Musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu; Shashmaqomning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari Bajardi



Download 66,17 Kb.
bet8/11
Sana23.07.2022
Hajmi66,17 Kb.
#842219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dilshoda Kurs ishi Musiqa tarixidan

2.2.’Shashmaqom’ning ashula bo'limi
Cholg'u bo'limidan keyin ‘Nasr’ deb ataladigan ashula bo'limi rang-barang, katta va kichik, sodda va murakkab ashula asarlar turkumidan tashkil topgan. Har bir maqom mazmuni, hajmi, shakli jihatlaridan turlicha bo'lgan ashula namunalaridan iborat. Ular sho’ba (bo'lim, asar), tarona, shoxobcha kabi iboralar bilan yuritiladi. Ashula bo'limi ikki turkum - ikki guruh sho’balardan iborat. Birinchi guruhni tashkil etgan Sarahbor, Talqin, Nasr va Ufarlar ‘Shashmaqom’ ashula bo'limining asosiy ashula yo'llaridan hisoblanadi. Ikkinchi guruh sho’basiga — Savt, Mo'g'ulchalar va turli maqomlarning o'ziga xos bo'lgan ba'zi ashula yo'llari kiradi. Har bir guruh tuzilishi, shakli va ijro uslublari bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Ularning birlamchi vositasi so'z va kuy mutanosibligidir. Shu jihatdan Nasr bo'limida Sharq mumtoz shoirlarining she'rlari so'z matni sifatida qo'llanadi. Ular o'zbek va tojik tillari va shevasida talqin etiladi. Maqom ashula yo'llarida aytilgan she'rlar — Sakkokiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Zebuniso, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy, Munis, Avaz O'tar, Muqimiy, Furqat, Yusuf Saryomiy, Xurshid, Habibiy kabi shoirlarning lirik-ishqiy, falsafiy va didaktik mazmundagi g'azallari va xalq she'riyatidan tashkil topgan. Ma'lum maqom yo'liga turlicha mazmundagi she'rlar tushirib aytilgan. Maqomlarning birinchi guruh sho’balariga Saraxbor, Talqin, Nasr, ularning taronalari hamda yakunlovchi Ufar qismlari kiradi. Bulardan tashqari, har bir maqomda unga mansub bo'lgan turkum tarkibiga kirgan ashula yo'llari ham o'rin olgan. Jumladan, ‘Buzruk’ maqomida Nasrulloyi, ‘Rost’da — Navro'zi sabo, ‘Navo’ va ‘Dugoh’larda — Husayniy va Oraz, ‘Segoh’da — Navro'zi ajam va Navro'zi Xoro.
Saraxbor (sar — bosh, axbor — xabar) — ashula bo'limining yetakchi sho’basi, unda maqomning asosiy musiqiy mavzusi va lad tuzilmasi bayon etilgan. Saraxbor boshqa sho’balarga qaraganda eng yirik, murakkab va ijrosi mukammal ashula yo'li bo'lib hisoblanadi. ‘Shashmaqom’ turkumida oltita Saraxbor mayjud — Buzruk saraxbori, Rost saraxbori, Navo saraxbori, Dugoh saraxbori, Segoh saraxbori va Iroq saraxbori. Saraxborlar kuy rivoji, uning diapazoni kengligi (2-2,5 oktava), yuqori pardalarda ayjlarning mayjudligi, xanglarning (ma'lum bo'g'inni xonish qilish) ijro yetilishi, bezaklarning qo'llanishi jihatidan ham maqom ashula yo'llarining asoschisi hisoblanadi. Bu ta'sirli, jozibali, beqiyos ashulalarning salmog'i, qolgan boshqa ashula qismlari (talqin, nasr, ufar)da ham davom etadi.
Talqin (nasihat) — ikkinchi asosiy sho’ba bo'lib, nasihatomuz g'azallar bilan aytilgan. ‘Shashmaqom’ning ‘Iroq’ maqomidan tashqari hamma maqomlarda mayjud. Talqinlar salmoqli, ulug'vor va murakkab usuldagi ashula yo'llaridir. Ular o'zining kuy harakati, qiyofasi va yo'nalishidagi xarakteri jihatidan Nasr (zafar, yordam) va Ufarlar bilan hamohangdir. Maqomlardagi Talqin, Nasr va Ufar sho’balari shoxobchalar nomi bilan ataladi (Segoh va Troqdan tashqari). Uzzol talqini Uzzol nasri — Uzzol ufari (Buzruk maqomida); Ushshoq talqini — Ushshoq nasri — Ushshoq ufari (Rost maqomida); Bayot talqini — Bayot nasri — Bayot ufari (Navo maqomida); Chorgoh talqini — Chorgoh nasri — Chorgoh ufari (Dugoh maqomida); Segoh talqini — Segoh nasri — Segoh ufari (Segoh maqomida). Talqinning doyra usuli 3/8 3/4 yoki 3/4 3/8 o'lchovda ikki taktli shaklda.
Ayrim maqomlar tarkibida Nasr yo'llari ko'p sonni tashkil etuvchi sho’balardir. Ular bar bir maqomda o'z nomi bilan yuritiladi — Nasrulloyi (Buzruk maqomida), Navro'zi Sabo (Rost maqomida) Orazi Navo va Husayniy Navo (Navo maqomida), Orazi Dugoh va Husayniy Dugoh (Dugoh maqomida), Navro'zi xoro, Navro'zi ajam (Segoh maqomida) va Iroq maqomida Muhayyari Iroq. Birinchi guruh sho’balar o'zlaridan keyin ijro etiladigan Tarona (qo'shiq, kuy, ashula)larga ega. Ular ma'lum maqom yoki sho’balarning lad asosi va ohang-kuylari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, sho’balar oralarida joylashgan (Saraxbordan keyin 2-7 tarona, Talqin va Nasrlardan keyin 1-3 taronalar aytiladi).
Taronalar xalq qo'shiqlariga yaqin, ular sho’balarni bir-biri bilan bog'lovchi vazifasini o'taydi (suporishga o'xshash) va guruh bo'lib ijro etilishi yetakchi hofizga dam olish uchun imkon tug'diradi. Ikkinchi guruh sho’balari birinchi guruhdan tashkil topgan bo'lib, Savt va Mo'g'ulcha turkumlaridan iborat. Har biri qatorshoxobchalardan- talqincha, qashqarcha, soqiynoma va ufar (ayrim sho’balarda chapandoz qismi ham uchraydi) lardan tashkil etilgan. Mo'g'ulcha Saraxborlardan tashkil topgan va shu tufayli maqomlar nomi bilan yuritiladi: Buzruk mo'g'ulchasi, Navo mo'g'ulchasi, Dugoh mo'g'ulchasi, Segoh mo'g'ulchasi. Savtlar ham ,5 qismli turkum boHib (Savt va Mo'g'ulcha turkumlarida birinchi qism turkum nomi bilan ataladi), Talqin va Nasr sho’balari bilan chambarchas bog'liqdir. ‘Shashmaqom’da ular oltita va har biri o'z nomi bilan ataladi: Savti Sarvinoz (‘Buzruk’ maqomida), Savti Ushshoq, Savti Sabo va Savti Kalon (‘Rost’ maqomida), Savti Navo (‘Navo’da), Savti Chorgoh (‘Dugoh’da).
Tarkiblari quyidagicha:

Download 66,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish