Musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu; Shashmaqomning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari Bajardi


I-BOB. Shashmaqomning yaratilishi



Download 66,17 Kb.
bet4/11
Sana23.07.2022
Hajmi66,17 Kb.
#842219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dilshoda Kurs ishi Musiqa tarixidan

I-BOB. Shashmaqomning yaratilishi


    1. Shashmaqom ta’rifi

O`zbеk mumtоz musiqasining mustahkam, buzilmas pоydеvоri bo`lmish оlti maqоm – «Shashmaqоm»dir. «Shashmaqоm» XVIII asrgacha hali tugal shakllanmagan bo`lsa ham, uning shakllanish jarayoni ancha ilgari bоshlanganligi tabiiydir. O`n ikki maqоm – «Duvоzdahmaqоm» turkumi mukammalrоq bo`lib, оlti maqоm turkumi – «Shashmaqоm»ning yuzaga kеlishida hal etuvchi ahamiyat kasb etgan. O`n ikki maqоm Markaziy Оsiyo хalqlari madaniyatida tahminan XI-XVII asrlarda yashagan bo`lsa, «Shashmaqоm» XVIII asrda va, ayniqsa, ХХ asrda butun O`zbеkistоn va qardоsh Tоjikistоn bo`ylab tarqaldi va har tоmоnlama rivоj tоpib, o`zining mukammal оlti maqоm - «Shashmaqоm» shaklu-shamоyiliga ega bo`ldi.
«Shashmaqоm» оlti maqоmdan ibоrat turkum. Unga Buzruk (katta, ulug`), Rоst (to`g`ri, haqqоniy), Navо (оhang, kuy), Dugоh (ikkinchi yoki ikki parda), Sеgоh
(uch yoki uchinchi parda), Irоq (mamlakat nоmi) maqоmlari kiradi. Har bir maqоm o`z navbatida juda katta hajmdagi turkum asarlar bo`lib, ularning har biri tarkibida tahminan 20tadan 44tagacha katta va kichik maqоm yo`llari bоr. 1
Har bir maqоm ikki yirik bo`limdan ibоrat. Birinchisi – chоlg`u bo`limi – «Mushkilоt» (qiyinchiliklar) dеb ataladi. Ikkinchisi – ashula bo`limi – «Nasr» (zafar, g`alaba, yordam) dеb ataladi. Maqоmlarning nеgizida asоsan parda tuzilishi (lad, tuzuk), vazn hamda shakl qоnuniyatlari birligi yotadi. Ularda avvalо muayyan ruhiy hоlat, u bilan bоg`liq g`оya, mavzu va mazmun mumtоz darajada ifоda etilgan. Har bir maqоmning mеzоnlari pardalar uyushmasi, оhang-kuy va vazn-usul tartibi bilan bеlgilangan. Maqоmlarning ijrо etilishida tanbur va dоyra yеtakchi chоlg`ulardan hisоblangan. Shu tufayli har bir maqоm to`rt tоrli tanbur chоlg`usiga sоzlanadi: Buzruk, Dugоh, Sеgоh va Irоq kvartaga (sоl-rе-sоl-sоl), Rоst – kvintaga (sоl-dо-sоl-sоl), Irоq - sеkundaga (sоl-fa-sоl-sоl). Bu maqоmning lad shaklini tashkil etishda yordam bеradi. Har bir maqоm o`z mavzui, оhang-kuyi, shakli va ijrо uslubi-usuliga ega. Ularning birlamchi mеzоni lad tuzilmasidir. Isоq Rajabоvning ta‘riflashicha: «Shashmaqоm оlti turli pardalarga mоslab оlingan va оlti хil ladga asоslangan kuy va ashulalar yig`indisidan ibоrat. Shashmaqоmga kirgan maqоm yo`llari, tanburning parda tuzilishiga mоslashtirib оlingan»1.
«Shashmaqоm» turkumining maqоmlari to`la va yaхlit ijrо etiladigan bo`lsa, avval ularning chоlg`u yo`llari birin-kеtin ijrо etilib, kеyin ashula bo`limi sho`‘balariga o`tiladi. Har bir maqоmning chоlg`u va ashula yo`llari faqatgina o`sha maqоmlar lad asоsi va badiiy-estеtik ta‘siri bilan хaraktеrlidir.
"Shashmaqom" iborasi klassik musiqamizning yangi ko`rinishining nomi sifatida bevosita soxaga oid manbalarda XIX asr o`rtalaridan uchraydi. Bu o`rinda ham atamaning paydo bo`lishi jarayonning boshlanish nuqtasi emas, aksincha, uzoq davom etgan ijodiy izlanishlarning natijasi sifatida ko`rilmog`i zarur. Shunga e’tiboran Shashmaqom Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, betakror me’moriy yodgorliklar yoki hech bir narsaga qiyoslab bo`lmaydigan zardo`zlik san’atlari kabi Buxoro madaniyatishshg eng noyob durdonalari qatoridan o`rin oladi. Shashmaqomninh usul va kuylari Buxoro naqshlariga o`xshab, o`zining fusunkorligi va yorqin bo`yoqlari, go`zal shakllari bilan ajralib turadi. Kuy va usullarning har biriga berilgan nozik sayqallar hamda ularning juda puxta, mukammal ishlangan yaxlit tizimi Buxoro Shashmaqomi uslubining tub xususiyatlari sifatida namoyon bo`ladi.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Shashmaqom haqidagi ma’lumotlarni Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat va boshqa mualliflarning asarlaridan topish mumkin. Mazkur davr tarixida Ahmad Donish taniqli shaxs. Eng avvalo, u Buxoro madaniy-ma’ryfiy muhitida voyaga yetgan va musiqa san’atiga yaqindan aloqador bo`lgan ziyoli. Dutor, tanbur chalib zavq olish uning odatlaridan bo`lgan. O`zining "Navodirul vaqoye" ("Nodir voqeyalar") kitobidagi falsafiy mushohadalaridan birida surat (tashqi ko`ri-nish) va siyrat (ichki mazmun) masalalariga to`xtalib, musiqiydan qiziq o`xshatish keltiradi: "Sozanda o`rtada o`ltirib cholg`usiga tortilgan torga yoki simga noxun uradi. Natijada kishilarning qulog`iga darang-darang, g`ing-g`ing ovozlari eshitilib turadi. haqiqatda esa bu ovozlarni ta’sir etib aytmaydilar. Haqiqiy ta’sirlanish yuzaga kelganda cholg`uchi hamda uning butun harakatlari eshituvchining ko`nglidan ko`tariladi. Tom tuynugidan tushgan quyosh nurining nayzasi kabi nafis noxun noziktorga yetib to`xtaydi. Uzoq-uzoqlardan kelgan mungli nola quloqqa uriladi. Kishi gohida xayolan cholg`u chaladi. Ammo sozandaning o`zi ko`rinmaydi; uning ustida boshqa bir cholg`uchi paydo bo`ladiki, u esa Zuhro yulduzining ruhi hisoblanadi. Mana shunday ta’sirlar ko`pincha tiniq, nafis ko`ngillardagina paydo bo`ladi. Lekin uni so`z qilib, qalamga keltirib yozib bo`lmaydi.." Sadriddin Ayniyning vafotidan keyin chop etilgan maqolasida Shashmaqomning paydo bo`lishi haqida quyidagilar ma’lum etiladi: "XIX asrda tojik klassik musiqasining nazariyasi va amaliyotida Ahmad Maxdumi Donish (1827-1897), Iso Maxdum (1827-1888), Abdulqodir Xo`jai Savdo (1823-1873) va boshqalar katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritib, shuhrat qozondilar. Savdo "Shashmaqom"ning barcha shu’balarini o`zgacha qilib, ashula va cholg`u kuylarini yaratdi.
Shashmaqom masalasiga keladigan bo`lsak, uning tarqalishida ikki asosiy an’ana qaror topganligi kuzatiladi. Birinchisi - eng nufuzli maqom muxlislari diqqatiga havola etiladigan hashamatli saroy uslubi (rikobiy). Ikkinchisi - maqom yo`llarining saroydan tashqarida kengroq doirada, to`y-hashamlar, bazmu ziyofatlar, gapu gashtaklarda joriy etiladigan ma’muliy, amaldagi ko`rinishi. Bunday ijrochilar - ma’muliy (xalqchil) yo`nalish "savtxon" (ashulachi) deb yuritilgan. Xorazmda xos va ma’muliy toifadagi ijrochilar "saroy sozandalari" va "el sozandalari" nomlari bilan atalgan.2
"Saroy uslubi" - "yopiq tizim", u, eng avvalo, har bir maqomning, tarkibiy shu’ba va qismlarini odobga muvofiq, muhimlashgan yaxlit turkum sifatida ijro etilishini nazarda tutadi. Qolaversa, kuy va ashulalarni parda hamda usul qonun-qoidalariga to`la rioya etgan holda, barcha unsur va amallarini joy - joyiga qo`yib, mukammal badiiy asar tarzida talqin qilishni taqozo etadi. Xullas, xos uslubda nuqson yoki kamchilikka o`rin bo`lmasligi kerak. Bu ishni yuqori saviyada uddalash uchun esa hofiz yoki cholg`uchi tabiiy imkoniyatlardan tashqari, tajriba, ko`nikma, maqorat qamda usta ko`rgan va maktab o`tagan bo`lishi zarur.
Muqobil ma’muliy uslub - "ochiq tizim" - maqom qismlarini alohida kuy va ashulalar sifatida hamda oddiyroq tarzda ijro etashga imkon beradi. Bunda ovozi yetmagan savtxonlar (ashulachilar - bu o`rinda "ashula" xalq shevasidan kelib chiquvchi ibora ekanligiga e’tibor berish lozim) maqom yo`llarining yuqori avjlarini biroz ixchamlashtirib, yengilroq variantlarda aytishi ham mumkin. Ayrim sharoitlarda savtxonlar maqom parchalarini yakka doyra jo`rligida ham ijro etganlar. Saroy uslubida esa bunga yo`l qo`yilmagan.
Zikr etilgan tarixiy an’analar to`g`risida gap borganda shuni ta’kidlash lozimki, ular orasida chegaralangan devor bo`lgan emas. Aksincha, yagona Shashmaqom tizimining xos va ma’muliy ko`rinishlari parallel oqimlar sifatida doimo bir-birini to`ldirib, boyitib kelgan. El orasidan chiqqan ovoz va iste’dod sohiblari saroyga jalb qilingach, xos muhitda tarbiya topib, san’atlarini yuksak cho`qqilarga ko`targanlar. O`z navbatida el sozandalari mohir ustozlar ijodida sayqal topgan mumtoz maqom yo`llari asosida ommabop kuy va qo`shiqlar ishlab, xalqni undan bahramand etganlar.
Maqom taraqqiyotida yetakchi omil bo`lib xizmat qilgan saroy an’analarining rivoji ko`p jihatdan bevosita hukmdorlarning soz san’atiga qiziqishi va e’tiboriga bog`liq bo`lgan. Bu o`rinda Buxoro taxtiga o`tirgan so`nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Amir Olimxonlarning sozparvarligini aytab o`tish kerak. Ular homiyligida o`ktam ijodkorlarning saroyga to`planishi Buxoro Shashmaqomining benazir badiiy namuna sifatida sayqal topishiga olib keldi.
Shashmaqom tarixi haqida qalam tebratgan ustozlar S.Ayniy va A.Fitrat ham bu san’atning saroy an’analariga xos tomonlarini chetlab o`tadilar. Buning sabablarini ham tushunish qiyin emas. Chunki sinfiy manfaatlar nuqtai nazaridan sho`ro mafkurasi hukmronlik qilgan davrda yozilgan kitob va maqolalarda xon saroyi va hukmdorlarga ijobiy munosabat bildirishning hech iloji yo`q edi.
A.Fitratning 30 - yilda nashr etilgan "Amir Olim hukmronligi" kitobida Amirning shaxsiy hayotidan hikoya qiluvchi maxsus bob mavjud. Unda Olimxonning musiqiy qiziqishlari bema’ni maishatbozlik etib ko`rsatiladi .
Vaholanki, Olimxon atrofida bo`lgan hofiz va sozandalarning avlodlari hikoya etishicha, Amir she’riyat va, ayniqsa, musiqani chuqur idroklaydigan shaxs bo`lgan. Shashmaqom mulkini e’zozlab, unda mavqeyga erishgan hofiz va cholg`uchilarga doim izzat va ikromlar bildirgan. Maqom an’analarini muqaddas bilib, nufuzli saroy hofizlari har qanday joyda ijro etib, mo`tabar san’atning poymol qilinishiga yo`l qo`ymagan. Shunga binoan saroy san’atkorlarining faoliyati qat’iy nazorat ostida bo`lgan. Olimxonning o`zi har seshanba maxsus sharoitda, juda tor muxlislar doirasida sevimli hofiz Levicha ijrosida Shashmaqom eshitib, zavqlanish odati bo`lgan. Tartibga ko`ra Levicha hofiz doka parda ortida tizza cho`kib ijro etar ekan.
Olimxonning 1885-1910 yillar mobaynida taxtda o`tirgan otasi Abdulahadxon o`z davrining nufuzli shoiri va soz san’atining ixlosmandi bo`lib tanilgan. Uning boshqaruvi davrida Buxoro amirligining iqgisodiy va madaniy rivojlanishida sezilarli yutuklar qo`lga kiritilgan. Abdulahadxonning "Ojiz" taxallusi bilan bitilgan devoni ham saklanib kelinmokda. "Armug`oni sabboq" tazkirasida uning madaniy-ma’rifiy faoliyatiga yuqori baho beriladi: "Amir Said Abdulahadxon o`qimishli, ma’rifatli, adabiyot va she’riyatni chuqur idroklaydigan hukmron edi. Uning zamonida ko`p olimu fozillar, shoirlar saroyga jalb qilindi. Umuman, uning hukmronlik davri manqitlar sulolasining yuksalish payti bo`ldi".
O`z navbatida, Abdulahadxonning otasi Muzaffarxon (podsholik davri 1865-1885 yy.) ham o`z saroyida musiqa bazmlarini tashkil qilishga katta e’tibor bergan. Shashmaqomning eng buyuk ustozi deb e’tirof etilgan Ota Jalol saroy sozandasi sifatida faoliyatini aynan Muzaffarxon davrida boshlagan. Aytishlaricha, Muzaffarxon malakali hofiz va cholg`uchilar tayyorlash uchun maxsus Shashmaqom maktabi tashkil etgan.
XIX asrda zikr etilganlardan oldin o`tgan hukmdorlar -Nasrulloxon, Amir Haydar, Amir Shohmurodlarning musiqaga munosabatlari haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Faqat xalq orasida yurgan rivoyatlardan biriga ko`ra, o`zining qatiyati va qatgiq qo`lligi bilan tanilgan Amir Nasrullo "elda shodlik oshib, dinu diyonatga e’tibor pasaymasin" deya bazmlarni ancha chegaralab qo`ygan ekan. Shunda Buxoro shinavandalari jazoga maxkum bo`lmasligi uchun mehmonxonalarning eshik va derazalariga namat yoki ko`rpa tutib, hofiz hamda cholg`uchilarning ovozini tashqariga chiqarmaslikka harakat qilar ekanlar. Bu amirlarning musiqiyga munosabati, umuman olganda ijobiy bo`lmasa ham, ular atrofida nomi chiqqan Abdurahmonbegi, Junaydiy va boshqa sozanda, shoirlar bo`lganligi manbalarda tilga olinadi.
Buxoro Shashmaqomining maqomotning mustaqil tarmog`i sifatida belgilaydigan musiqy xususiyatlari va asosiy janr doirasi haqida. Shashmaqom - olti maqom turkumi. har bir turkum bosh maqomning nomi bilan yuritiladi: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq. Ular "Olti Saraxbor" deb ham aytiladi. Shashmaqom va "Shash saraxbor" atamalari teng ma’nolardagi sinonim so`zlar o`rnida keladi. Muayyan turkumning negizini tashkil etuvchi maqomlar zamonaviy musiqashunoslik istilohida "birinchi guruh shubalari" deb atala boshlandi. Ular Shashmaqom tizimining birlamchi o`zagini - tom ma’nodagi Shashmaqomni tashkil qiladi va eski maqom majmuasining o`n sakkiztasini o`z ichiga oladi: Rost, Ushshoq, Navro`zi Sabo, Panjgoh, Buzruk, Uzzol, Nasrulloyi, Bayot, Oraz, Husayniy, Dugoh, Chorgoh, Segoh, Ajam, Navro`zi Xoro, Iroq, Muxayyar.
Bulardan tashqari, Savt, Mo`g`ulcha yoki boshqa nomlar bilan ataluvchi alohida qatlam - "ikkinchi guruh shu’balari" mavjud. Savt va undan kelib chiqadigan savtxonlik tushunchasi asosan shu qatlamga mansub qismlarga qarata ishlatilgan. Fitrat ta’biri bilan aytganda, savtlar Shashmaqomning asosini tashkil etuvchi o`zak shu’balarga ergashuvchi "nazira" (o`xshatish) shaklida yuzaga kelgan.
Naziralar munosabati bilan yana eng chekka, uchinchi janr qatlami haqida gapirish mumkin. Ular Shashmaqom asoslaridan chiqib, bevosita xalq ijodiga ulanib ketuvchi kuy va qo`shiqlarni nazarda tutadi. S. Ayniy "Esdaliklar"da Shashmaqom kuylari xunarmand va dehqonlar tomonidan ijro etilardi deganda, extimol klassik musiqaning xalq ijodiga aylanib ketgan ana shu namunalarini nazarda tutgan bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, keng ma’noda Shashmaqomning bir tomoni alohida xos musiqiy an’analarga borib taqalsa, ikkinchi tarafi eng oddiy xalq ijodiga ulanib ketadi. Qanday bo`lmasin, uning tub negizini qat’iy qonun-qoidalar va ijod mezonlari bilan belgilangan klassik kuylar majmuasi tashkil etadi. Bu qoida va nizomlar esa, eng avvalo, Shashmaqomning sheva hamda mahalliy xususiyatlardan ustun turuvchi universal jihatlarida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham, nazarimizda, uning ijodiy qiyofasini biron-bir alohida qavmning musiqiy xususiyatlari bilan belgilash qiyin va Buxoro axlining umumiy merosi sifatida ko`rish o`rinlidir. Shashmaqom ana shunday polietnik muxitda rivojlanib kelgan va uning shakllanishida o`zbek, tojik xalklari, eroniy, yahudiy va boshqa qavmlarning ijodiy xissasi mavjud. Shashmaqom negizidagi ikkitilli o`zbek-tojik she’riyatining qaror topishi ham aynan shu ijodiy muhitning mahsulidir.

Shashmaqom (fors. — olti va maqom) — o‘zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o‘rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan o‘zaro uzviy bog‘langan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan sharsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo‘nalishlarida orttirilgan ko‘p asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an’analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi san’atining qomusiy mahsulidir.


O‘rta asr Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni o‘n ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan so‘ng O‘n ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida shashmaqom uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. O‘zbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Farg‘onaToshkent maqom yo‘llari, shuningdek, yovvoyi (erkin ko‘rinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yo‘llari va boshqalar shashmaqom ta’sirida rivojlandi. O‘tgan zamon bastakorligida keng qo‘llanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.
SHashmaqom--- Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining qoʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Sh. qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi.
Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki Shashmaqom shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga shoʻʼba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin.
Shashmaqom sharhini tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu kismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). shahrining cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi. Bunda muntazam ravishda oʻzgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qoʻllanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nagʻmai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholgʻu qismlari bir-biriga oʻxshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yoʻllari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Sh. cholgʻu yoʻllarining ichki tuzilishi murakkab boʻlsada, oʻzining ravon ohangdorligi va rangbarangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bogʻlikdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish koʻnikmalariga ega boʻlishni talab etadi.
Odatda, Shashmaqom. cholgʻu qismlari birinketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning ‘Nasr’ boʻlimiga oʻtiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi shoʻʼbalar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Sh. ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa shoʻʼbalar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi shoʻʼbalar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha nomli shoʻʼbalar va ularning shoxobchalari kiradi. shahridagi nomdosh shoʻʼbalar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalar)ning kuyohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Shoʻʼbalarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Sh. shoʻʼbalarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. Oʻtmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir shoʻʼbada 4 tagacha) oʻzgarib turgan.
SHashmaqom. ashula boʻlimi shoʻʼbalari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Mas, har bir shoʻʼba yoʻli cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Urniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra shoʻʼbalarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Baʼzi shoʻʼbalar tuzilishi boshqacharoq boʻlishi ham mumkin.
SHashmaqom. ashula boʻlimining birinchi guruh shoʻʼbalari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin shoʻʼbasiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr shoʻʼbasi va uning taronalariga oʻtiladi (Nasr shoʻʼba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr shoʻʼbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi.
SHashmaqom. ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻʼbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Mas, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi.
Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shahriga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va shoʻʼbalar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan. Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shahrining 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi.
SHashmaqom. ashula yoʻllarida oʻzbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va boshqalarning ishqiylirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi gʻazallari, shuningdek, xalq toʻrtliklari jalb etilgan.
SHashmaqom, asosan, ogʻzaki tarzda avloddanavlodga ustozshogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.



Download 66,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish