Ingliz va o’zbek tillarida so’z yasash usullari.
Obloqulova Gulbahor Sobir qizi
BuxDU ingliz tilshunosligi kafedrasi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya. So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi so`z yasash, so`z yasash usullari va vositalarini o`rganadi.So’z yasalishining bir nechta usullari mavjud bòlib,ushbu maqolada so’z yasovchi qo’shimchalar yordamida so’z yasash usuli,affiksatsiya usuli haqida sòz boradi.
Kalit so’zlar:tub,yasama,affiksatsiya,kompozitsiya,affiks.
Annotation. Word formation is an independent branch of linguistics that studies new word formation, word formation methods and tools. There are several methods of word formation, and this article is about the method of affixation.
Key words: primitive, artificial, affixation, composition, affix.
Аннотация. Словообразование - это самостоятельная отрасль языкознания, изучающая новое словообразование, способы и средства словообразования.Применяется несколько способов словообразования.
Ключевые слова: примитив, искусственный, аффиксация, состав, аффикс.
So'z yasash yangi ma'noli so'z hosil qilish demakdir. So'z yasalishi lug'aviy ma'noning ozgarishi asosida vujudga kelib, yasama so'z ko'pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Shu sababli so'z yasash hodisasi so'zni grammatik jihatidan o'zgartiradigan hodisa deb ayta olamiz.
So'z yasalishi bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari ham o'zgarishi murnkin. So'z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.
So’z yasash hodisasi har bir tilda mavjud bòlib uning òziga xos usullari bor.Masalan o’zbek tilida 2 ta asosiy so’z yasash usuliga duch kelamiz:
1.Morfologik(affiksatsiya)usuli
2 Sintaktik(kompozitsiya)usuli
O'zbek tilida bulardan tashqari so'z yasalishining yana bir qator usullari mavjud.Ularga semantik(bir turkumdagi so’z boshqa turkumga ko’chishi);abbreviatura(qisqartma so’zlar) va konversiya usullari misol bòla oladi.Bu turlar òz ichiga yana bir qancha usullarni qamrab oladi.
O'zakga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish bilan yangi so'z yasash morfologik usul bilan so'z yasash deyiladi. So'z yasalishida qo'shimchalar ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi.
Morfologik usul bilan so'z yasalishining shakllari ham rang-barang.
Masalan:
1.gulzor sòzida o’zak+qo’shimcha
2.serhosil so’zida qo’shimcha+o’zak
3.bilimli so’zida o’zak+negiz+qo’shimcha
So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib,so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat,beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona,noma,obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb hamyuritiladi:ishxona,mehmonxona,oshxona,qabulxona,tabriknoma,Xalqobod,Yangiobod.Morfologik usul bilan so'z yasalishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchunxos.
Xuddi o’zbek tilidek ingliz tilida ham yasama va tub so’zlar mavjud.Bundan kelib chiqadiki so’z yasalishi hodisasi ingliz tiliga ham xosdir.Asos va qo’shimcha morfemadan hosil bo’lgan so’zlar yasama so’zlar hisoblanadi.Ingliz tilida so’z yasalishi word formation deb nomlanadi va u 2 turga bo’linadi:
1.Productive(unumli)
2.Non-productive(unumsiz)
Productive usul affixation,abbreviation,word composition,conversion kabilarni qamrab oladi.Non-productive usul esa sound interchange,stress interchange,sound imitation,blending,back formation larni o’z ichiga oladi.
Affixation — asosga qo’shimcha qo’shib yangi so’z hosil qilish usuli hisoblanadi.Affixation usuli juda unumdor bo’lib,barcha tillarda,shuningdek,ingliz tilida ham keng qo’llaniladi.Ingliz tilida affiksatsiyaning 2 turi mavjud:
Prefixation — bu so’z boshiga morfema qo’shilishi orqali yasaladigan affiksatsiya jarayonidir.Masalan: unfair; preview; midway
Suffixation — bu o’zak oxiriga qo’shimcha qo’shish orqali so’z yasash jatayoni hisoblanadi.Masalan: freedom; childhood; careless; lovely.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,so’z yasalishi jarayoni har ikki tilga ham xos bo’lib,ularning lug’at boyligini oshirishda xizmat qilib kelmoqda.Ayniqsa affiksatsiya usuli juda ham keng qamrovli hisoblanadi.O’zbek tilidagi affiksatsiya usuli ingliz tilidagi affixation usulidan deyarli farq qilmas ekan.Qachonki bu mavzularning ich-ichiga kirib borganda ma’lum bir istisnolarga duch kelishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mixaylova T.E “ A Grammar of Present Day English .”
2. Usmonov O’.U, Sh, S Ashurov ,“ Ingliz tili nazariy grammatikasi “ Sam.:- 2007, 95 p
3. Matthews Р.Н. Morphology. Cambridge, 1974.
4.Berdialiyev A. “O’zbek tilida so’z yasovchi qo’shma affikslar”
Do'stlaringiz bilan baham: |