Kirish.
1.Namudlarning turli ko`rinishlari.
2.Sharq nota yozuvi.
3.Shashmaqom Saraxbor sho’balari.
4.Musiqiy nota.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish
Tarixdan ma’lumki, yer yuzida yashovchi barcha xalqlarning o’z madaniyati va san’ati, shuningdek, musiqiy madaniyati mavjud bulib, ularning ma’naviy boyligi xisoblangan. Ayniqsa, Sharq xalqlarining musiqiy madaniyati xar bir xalq milliy musiqasining asosini tashkil etgan, nazariy va amaliy ijrochilik maktabiga ega bo’lgan. Sharq xalqlarining musiqiy boyligi bulgan maqom, mug’om, navba, raga, kyui singari musiqiy ijrochilikning aniq turkumlari turli davrlarda turli ko’rinish va yo’nalishlar bilan ijro etilib kelingan va rivojlangan. Maqom turkumlari, “Shashmaqom” ham o’zbek va tojik xalqlarining ulkan musiqiy boyligi hisoblanib, xalq bastakorlari ijodi natijasida shakllangan va boyib borgan. Hozirga kelib, bu turkum ijrolarining aniq shakliga, xarakteriga va an’anaviy ijro uslublariga to’liq egamiz deb ayta olamiz. Albatta, buning boisi, o’tgan maqomdon va bastakor ustozlarning bu borada qilgan ulkan ijodiy mehnatlarining natijasidir. Maqom ijrolari musiqiy madaniyatimizning asosini tashkil etganligi sababli bu mavzuga ko’proq to’xtalish maqsadga muvofiqdir.
"Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan ardoqlangan mumtoz musiqa obidalari badiiy-ma’naviy madaniyatimizning ajralmas mulkiga aylangan. Shu jumladan, o’zbek musiqa merosining ko’hna va hamisha navqiron maqom san’ati ham asrlar davomida har xil ko’rinishlarda namoyon bo’ldi, taraqqiy etdi”.
"Maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo’lagi musiqa janridir. Ular bu xalqlarning o’ziga xos musiqa boyliklarlari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan".
Maqom atamasi arabcha so’z bo’lib, "o’rin", "turar joy" ma’nolarini anglatadi. "Musiqa istilohida maqom - musiqa cholg’ularida kuy va ashulalarni tashkil qiladigan tovushlarni joylashadigan o’rni, ya’ni parda ma’nosida keladi". XV asr musiqa nazariyotchisi Zaynulobiddin Xusayniyning "qonun"ida maqomga quyidagicha ta’rif berilgan: "Sozning dastasiga bog’lanadigan xalqasimon to’siqlar (so’zma-so’z "xalqalar")ni "Maqom" eydilar". Maqomlar yuksak badiiy xamda estetik kuchga ega bo’lgan asarlardir.
Namud (fors. — koʻrinish, namoyon boʻlish) — maqom ashula yoʻllarida muayyan shoʻbaning boshqa shoʻbalarda ishlatiladigan kuy tuzilmasi. Har bir namud shoʻbaning bosh kuy jumlalaridan olinib, shu va boshqa maqom qismlarida avj sifatida foydalanishi mumkin. Namudlar foydalaniladigan shoʻba tarkibidagi kuy va doira usuliga moslab olinadi hamda maqomlarning muhim shakllantiruvchi vositasi sanaladi. Shashmaqomda Namudlar soni oʻndan ortiq boʻlib, Saraxbor, Talqin va Nasr shoʻbalari asosida yuzaga kelgan. Ular Uz zol, Ushshoq, Muxayyari Chorgoh, Bayot, Navo, Oraz, Dugoh, Segoh, Nasrulloyi va boshqa naamudlaridir. Bulardan Uz zol namudi — Buzruk va Rost maqomlari, Ushshoq namudi — Buzruk, Rost makrmlari, Muxayyari Chorgoh Namud — Buzruk, Rost, Segoh va Iroq maqomlari, Navo Namudi va Oraz namudi — Navo va Segoh maqomlari, Segoh namudi — Rost va Segoh maqomlari, Nasrulloyi namudi — Buzruk va Segoh maqomlarining shoʻʼbalarida avj oʻrnida ishlatiladi. Namudlardan bastakorlarning yirik shakldagi kuy va ashulalarida qam keng foydalanilgan. Asarlarda oʻrniga qarab muayyan namudning kuy-ohanglari, vazni va hajmi boʻyicha turlicha koʻrinishlari ishlatilishi mumkin. Maqom, shuningdek, mumtoz ashula va cholgu yoʻllarida oʻxshash uslubda foydalanadigan boshka maxsus kuy tuzil malaridan Zebo pari va Turk avjlari namudlar qatorida oʻrin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |