Uzzol namudi



Download 17,93 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi17,93 Kb.
#666017
Bog'liq
2-reja


1.2. Asosiy namudlar haqida tushuncha


Namud - tojikcha "ko`rinish", "namoyon bo`lish" ma’nosini bildiradi. Namud muayyan kuy yoki ashulaning ma’lum parchasi (qismi)ning turli sho`’balari tarkibida ko`rinishidir. Ular ko`pincha muaiyan sho`’baning boshlanish kuy jumlalaridan olinadi. Namudlarning turli ko`rinishlari sho`’balarning avji sifatida ishlatiladi. Masalan: Nasri uzzol sho`’basining boshlanishidagi 2–4 jumlasi sho`’balarning xarakteriga, doira usuliga moslashtirib, avj sifatida foydalaniladi va Uzzol nanudi deb nomlanadi. Asosiy namudlarning soni
sakkizta, avjlar esa ikkita.
I. Uzzol namudi - Buzruk maqomining Uzzol deb nomlangan sho`’balari boshlanish jumlalaridan olingan bo`lib, Buzruk va Rost maqomlari sho`’balarida ko`plab uchraydi. Uzzol arabcha pastga tushish, sakrash demakdir. Bunda kuy boshlanishida kvarta pastga sakrama harakat qiladi.
2. Muxayyari Chorgoh namudi - Dugoh maqomida Muxayyari Chorgoh sho`’basi uchramaydi. Bu namud Muxayyari Iroqdan olingani shubhasiz va Buzruk, Rost, Dugoh, va Iroq




maqomlarida keng foydalaniladi.
3. Navo namudi – Boshqa namudlardan farqli o`laroq Nasr sho`'basidan emas, Sarahbori Navodan olingan. U surnay Navosini eslatadi.
4. Bayot namudi – (bayot - O`rta Osiyo qadimiy turkiy qabililaridan birining nomi) Navoning Bayot sho`’balarining boshlanish jumlalaridan olingan bo`lib, Navo maqomining o`zida ishlatiladi.
5. Ushshoq namudi (Ushshoq - Oshiqlar) - Rost maqomining Ushshoq deyilgan sho`’balari boshlanish kuy jumlalaridan olingan, Buzruk, Rost maqomlarida uchraydi.
6. Oraz namudi - Navo va Dugoh maqomlarining Oraz sho`’balaridan olinib, Navo va Segoh sho`’balarida foydalanilgan.
7. Segoh namudi - Sarahbori Segoh sho`’basi asosida yuzaga kelgan bo`lib, Segoh va Rost maqomlari sho`’balarida ishlatiladi.
8. Nasrulloyi namudi - Buzrukning Nasrulloyi sho`’basidan olingan bo`lib, Segoh maqomi Navro`zi Ajam sho`’basida foydalanilgan.
Bu namudlardan tashqari Zebo pari avji va Turk avji deyilgan avjlar ham namudlar vazifasini bajaradi.
9. Zebo pari avji - Segohdan boshqa hamma maqomlarda ishlatiladi va mashhur avjlardan sanaladi.
10. Turk yoki Turkiy avj nomi bilan mashhur bo`lgan maqom ashula yo`llaridan bo`lib, Savti Navoning boshdanish qismini eslatadi. Turk avji Buzruk, Segoh maqomlari sho`’balirida foydalanilgan.
Mazkur namud va avjlar maqom sho`’balarida kuy tuzilishining qonuniy rivojlanishi, kuyning ruhi, qiyofasi, lad asosining parda tuzilishi va doira usulining xususiyatlariga moslab olinadi. Ular turli usuldagi ashulalarda o`ziga xos bo`lib gavdalanadi.
Namudlar maqomlarning sho`’balarida yakka–yakka holda yoki guruh-guruh qilinib ishlatilishi mumkin. Guruh qilinib ishlatilganda ularning bir-biriga silliq ulanishi hisobga olinadi. Namudlar quyidagicha tartibda ulanishi mumkin.

Uzzol namudi - Muxayyari Chorgoh namudi;


Ushshoq namudi - Uzzol namudi - Muxayyari Chorgoh namudi;
Ushshoq namudi - Muxayyari Chorgoh namudi;
Segoh namudi – Ushshoq namudi - Turk avji;
Segoh namudi - Turk avji;
Segoh namudi - Navo namudi - Oraz namudi;
Zebo pari avji - Muxayyari Chorgoh namudi;
Zebo pari avji - Navo namudi;
Oraz namudi - Navo namudi yoki aksincha;
Bayot namudi - Navo namudi yoki aksincha;
Muxayyari Chorgoh Namudi - Dugoh namudi;
Bu tartib barqaror bo`lmay, xonandalar sho`’balar tarkibidagi ba’zi namudlarni tushirib qoldirishlari yoki yangi namudlar kiritib ijro etishlari mumkin. Masalan: Navro`zi Sabo sho`'basiga odatda Segoh, Navo va Oraz namudlari kiritiladi, Domla Halim Ibodov esa uni birgina Segoh namudini kengaytirib ijro etgan. Shunday qilib, namudlar turlicha shaklda qo`llanila bergan. Ular yirik shakldagi xalq kuy va ashula yo`llaridan ham turlicha foydalanidgan. Mashhur xonanda va bastakor Hoji Abdudaziz Abdurasulov o`zi ijro etgan «Guluzorim» ashulasi Savti Ushshoq pardalari ohanglaridan iborat bo`lsada, unga Avji Turk qo`shib aytgan, Beboqcha ashulasiga esa (asli Rostdagi Savti Saboga ohangdosh) Zebo pari bilan Navo namudini kiritgan va hokazo.
Maqomlar ashula bo`limi sho`’balarining tarkibidagi kuy tuzilmalari har xil bo`lishi mumkin. Masalan: ular odatda cholg`u muqaddima bilan boshlanadi. Keyin Daromad qismi jumlalari ijro etiladi va Miyonxat (o`rta pardalardagi ashula jumlalari)ga o`tiladi. O`rniga qarab, Dunasr (daromadning yuqori pardalarida takrorlanishi) jumlalari ijro etiladi. Keyin ma’lum sho`’baga xos namudlar (bittadan to`rttagacha kelishi mumkin) aytilib, miyonxat yoki usiz ulanib ketadigan Furovard (tushirim) qismi bilan yakunlanadi.

Download 17,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish