Reja :
1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning badiiy ijodiy qobiliyatlarni qo’g’irchoq teatri vositasida shakllantirish mazmuni
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’g’irchoq teatrini tashkil etish va qo’g’irchoq yasash usullari.
Mavzu: Qo’g’irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish mazmuni va qo’g’irchoq yasash usullari
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil etish texnologiyasi va qo‘g‘irchoq yasash usullari
Maktabgacha ta’limning hozirgi bosqichida tarbiyalanuvchilarni ijodiy mehnatga tayyorlash – kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan muhim vazifalardan biridir. Tarbiyalanuvchilarni ijodiy mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehnati hisoblanadi. Qo‘l mehnati jarayonida bolalar asosan tashlandiq (keraksiz, chiqindi) materiallardan, sun’iy xom-ashyolar bilan ishlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
Tarbiyalanuvchilarni qo‘g‘irchoq yasashga o‘rgatishda quyidagilar muhim o‘rin tutadi:
- yasalayotgan qo‘g‘irchoq turi va uning o‘ziga xosligi haqida dastlab og‘zaki tushuncha berish;
- kerakli jihozlar, ulardan to‘g‘ri va ehtiyotkorona foydalanish haqida tarbiyachi eslatmasi;
- asosiy ishni boshlash, har bir harakatlar ketma-ketligi oldidan tarbiyachining amalda ko‘rsatmasi;
- har bir tarbiyalanuvchilarning xatti-harakatini kuzatish;
- o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish.
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun turli qo‘g‘irchoqlar yasash texnologiyalari ishlab chiqilib, bevosita maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida qo‘llanildi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi qat’iy belgilab olindi:
- qo‘g‘irchoqning turi, nomi, shakli, hajmi va ishlatilishi to‘g‘risida dastlabki tushunchalarning berilishi;
- bolaning bemalol harakat qilishi va yasashi uchun qulay shart-sharoit yaratilishi;
- bolalarning o‘yinchoq yasashlari uchun kerakli materiallarning hozir bo‘lishi;
- tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda yasab ko‘rsatishi;
- tayyor qo‘g‘irchoqlar namuna sifatida ko‘rsatilishi;
- qo‘g‘irchoq milliylikka yo‘g‘rilgan, an’analarni saqlab qolgan, o‘zbekona turmush tarzini o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim;
- qo‘g‘irchoq bolaga jarohat yetkazmaydigan, o‘ynash uchun qulay, bola sog‘lig‘iga zararsiz, bejirim tayyorlanishi kerak;
- qo‘g‘irchoq bolaning qiziqishlariga mos kelishi, har xil o‘yinlarda foydalana oladigan, ijodkorlikka undaydigan bo‘lishi lozim;
- qo‘g‘irchoqning tashqi ko‘rinishi samimiy, xushchaqchaq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
- Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoqlar yasash. Kerakli jihozlar: yupqa va qalin karton qog‘ozlar, qalam, qaychi, yelim, rangli qog‘ozlar (rangli qalam yoki rangli bo‘yoqlar bo‘lishi ham mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |