Семенар саволлри. Тарихшуносликка асос бўлувчи манбалар



Download 16,73 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi16,73 Kb.
#68539
Bog'liq
11 mavzu bajarilgan


Семенар саволлри.

  1. Тарихшуносликка асос бўлувчи манбалар.

  2. Тарихий фактларга тарихшунослик баҳоси.

  3. Тарихшуносликда тарихий ҳужжатларнинг ахамияти қандай.

  4. Мавзу доирасида қўшимча маьлумотлардан фодаланган ҳолда тақдимотлар таёёорланг

Tarix tadqiqotini amalga oshirishda manbashunoslik ishi muhim o`rin tutadi. Manbashunoslik tahliliy ish bo`lsa, nazariy umumlashmalar ustida ishlash esa tizimlovchi, selektiv ishdir. Gap ularning qaysi biri muhimroq yoki zarurroqekanida emas, bu ikki yo`nalish tarixiy bilimda bir xilda muhim va zarurdir. Masala shundaki, ularning qaysi biri konkret tadqiqotchining ilmiy qiziqishlariga mos kelishi va nimani afzalroq, deb bilishidadir.

Tarixchining manbashunoslik va umuman tadqiqotchilik faoliyati haqida gapirar ekanmiz, shuni takidlash joizki, tarixiy o`tmishni o`zgarish va konseptual anglash bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan uch yo`nalishda kechadi.

Birinchidan, tarixiy tadqiqotning konkret manbalari – arxiv hujjatlari, nashirlar, ashyoviy dalillar v.x.ustidagi maxsus professional ish. Istoriyografik material tahliliga naukometrik uslublar qo`llanilsa, tarixchilarning bilish arsenalida manbashunoslik bilimlari vazni uncha katta emas, degan xulosaga kelish mumkin. Biroq bugungi kunda bori ham tadqiqotchilik jarayonida eng qimmatlisi hisoblanadi. Manbalar bilan ishlashdagi maxorat tadqiqotchining professional darajasini, mavzuning yangiligi, amaliy ahamiyatini belgilaydi.

Ikkinchidan, bu hayotiy kuzatuvlar asosida kechayotgan tarixga, madaniyatga, jamiyat hayot faoliyatining tabiiy va ekologik parametrlariga bo`lgan qiziqish. Hayotiy guvohlik bolalikdan, erta o`smirlikdan boshlanadiki bu tarix tadqiqotchisining kelajagini belgilab beradi. Manbalar ustidagi professional ish amaliyoti ta`siri ostida hayotiy guxohlik darajasi alohida ahamiyat kasb etadi. Tarixchining grajdanlik pozitsiyasi, “ijtimoiyligi” tarixiy asarlar xarakterini belgilaydi, manbalarni talqin qilish qabiliyati o`zi yashayotgan davr nuqtai-nazaridan emas, avvalambor o`rganilayotgan davr nuqtai-nazaridan belgilanadi. Manbalarni tahlil qilishda o`rganilayotgan davr odamining fikrlari, tasavvurlari, jamiyatda kechayotgan jarayonga qarashlaridan kelib chiqish kerakki, bunday yondoshuv yaxshi ma`lum bo`lgan manba matnida nama`lum qirralarni ko`rish imkonini beradi.

Jamiyat rivojining o`ziga hosligini aniqlashda dunyo madaniyati tarixi falsafasiga doir nazariy fikrlarga murojaat etish g`oyatda samarali natija beradi. Zotan, ulardagi yondashuvlar asosida, ayniqsa sivilizasiyalar nazariyasi orqali, madaniyatdagi davrlashtirish mezonini ishlab chiqish, uning taraqqiyot o`lchovlarini belgilash, tarixiy rivojlanishidagi mexanizmlar, yo`nalishlar, xususiyatlarni aniqlash imkoniyati kengayadi. Bunda har bir jamiyat rivojiga hos bo`lga turli ma`naviy qadriyatlar, diniy, mafkuraviy, badiiy va boshqa jihatlarga etibor qaratiladi. Bu esa madaniy jarayonlar yechimiga evolyusion yondashuv zarurligi, turli mazmundagi inqiloblar unga jiddiy zarar yetkazishi nunkinligi xaqidagi qarashlarni mustahkamlaydi. Shuningdek mazkur nazariy konsepsiyalarni o`rganish, madaniyatni falsafiy, mushohada etish orqali XX asr mustamlaka va sovet davri O`zbekiston madaniyati tarixini anglashda, madaniyatdagi tub o`zgarishlarga sabab bo`lgan yoki kuchli ta`sir etgan omillarga mumkin qadar aniqlik kiritiladi. Bunda, ayniqsa tadqiq etilgan davrlarning mafkuraviy qarashlari va ularning kishilar ongiga qanday singdirilganligi masalalariga, bu yillarda madaniyatda ustuvor bo`lgan holatlar, ananalar, yangiliklar va ularning qabul qilinish jarayonlari, g`oyalar rivoji kabi jihatlarga e`tabor qaratish g`oyatda muhim.

Tarixchining mutaxassis sifatida vazifasi o`tmishda va bugunda mavjud bo`lgan ichki erkinlikni, asrlar davomida to`plangan moddiy va madaniy boyliklarni kiribgina qolmay, ma`lum tarixiy davrning inersiyalari bilan yuklanganligini ko`rishni ham taqozo qiladi. Zero, tarixchi insoniyat tarixida sodir bo`lgan ijtimoiy madaniy jarayonlarni ko`ra olishi va eshitishi muhimdir. Tarixchidan o`tmishdan “olingan ma`naviy-ahloqiy” ko`rsatmalarni amaliyotga singdirish va ularni bugungi kun prizmasi orqali kelajakka yo`naltirish talab qilinadi.

Hayotiy tajribaning tadqiqotchi professional tajribasidan xronologik tarzda oldin kelishi esa maxsus professional tajribani gnoseologik tarzda to`ldiradi, kengaytiradi. Chunonchi, tarixning jiddiy tadqiqotchisi nafaqat tarixda yashaydi, fikrlaydi, balki tarixda nima yashayotganligi haqida ham mushohada yuritadi. Bundan kelib chiqqan holda tarixchi uchun ijtimoiy aloqalarning ahamiyati va amaliy qimmati, ya`niy turli ijtimoiy guruhlar, xalqlar va madaniyatllar bilan professional darajadagi munosabati muhimligi ko`rinib turibdi. Tarixchi o`zi yashayotgan davr voqea xodisalarini o`tmish jarayonlari bilan taqqoslay olishi kerak. O`tmishning mashhur tarixchilari xotiralari, memuarlari, xatlari ustida ishlayotgan tarixchi ular uchun bunday qiyoslashning qanday katta ahamiyatga ega bo`lganligini yaxshi biladi. Bunday taqqoslashlarda tadqiqotchining tipologik kuzatuvlar va umumlashtira olish qobiliyati rivojlanadi va takomillashadi. O`z navbatida bu qobiliyat – tarixni his qilishda, uni o`rganish, yozish va taqdim qila bilishda namoyon bo`ladi. Zero tipologik umumlashmalarsiz tarixiy bilimlar har qanday aloqadorlik va qonuniyatlikdan xoli boladi. Uchinchidan, tarixiy asarning sifati tadqiqotchining ichki dunyosi, uning falsafiy tajribasiga bog`liq. Yuqorida keltirilgan bu 3 yo`nalishni tarixiy bilimlar tizimi tariqasida anglash hujjatlar, faktik materiallar hamda manbalar bilan ishlash muammosiga ravshanlik kiritadi.

Ilmiy tarixiy anglashning bu uch yo`nalishini uyg`unlashuvi, o`zaro bir-birini to`ldirishi, tadqiq qilinayotgan manbalarni noan`anaviy sharxlash, qiyoslash, yangicha talqin qilish sifat jihatidan yangi g`oya va konsepsiyalarni taqdim qilish imkonini beradi.Tarixiy bilimlar va bilish unsurlari madaniyatshunoslik jarayonlarida ishtirok etishi natijasida tarix rivojiga tiziladi. Bu ma`noda tarixning xar bir tadqiqotchisi har qanday tarixiy-faktologik g`oyaning, istoriografik sxemaning, istoriosofik qoidaning amaliyotda o`z tatbig`ini topishiga mas`uldur. Tarixchining mutaxassis sifatida vasifasi o`tmishda va bugunda mavjud bo`lgan ichki erkinlikni, asrlar davomida to`plangan moddiy va madaniy boyliklarni ko`ribgina qolmay, ma`lum tarixiy davrning inersiyalari bilan yuklanganligini ko`rishni ham taqozo qiladi. Zero, tarixchi insoniyat tarixida sodir bo`lgan ijtimoiy madaniy jarayonlarni ko`ra olishi va eshitishi muhimdir. Tarixchidan o`tmishdan “olingan ma`naviy-axloqiy” ko`rsatmalarni amaliyotga singdirish va ularni bugungi kun prizmasi orqali kelajakka yo`naltirish talab qilinadi. Bizning nazarimizda o`tmishni o`rganishda konkret hodisa va jarayonlarning haqiqiy ko`rinishlarini sun`iy ravishda o`z zamonasiga moslashtirishdan qochish, tarixiy haqiqatning buzilishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Chunonchi o`tmish o`z ustidan o`tkaziladigan zo`ravonlikni kechirmaydi. Tarixni buzib ko`rsatish voqealar rivojini ilmiy ko`ra bilish imkonini bermaydi, jamiyatda deformatsiyalashgan azloqiy-psixologik muhitni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, jamiyatning asosiy tayanchi bo`lgan yoshlarda o`z tarixiga ishonchsizlikni uyg`otish orqali axloqsizlikni vujudga keltiradiki, bu mamlakatni o`z kelajagidan ayirishning eng yaxshi vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bu munosabat bilan tarix fani oldida juda katta vazifalar turibti o`z moxiyatiga ko`ra boy va sermazmun tarixni ko`rsatish; qanday qilib nigilizmdan xoli holda o`tmishni qayta mushohada qilish; tarixshunoslikning ustivor yo`nalishi sifatida tarixiy bilishning qanday dunyoqarash muammolarni tanlash kerak? Bu muhim savollarga javob berar ekanmiz, muammolar doirasini aniqlash, yondoshuvlar mohiyatini o`rganish, tahliliy ish tarix fani uchun ma`lum ahamiyat kasb etadi. Ilmiy bilim paradigmasini belgilash, manbalar bilan ishlash texnikasini, tadqiqot usullarini takomillashtirish muhimdek ko`rinadi. Tarixiy o`tmishni obyektiv tizimlar va tadqiqotchilik jarayoni aloqasi tarixi sifatida tushunish-tarix fanining asosiy vazifasi voqea xodisalar tadrijiyligini u yoki bu abstract mezonlar – formasiya, sivilizatsiya, millat, hudud, davr, sinf, inson faoliyatining malum yo`lashidan kelib chiqib davrlashtirish shartidan iborat emasligini anglashga asoslanishi kerak.

Фойдаланилган адабиётлар

1.Алимова Д .А. История как история, история как наука Т.I История и историческое сознание.-Т. Ўзбекистон,2008.



2.Тарихшунослик ўқишлари // Конференция материаллари Тўплами. – Т:. Янги нашр, 2011.

3. Репина Л.П. “Новая историческая наука” и социальная история. –М., 1998.
Download 16,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish