Tadqiqot predmeti: Musiqa darslarida o‘quvchilarni nota o‘qish malakalarini shakllantirish mazmuni, ish usul va vositalari.
Mavzuning o`rganilishida ilmiy yangiliklar:
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida mustaqil tarzda o`quvchilar notalarni ravon o`qish, musiqa asarlarini tashkil etishdagi ritm, tonallik, o`lchov, temp, dinamik belgilarini zarur bilishlari va o`zbek milliy kuylaridan musiqa asbobida ijro ettirish.
Tadqiqotning tuzilishi: kirish, 3 bob, 10 ta bo‘lim, glossariy xulosa va foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
I Bob. Musiqa savodi- o’quvchilarning nazariy bilimini tarkib toptiradi
1.2. Musiqa savodini o’rgatishning boshlang’ich davri.
Musiqa savodi musiqa darsining bo’limlaridan biri bo’lib, xor bilan qo’shiq aytishga nisbatan ikkinchi darajali o’rin tutadi. Shunga qaramasdan musiqa savodi o’quvchi bolalarning musiqa ta’limida katta rol o’ynaydi: musiqa nazariyasi va tarixidan boshlang’ich bilim beradi, ularning saviyasini oshirib borishga yordam beradi.
Musiqa darsida musiqa savodiga juda oz vaqt 5-10 daqiqa ajratiladi. Shu sababli har gal qo’shiq o’rganish va musiqa asarlarini tinglash jarayonida qo’llash va eshitish malakalarini hamda musiqa bilimini mustaxkamlab va chuqurlashtirib borishi kerak. Maktabda musiqa savodini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodi tanlab olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llash hamda savod o’rgatish bilan birgalashib qo’shiq aytishni bir-biriga chambarchas bog’lab olib borishdan iborat.
O’quvchilar 1 sinfdan boshlab tertsiyani sozlash tariqasida bilishadigan va eshitib olib uchtovushlik turlicha eshitiladigan ikki tertsiyadan iborat ekanligini izohlab beradi. U uchtovushlikni doskaga, yozib qo’ygach, o’quvchilar bilan birgalikda major uchtovushligida tertsiyaning nechta butun ton va nechta yarim tondan tashkil topganligini aniqlaydi. Birinchi tertsiya ikki tomondan, ikkinchi tertsiya bir yarim tondan iborat ekanligiga ishonch hosil qilingach, o’qituvch, tertsiyalar sekundalar kabi katta va kichik bo’lishlari mumkin, deb xulosa chiqaradi.
O’quvchilar mustaqil qo’shiq ayta oladigan va notanish kuylarni notaga qarab o’rgana oladigan bo’lgan vaqtlardagina musiqa savodini o’rganishdan ko’zlanadigan maqsadga erishilgan bo’ladi. Musiqa savodini o’rganish bolalarning musiqa tovushlarini eshitish sezgilarining o’sishiga asoslanishi kerak. O’quvchi biror tovushni ovoz bilan esga tushurishdan oldin uning qanday yangrashini aniq- ravshan tasavvur qilishi va eshitib bilishi, ya’ni ko’rayapman-eshitayapman-kuylayapman deb, ko’zga ko’rinadigan narsadan eshitiladigan narsaga qarab borishi lozim.
Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytishda ham musiqa savodini o’rgatish jarayonida ham eshitish qobiliyati, metr-ritm sezgisi taraqqiy etadi.
Musiqa savodini o’rgatish l-sinfda boshlanadi. Ko’pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida bog’chaga qatnab, bog’chadagi musiqa mashg’ulotlarida bir qancha musiqaviy malakalar hosil qilgan bo’ladilar.
Ko’pgina qo’shiqlar va o’yinlar o’rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo’ladilar va hokazo
Uyda tarbiyalanadigan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo’ladilar: radio va televideniye orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari bilan tanishgan bo’ladilar.
Garchi ana shu bilimlar tasodifiy va sistemaga solinmagan bo’lsa-da, ammo o’qituvchi bolalarga musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o’sha bilimlarga ma’lum darajada suyanib ish ko’rishi mumkin.
l-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur.
Musiqa savodining muhim bo’limlaridan biri - asosiy lad (parda) bog’lanishlarni o’rganish hamda parda turlari va ularning tuzilishi (major va minor) bilan, tonlik (ohangdoshlik) lar va intervallar haqidagi tushuncha bilan tanishishdir. Aniq-sof talaffuzga erishish uchun bolalarda ladni bilish tuyg’usini o’stira borish zarur.
1-sinfda ta’limni shartli ravishda ikki bosqichga yo’naltishdan asosiy maqsad -bolalarning musiqa o’quvini o’stirishdir. Birinchi bosqichda odatda o’quv yilining birinchi yarmini to’lik egallaydi. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho’zmi kabi o’ziga xos xususiyatlarini ajrata bilishga o’rganishlari va nota yozuvini o’rganishga tayyorlanishlari kerak.
Bolalarning nota yozuvini bemalol tushunib, birinchi oktava doirasidagi har bir notaning o’rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:
a) O’qituvchi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi. O’quvchilar esa ularni nota yo’liga yozishlari kerak;
b) O’qituvchi qo’shiq kuyni doskaga yozadi hamda o’quvchilardan uni daftarga ko’chirib yozishni va shundan keyin notalarning nomlarini yozib qo’yishni taklif etadi.
Bu mashqlardan barcha o’quvchilar mustaqtil ravishda bajarishadi, so’ngra ulardan biri shu mashqlarni doskaga yozadi, boshqalari esa o’z ishlari bilan solishtirib chiqadilar. Shunga o’xshash mashqlarni uyga vazifa qilib topshirish mumkin.
Tovushlarning o’rnini tushuntirar ekanmiz, ularni butun notalar bilan yozamiz, lekin qo’shiqlarning melodik parchalari va ohanglarini kuylab borganimiz sayin uzun va qisqa tovushlarning, ya’ni choraklar va yarimtaliklarning shaklini bolalarga ko’rsatib berish zarur bo’lib qoladi. 1-sinfda cho’zimlar nisbatini: yarimtaliklar deb, qisqa tovushlar esa choraklar deb atalishini izohlab berish kerak emas. Bu ish kattaroq yoshdagi o’quvchilar bilan olib boriladi. Hozircha chorak va yarimtalik notalar haqidagi ko’z tasavvurlari bilan eshitish tasavvurlarini bog’lash, shu tasavvurlarni qo’shiqlarda ajrata bilish, nota yo’liga yozish, nomini esda qoldirish kifoyadir.
Bu materialni yaxshiroq o’zlashtirish uchun bolalar ilgari chizma usulda chizib ko’rsatishgan qo’shiqni nota shaklida yozishni ularga taklif etish tavsiya qilinadi. Shundan so’ng o’quvchilarga dastlab tovushlar nomini aniqlab, bu qo’shiqni nota yo’liga yozishni taklif etish mumkin. Bu 2-3 tovushga mo’ljallab tuzilgan juda oddiy qo’shiq bo’lishi kerak.
Shunday qilib, 1-sinfda musiqa savodini o’rganish yuzasidan olib boriladigan ishning mazmunini yakunlab, quyidagilarni ta’kidlab o’tish kerak:
1) O’quv yilining oxiriga kelib bolalar birinchi oktavadagi notalarni yaxshi bilishlari lozim;
2) Chorak va yarimtalik notalarni eshitib farq qila bilishlari va yoza olishlari kerak;
3) Bolalar tanish kuylar va mashqlarni eshitib olib va notalarning
nomlarini aytish bilan bir vaqtda, ularni nota yozuvidan kuzatib
borganlari holda, birinchi oktava doirasida qo’llay olishlari
kerak;
4) Eshitib o’rganilgan qo’shiqni nota yozuvi yordamida so’zi bilan
aytib bera olishlari kerak;
5) 2-3 tovushga mo’ljallab tuzilgan jo’nroq melodik parchalarni
solfedjio qila olishlari lozim.
1-sinfda bolalarning ritm tuyg’usini o’stirish yuzasidan katta ish boshlangan edi. O’qituvchi keyingi barcha sinflarda shu ishni davom ettiradi. U qisqa va uzun-cho’ziq tovushlar haqidagi tushunchani oydinlashtirar ekan, bolalar diqqatini musiqada chorakdan ham qisqaroq tovushlar uchrashiga jalb etadi. O’qittivchi nimchorak notalar uchraydigan tanish qo’shiqni doskaga yozib qo’yadi, bolalarga uni ohanggi bilan aytib beradi-da, bundagi eng qisqa notalarni ko’rsatishni taklif qiladi.
l-sinfda nimchorak notalar bilan tanishib boriladi, III-sinfda esa bolalar butun nota va o’n oltitalik nota haqida tasavvur hosil qilishadi. Bu sinfda endi noia chozimlari to’grisidagi lasavvurni yaqqol misollar asosida sistemaga solish mumkin.
Cho’zimlar nisbati sxema tarzida ko’rsatilgan plakatni sinfga olib kirish mumkin. O’quvchilar yangi cho’zim bilan tanishishlari bilanoq shu cho’zim darhol mashqlarga, diktant va melodik misollarga olib kiritiladi.
O’quvchilar 1-sinfdan boshlab notalar cho’zimini o’rganish bilan birga tegishli pauzalar bilan ham tanisha boradilar. Ular pauza tushunchasini qo’shiq aytishda biroz to’xtab o’tish (dam olish) sifatida osonlik bilan idrok etishadi. Uning ahamiyatini bolalarga tanishi bo’lgan, pauzalar uchraydigan (ammo ilgari bunga ularning diqqati jalb etilmagan) qo’shiq asosida tushuntirib berish ma’qul.
O’qituvchi bu qo’shiqni doskaga yozib qo’yadi va yangi, notanish belgilarni-suqib alomatlarini ko’rsatib o’tadi. So’ngra, u qo’shiqni notaga qarab aytishni taklif qiladi va bolalar diqqatini qo’shiqdagi shu belgilarning o’rni qo’shiq aytishda salgina suqib qilishga, bir oz to’xtab dam olishga to’g’ri kelishini uqtiradi. O’qituvchi turli musiqa va qo’shiqlar misolida pauzalarning muhim ahamiyati va asarning o’ziga xos xususiyatini ifodalashdagi rolini ko’rsatadi. U, pauza asarni qismlarga bo’ladi, qo’shiq aytishda uchraydigan pauzalar vaqtida nafas olish oson bo’ladi va hokazo, deb tushuntirib beradi.
San`at mazmuni – hayot, atrofimizdagi voqеlik, inson va uning ichki dunyosi – o`y-fikrlari, his-tuyg`ularidir. San`at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko`ra badiiy obrazlarni yaratish orqali voqеlikni o`zlashtiradi. U kishining hissiyoti va onggiga bеvosita ta`sir qiluvchi shaklda olamni go`yoki yangidan yaratadi. Lеkin, san`atkor hayotni, hodisalar va narsalarni nusha qilib ko`chirmaydi. U biror obrazga xos bo`lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini tushunib olib, obraz qiyofasini o`zgartiradi, so`ng uni rasm, shе`r, musiqa asari shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san`atkorning asari muallifning shahs asoratini o`z ichida saqlab qoladi. Chunki, tashqi dunyoning ob`еktiv matеriali san`atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o`ziga xos ijod bo`lib qayta vujudga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti dеb ham hisoblanadi. Nеgaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog`liq bo`ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo`ladiki, inson o`z zamondoshlari hamda xalqi o`tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san`at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi avlodlarning uzluksiz bog`liqligini amalga oshiradi.
Shunday qilib, san`at asarlari ham hayot, ham ijodning rasmidir. Ammo san`at turlari hayotning turli-tuman tomonlarini bir xil darajada tasvirlashga qodir emas. San`atning har bir turi o`ziga hos vositalar va ifodalash tamoyillari bilan ajralib turadi. Ho`sh, musiqa san`ati o`zi nima? Uning maqsadi, vazifalari nimadan iborat?
Musiqa (ilhom parilari san`ati) - ohang (intonatsiya) san`ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o`ziga xos tarzda aks etib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o`zgartirishda yordam bеradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o`ynaydi. Musiqa – insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mеhnat va dam olish chog`larida albatta ishtiroq etadigan alomat sifatida xizmat qilib, odamni ma`naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma`naviy olamini, ahloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estеtik tarbiya`ning samarali quroli dеb odilona hisoblanadi. Musiqaning o`zi, uning yaratuvchilari, ijrochilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir.
Musiqa boshqa san`at turlari bilan yaqin munosabatlarda bo`lishi shubhasizdir. Ularning jonli aloqalari musiqaga hos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi, ritmik uyushqoqligi shе`riyat va raqs san`atiga o`xshashligi, asarlarining mutanosib tuzilishi arxitеktura shakllariga muvofiqligida ko`rinadi. Bunga qo`shib aytish lozimki, adabiyot, tasviriy san`at, haykaltaroshlik asarlari ko`pincha musiqiy asarlar uchun asos sifatida hizmat qiladi.
Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki bu mazmunga ega bo`ladi. Bu tabiat manzaralari, ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning ichki ma`naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti, kayfiyatini ifodalashga qodir. Shu bilan birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqning guldirashi)ga taqlid qilishga ham layoqati bor.
2. Tovush fizik hodisadir. O`z navbatida “tovush” tushunchasi yana bir necha uzviy bog`langan turli hodisalar zanjirini o`z ichiga oladi. Tovush manbai birorta jism (masalan, simli tor)ning tebranish harakatlaridir. Bunday harakatlar natijasida, havoda to`lqinsimon tеbranishlar, ya`ni tovush to‘lqinlari yuzaga kеladi. Ular esa eshitish organga ta `sir qilib, eshitish nеrvi orqali bosh miyaga o`tadi va tovush sеzgisini vujudga kеltiradi.
Tabiatda odam qulog`iga chalinadigan tovushlar cheksizdir. Ular shovqinli - taqillagan, shitirlagan, g ichirlagan kabi tabiiy tovushlar, va musiqiy – kuylayotgan odam ovozi, yangrayotgan cholg`u asbobning sadolari kabi sun`iy tovushlarga ajratiladi. Musiqiy tovushlar musiqa san`atining asosiy vositasi bo`lib, atrofdagi voqelikni aks ettirishda xizmat qiladi. Ular musiqa madaniyatining ko`p asrli taraqqiyot jarayonida saralab olinib, muayyan tizimga uyushtirlandi.
Musiqiy ifodalilik elementlarining negizi musiqiy tovush o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar tebranilayotgan jismning tebranish tezligi, tebranish kengligi, tebranish davomiyligi va tarkibiy qismlari son va sifatidan kelib chiqadi. Ma`lumki, biz kundalik hayotda juda ko`p, xilma-xil tovushlarni eshitamiz. Lekin bu tovushlarning hammasi ham musiqada qo`llanila bermaydi. Eshitish organlarimiz musiqaviy tovushlar bilan shovqinli tovushlarni bir-biridan ajratish qobiliyatiga ega. Shovqinli tovushlar, masalan, qarsillash, gumburlash, g`ijirlash, shivirlash, dukillash va hokazolar aniq tovush to`lqini balandligiga ega emas, shuning uchun ham bu tovushlar musiqada qo`llanilmaydi Musiqaviy tovushning nazariy jihatdan to`rt xil fizik xususiyati mavjud. Ular balandlik, uzunlik (cho`zim), qattiqlik (tovush kuchi) va tembr (tovush tusi) dan iborat.
Xorij adabiyotlarida ham “Musiqaning asosiy elementlari, balandlik uzunlik tembr va dinamika yani tovush qattiqligi deb berilgan. Ba`zi mualliflar tezlik (ovozdan hosil bo`lgan fizik tebranishning jadalligi) va tuzilishni ham kiritadilar”.
Yangrayotgan tovushning balandligi tebranayotgan egiluvchan jismning tebranish tezligi, ya`ni chastotasiga bog`liqdir. Tebranish qanchalik tez bo`lib tursa, tovush shunchalik baland bo`ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo`lsa, tovush shunchalik past bo`ladi.
Yangrayotgan tovushning cho‘zimi tebranayotgan jismning to`lqin amplitudasiga bog`liqdir. Tovushning uzun yoki qisqaligidan uning fizik xarakteri o`zgarmaydi, lekin musiqa nuqtai nazaridan tovushning cho`zimi uning yana bir xususiyati bo`lib, muhim ahamiyatga egadir. Tovush cho`zimi tovush manbai tebranishining davom etishiga bog`liq bo`ladi. Masalan, tovush chiqa boshlaganda tovush manbaining tebranishi qanchalik keng bo`lsa, tovushning pasayib borishi ham shuncha uzoq davom etadi. Bunda albatta, tovush manbai bo`lgan jism erkin tebranishi shart.
Yangrayotgan tovushning qattiqligi tebranish harakatining kuchiga, ya`ni, tovush manbai bo`lgan jismning tebranish kengligiga bog`liqdir. Tebranish harakatlari amalga oshiriladigan fazo doirasi tebranish amplitudasi (kengligi) deyiladi.
Tebranish amplitudasi qanchalik katta bo`lsa, tovush shunchalik qattiq eshitiladi va aksincha.
Tembr deb tovushning sifat xususiyati, uning rang-barangligiga aytiladi. Tembr xususiyatlarini ifodalashda his-tuyg`ularga taalluqli turli iboralar
qo`llaniladi, masalan: mayin, keskin, yo`g`on, jarangdor, kuychan tovush deyishadi va hokazo.
Ma`lumki, har bir cholg`u asbobi yoki inson ovozi o`ziga xos tembrga egadir. Xilma-xil cholg`u asboblarida eshitiladigan ma`lum balandlikdagi tovushlar o`zlarining rang-barangliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Tembrning farqlanishi har bir tovushga xos bo`lgan yuqori tonlarning tarkibiga (tabiiy aks-sadolarga) bog`liqdir.
3. Musiqiy tizim balandlik bo`yicha muayan o`zaro munosabatlarda bo`lgan tovushlar qatoridan iborat. Tovushlarning balandligi bo`yicha yuqorilama yoki pastlama tartibda kеtma-kеt joylashuvi musiqiy tizim tovushqatori deyiladi. Tovushqatorning har bir tovushiga esa uning pog‘onasi aytiladi. (Pog`onaning tartib raqami rim raqami bilan ifodalanadi).
Turli qalinlikdagi tebranuvchi jism, masalan tor tebranayotib, teng bo`laklarga bo`linishi natijasida tovush to`lqinlarining murakkab shakli vujudga keladi. Jismning umumiy tebranishi jarayonida bu teng bo`lakchalar alohida tebranib, o`zining uzunligiga muvofiq keladigan qo`shimcha to`lqinlar hosil qiladi.
Shunday qilib, yuqori tonlar qo`shimcha oddiy tebranish natijasida hosil bo`ladi. Yuqori tonlarning balandligi har xil bo`ladi, chunki ularni hosil qiladigan tebranish tezligi turlichadir. Masalan, cholg`u asbobi torida birgina asosiy ton eshitilganda edi, uning to`lqinlanish shakli quyidagi grafik tasvirga muvofiq bo`lardi:
Torning teng yarmidan hosil bo`lgan ikkinchi yuqori ton to`lqinining uzunligi asosiy ton to`lqinidan ikki marta qisqa, tebranish chastotasi (tezligi) esa ikki marta tezroq bo`ladi va hokazo.
Yarmidan hosil bo`lgan to`lqin (ikki marta tez):
Uchdan bir qismidan hosil bo`lgan to`lqin (uch marta tez):
To`rtdan bir qismidan hosil bo`lgan to`lqin (4 marta tez)
Torning dastlabki tovushi (asosiy toni) ning tebranish sonini birlik sifatida olsak, yuqori tonlarning tebranish sonlarini quyidagi oddiy raqamlarda ifodalash mumkin: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va hokazo.
Muayyan balandlikdagi munosabatda bo`lgan tovushlar qatoriga musiqaviy tuzilma deyiladi. Tuzilma tovushlarining o`z balandligiga qarab joylashishi tovushqator, tovush esa uning pog‘onasi deyiladi. Musiqaviy tuzilmaning to`liq tovushqatori 88 ta xilma-xil tovushlarni o`z ichiga oladi. Bu tovushlar (ya`ni eng past tovushlardan eng yuqori tovushlargacha) 16 gts dan 4176 gts tebranishga egadir. Ana shu tovushlar balandligi inson qulog`i qulay eshita oladigan tovushlardir.
Insonning vokal ovozi taxminan 60 dan 1000 gts gacha bo`lgan diapazonda yangrashi bois, ko`pgina cholg`u sozlar aynan ushbu diapazon doirasida tovush hosil qiladi.
Yuqori tonlar (obertonlar ) tovush to`lqinlarining murakkab shakli natijasida yuzaga keladi. Musiqaning elementar nazariyasi fani musiqaning tembr xususiyatlarini keng o`rganmaydi, bu borada cholg`ushunoslik va orkestrovka fanlari doirasida bahs yuritiladi.
Tеbranish tеzligiga tovushning balandligi bo`g`liq. Tеbranish tezligi qancha katta bo`lsa, shuncha tovush balandligi yuqoriroq, va aksincha, tеbranish tezligi qancha kichik bo`lsa, shuncha tovush balandligi pastroq bo`ladi. Shuning uchun, tovushlar ikki xil guruhga ajratiladi:
1) balandligi aniq belgilangan tovushlar - musiqiy tovushlar;
2) noaniq balandlikdagi tovushlar - shovqinli tovushlar.
Tebranish harakatining kuch-quvvati tеbranish kengligi (amplituda)da ifodalanadi va tovush qattiqligini (forte–piano jarangini) ta`minlaydi. Tеbranishlar amplitudasi qancha keng bo`lsa, shuncha tovush qattiq bo`ladi.
Tеbranishning davom etish muddati tovushning cho‘zimi bilan bogliqdir. Tеbranishlar amplitudasi qancha keng bo`lsa, shuncha tovush yangrashi uzoq vaqt davom etadi.
Tovush manbai tebranishlarining tarkibi deganda quyidagini tushunish lozim.
Tovush manbai bir vaqtning o`zida nafaqat butunligicha, balki bo`limlari bo`yicha ham tеbranadi. Uning butunligicha tеbranishi asosiy tеbranish hisoblanib, eng yaxshi eshitiladigan tovushni xosil qiladi. Bu tovush asosiy ton dеb ataladi. Har bir bo`lim (jismning umumiy uzunligidan tеng yarimi, uch qismidan biri, to`rtdan biri, bеshdan biri va h.k)ning tеbranish tеzligi o`z uzunligiga mos tovushni yaratadi. Bunday qo`shimcha tovushlar asosiy tondan ko`ra ikki, uch marta balandroq eshitiladi. Chunki, tovush manbaining uzunligi qancha qisqa bo`lsa, uning tеbranish tеzligi shuncha oshadi va undan xosil bo`lgan tovush balandligi shuncha yuqorilashadi. Ushbu qo`shimcha, tarkibiy tonlar obеrton yoki garmoniklar dеb ataladi.
Xullas, tovush tarkibiga kirgan obertonlar tovushning rang-barangligini, ya`ni tеmbr xususiyatini vujudga keltiradi. Tembr tovushning individual sifatini, boshqa tovushlarga o`xshamasligini ta`kidlaydi.
Mazkur to`rtta xususiyat har bir musiqiy tovushda albatta namoyon bo`ladi. Tovushlar bo`g`inli va harfiy nomlar bilan ataladi. Musiqaviy tuzilma
tovushqatorining asosiy pog`onalariga Ettita mustaqil nom berilgan:
Asosiy bosqichlarga berilgan ushbu nomlar o`rta asrlarda shakllangan. Bu asosiy pog`onalar fortepianoning oq klavishlari tovushlariga mos keladi va ular 52 ta asosiy klavishlardan iborat:
Harfiy tuzilma tonalliklarni ko`rsatish uchun o`zining soddaligi va qisqaligi tufayli Respublikamiz hamda ko`pgina xorij mamlakatlarida keng qo`llaniladi, tovushlarni aks Ettirish uchun esa faqatgina ilmiy-musiqiy adabiyotlarda qo`llaniladi. Germaniya, Buyuk Britaniya va Gollandiya singari ba`zi Evropa mamlakatlarida esa harfiy tuzilma hozirgi kunda ham asosiy bo`lib hisoblanadi.
Musiqa tovushqatoridagi Ettita asosiy pog`onaning nomi ma`lum bir vaqtda takrorlanib turadi hamda shu yo`l bilan barcha asosiy pog`onalar tovushlarini o`z ichiga qamrab oladi. Bu yuqori tomon sanalgan, oq klavishlarda chiqariladigan har bir sakkizinchi tovush birinchi tovushga nisbatan ikki marta tezroq tebranishi natijasida hosil bo`ladi. Demak, u birinchi boshlang`ich tovushning ikkinchi yuqori toniga mos keladi va unga hamohang bo`lib eshitiladi.
4. Bir xil nomdagi tovushlar oralig`idagi eng yaqin masofa oktava deyiladi. Tovushqatorning asosiy Etti pog`onasini o`z ichiga olgan har bir qismi oktavalar deb aytiladi. Butun tovushqator bir necha oktavaga bo`linadi. Musiqa amaliyotida har bir oktavaning boshlanish notasi do pog`onasining tovushi deb qabul qilingan.
Musiqaning elementar nazariyasi kursida o`rganiladigan butun tovushqator Ettita to`liq oktava va tovushqatorning ikki tomoni fortepiano klaviaturasining ikki
chetida joylashib, to`liq bo`lmagan ikki oktavani tashkil etuvchi to`rtta tovushdan iborat.
Oktavalar pastdan yuqoriga tomon quyidagicha ataladi: subkontroktava, kontroktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, to`rtinchi oktava, beshinchi oktava. Bulardan to`liq oktavalar – kontroktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, turtinchi oktava; to`liqsiz oktavalar – subkontroktava (uchta tovushdan iborat) va bеshinchi oktava (bitta tovushdan iborat).
Do'stlaringiz bilan baham: |