq sho'balari va uning ufar qismi kuy tuzulishini tasawur etish uchun ulardan bittasini ko'rib chiqilsa kifoya.
“Navo maqomi"
Navo maqomi ashula bo'limining birinchi guruh sho'balari saraxbor, talqin, uchta nasr va bitta ufar qismlaridan tarkib topgan. Ular Saraxbori Navo, Talqini Bayot, Nasri Bayot, Orazi Navo, Husayniy Navo, deb ataladi. Saraxbori Navo taronalari ijro etilib, talqin usulida aytiladigan suporish orqali Talqini Bayot sho'basiga o'tiladi. Talqini Bayot, Nasri Bayot, va Ufari Bayotga hamohang hamda ular ma'lum Bayot ashula yo'lining talqin, nasr va ufur doira usullarida ijro etiladigan turli ko'rinishlaridir. Ularning tarkibida daromad, o'rta pardalarda aytiladigan miyonhat, bayot ohanglarining yuqori pardalaridagi takrori (dunasri) yoki Bayot namudi va tushirim qisimlari mavjud. Mazkur hamohang ashula yo'llaridan Talqini Bayot va Ufari Bayot "ramali musammani mahzu?' deyilgan vazndagi g'azallar bilan ijro etiladi. Talqini Bayotning asosiy yo'li ijro etilib, uning taronasiga o'tiladi. Bu sho'ba nasrlar doira usulidagi suporish vositasi bilan Nasri Bayot sho'basiga ulanib ketadi.Nasri bayot Talqini Bayotning ritmik variant bo'1sa-da, o'ziga xos yangraydi. Ashula yo'li nasr usulida yangicha ohang, boshqacha kuv ifoda vositasini kasb etadi.
“Dugoh maqomi"
Cholg'u bo'limidagi kuylar etilgandan so'ng Dugoh maqomi sho'balariga o'tiladi. Ashula bo'iimining birinchi guruh sho'balari taronalari biian yaxlit holda, turkum tatzida ijro etiladi. Bu sho'balarning asosiy yo'liari Sarahbori Dugoh, Talqini Chorgoh, Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniny Dugoh sho'balari va Ufari Chorgoh qismidir. Talqini Chorgoh cholg'u muqaddima bilan boshlanadi. Uning tarkibida daromad' miyaoxat, Muhalryari Chorgoh namudi va tushirim qisimlari mavjud. Umuman, Chorgoh sho'balari ulug'vor yangraydi' Kishida eng nozik lirik kayfiyatlar uyg'otadi, o'zining sehrli ohanglari bilan chuqur hayolot dengiziga cho'mdiradi' Chorgoh o'qilgandan so'ng uning taronasi ijro rtiladi' Bu tarona 614 takr' o'lchovidagi nasr doira usulida aytiiadi' Binobarin, Talqini Chorgoh taronasining keyingi, Nasri Chorgoh sho'basiga tekis ulanib ketishini ta'minlaydi.
"Segoh maqomi"
Segoh maqomi cholg'u qismlari ijro etilgandan so'ng uning ashula bo'limiga o'tiladi. Ashula bo'limi sho'balari ikki guruhdan iborat. Birinchi guruh sho'balari jumlasiga Saraxbori segoh, Talqini Segoh, Nasri Segoh, Navro'zi Xoro' Navro'zi Ajam hamda Ufari Segoh qismlari kiradi' Segoh maqomi sho'balari bir nechtadan taronalari bilan turkum tatzida ijro etiladi. Talqini Segoh, Nasri Segoh va Ufari Segoh turli doira usullarida ijro etiladigan ma'lum kuy ko'rinishlari bo'lib' bu ashla yo'liari Segohning asosiy lad-tonoligiga ko'ra kvarta darajasida baland pardalarda ijro etilsa-da' turkum tarzida ijro etilishi jarayonida hech sezilmaydi' Talqini Segoh cholg'u muqaddima bilan boshlanadi' Uning birinchi va ikkinchi xatlari bir-birining ma’lum ko’rinishi bo'lgan sarxat, uchinchi va to'trtinchi xatlar Bayot ohanglariga o'xshatib ishlangan, o'r1a pardalarda ijro etiladigan miyonxat' beshinchi xati Navona mudi, oltinchi va yettinch ixati oraz namudi, sakkizinchi xati miyorxatning takrori hamda oxirgi xati furovardlardan iborat. Bu ashula yo'li o’ziga xos betakrora shula asaridir, ko'proq Husayniy Navo ohanglarini. eslatadi' Talqini Segoh ham "ramaii musammani mahztf, vaznidagi shr'rlar bilan aytiladi. Talqini Segohning taronasi nasr doira usulida iiro etilib, keying Nasri Segoh sho'basiga ulovchi vazifasini bajaruvchi suporish hamdir.


Download 66,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish