minimaning yarmi
|
|
chorak notaga
|
fuza
|
fuza
|
bo`lingan
|
|
nimchorak notaga
|
sеmifuza
|
semifuza
|
fuzaning yarmi
|
|
o`n oltitalik
notaga
|
Cho`zimlarning asоsiy (juft) bo`linish jadvali
Ma’lum bir nоtaning cho`zimi dоimо bir хil vaqt bilan o`lchanmaydi. Tеmpga, ya’ni asarni ijrо qilish sur’atiga bоg`liq ravishda nоtalarning mutlaq cho`zimi o`zgarib turadi. Masalan, tеz tеmpda ijrо qilingan yarim nоta оg`ir tеmpda ijrо qilingan chоraktalikdan qisqarоq bo`lishi mumkin. Shuning uchun, tоvush cho`zimlarini o`zarо, bir-biri bilan faqat o`zgarmas tеmpdagina taqqоslash mumkin.
3-chiziqdan pastda jоylashgan nоtalarni tayoqchalarini yuqоridan, yuqоrida jоylashgan nоtalarning tayoqchalarini esa pastdan yozish qabul qilingan. 3-chiziqda yozilgan nоtaning tayoqchasini esa yuqоridan ham, pastdan ham yozish mumkin, ammо, hоzirgi davr amaliyotida 3-chiziqdagi nоta tayoqchasini pastdan qo`yish kеng tarqalmоqda.
Ikki оvоzli yoki ko`p оvоzli musiqalarda tayoqchalar yo`nalishi har bir оvоz partiyasini ko`rsatadi. Yuqоri оvоzlar tayoqchalari dоimо yuqоridan, pastki оvоzlarniki esa – dоimо pastdan qo`yiladi.
2.2. O‘quvchilarning nota o‘qish malakalarini takomillashtirish yuzasidan tajriba-kuzatuvlar tahlili
Musiqa madaniyati darslari qo‘shiq kuylash faoliyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini notaga qarab kuylash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish tadqiqod ishimizning oldingi boblarida ta'kidlab o‘tilganidek darsning alohida bir qismi (tugal faoliyat) sifatida emas, balki uning barcha faoliyatlari mazmunida tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘rganilaѐtgan asar, ѐki tinglanaѐtgan asar musiqa savodi, musiqaga mos harakatlar bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish jaraѐnida bo‘ladiki, avvalambor o‘qituvchi biror asarni nota ѐzuvini plakatda ѐki tarqatma material orqali o‘quvchilarga taqdim etishi kerak. Shundan so‘ng baland-past tovushlarni, uzun-qisqa tovushlarni nota ѐzuvi misolida ko‘rsatib berishi, ayrim taktlarni “solfedjiolash” uslubi orqali bir necha bor qaytarish, takrorlash bilan kuylattirsa o‘quvchilarni nota ѐzuvlarini eslab qolishlari shuncha samarali bo‘ladi. Asarni nazariy jihatdan tahlil qilishda ham o‘quvchilarni nota ѐzuvi bilan bog‘liq qoidalar haqidagi bilim va tushunchalari mustahkamlanib boradi. Afsuski biz kuzatgan ko‘pgina maktablardagi musiqa darslarida o‘quvchilar butun bir darsni asosan qo‘shiq o‘rganish va kuylash bilan o‘tkazishlari o‘quvchilarni nazariy savodxonligini o‘ta past darajada qolib ketishigi sabab bo‘lmoqda. Asarni badiiy va nazariy tahlil qilish jaraѐnida bolalar diqqat e'tiborini qo‘shiqning nota ѐzuvi bilan bog‘liq ifoda vositalari – tovush, ohang, nota cho‘zimlari, ritm, temp, o‘lchov, lad-tonallik (major va minor ladlarini eshitilishi), dinamik belgilarga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shundan so‘ng asarni taktlarga bo‘lib, ѐki qismlarga ajratib o‘rgatish, taktlardagi tovushlarni “solfedjiolash” yaxshi natija beradi. Notaga qarab kuylaganda esa ohangning tozaligiga erishish (sof intonatsiya), diksiyani ravonligi, tovush registri, ritmik ansamblik kabilarni nazorot qilib borish lozim. Asar qaysi janrga mansub bo‘lishidan qat'iy nazar, uning musiqiy jarangini eshitib, nota ѐzuviga qarab kuzatib, borish o‘quvchilarni nota ѐzuvini tez idrok qilib, xotiralarida yaxshi saqlanib qolishiga yaxshi ijobiy ta'sir etadi.
Biz mazkur ilmiy ishimizni bajarish davomida, xususan pedagogik amaliѐt davrida o‘quvchilarni nota bilan kuylash malakalarini xor asarlari vositasida shakllantirishga alohida e'tibor berdik, kuzatuv ishlari olib bordik.Buning uchun ikkita sinf tanlab (4-sinf) olindi. Ulardan biri tajribasinfi va biri nazorot sinfi sifatida olindi. Tajriba sinfida o‘zimiz ishlab chiqqan dastur asosida o‘quvchilarni nota bilan kuylashga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni amalda qo‘llashga kirishdek.
Dastlabki, tajriba-sinov ishlarining boshida, har ikkala sinfda bir xildagi savollar bilan ularni nota savodxonligini aniqlab oldik. Savollar asosan ko‘rgazmalilik asosida tuzildi. Ya'ni, plakatda ѐzilgan nota cho‘zimlari ko‘rsatilgan holda bu qanday nota cho‘zimi? , Bu nota tovushi qaysi chiziqda ѐziladi, ѐki chiziqlarda joylashgan nota tovushlarini – bu qaysi tovush? Bu o‘lchov qanday nomlanadi?, qanday vazifani bajaradi?, pauza nima?, bu qanday pauza?, u nechaga sanaladi? Mana bu taktdagi notalarni solfedjio qiling kabilardan iborot holda sodda qilib tuziladi. Savollar tuzishda bolalarning 1-3- sinfda nota savodxonligiga oid dastur talablaridan kelib chiqildi. Chunki, tajriba ishlari 4-sinf o‘quvchilari bilan olib borildi. So‘ngra ikkala sinfdagi natijalar tahlil qilinganda ularda katta tafovut yo‘qligi aniqlandi.
Shundan so‘ng tajriba sinfida o‘zimiz tanlagan uslublar asosida nota savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni olib borishga kirishdik.
Tajriba sinfi bilan olib borilgan ikki oyga yaqin davom etgan uzluksiz mashg‘ulotlar jaraѐnida biz birinchi navbatda o‘quvchilarning musiqa savodxonligi, nota bilan kuylash, kuylashda nazariy va amaliy bilimlarni nomoѐn qilishlariga e'tiborni qaratdik. Har bir darsdan so‘ng ularga nota ѐzuvi, uning ifoda vositalari va bir, ikki, uch, to‘rt taktlik nota ѐzuvlarini mustaqil o‘zlashtirib kelishlari yuzasidan topshiriqlar berib borildi. Darsdan so‘ng esa har bir o‘quvchining nota savodxonligi bo‘yicha o‘zlashtirishlari qayd etib borildi. Nota bilan kuylashda uning cho‘zimiga xos, ohang tozaligiga erishish, tovushqatorlarni (gammalarni) yuqori va pastga tomon aytib chiqish, tayanch tovushlarni ajratib kuylash, o‘quvchilarni yakka holda va jamoa bo‘lib kuylashlariga alohida e'tibor qaratildi. O‘quvchilarni har bir ijro etilaѐtgan asarning mazmuniga kirib, uni his etib, o‘qituvchi ijrosida dirijѐrlik ijrolarini tushunib kuylashlariga harakat qildik.
Tahliliy suhbatlarda asarni qaysi janrga mansubligi, g‘oyaviy badiiy mazmuni, xarakteriga qarab janrni aniqlashga o‘rgatdik. Astasekinlik bilan o‘quvchilar nota cho‘zimlari, asar o‘lchovi, kalit oldi belgilari, sur'at, qaysi registrda ijro etilishi, major va minor ladida ѐzilganligi haqida o‘z fikrlarini aytib bera oldilar.
O‘tkazilgan sinov-tajriba ishlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nota bilan kuylash malakalarini shakllantirishda musiqa savodi bo‘yicha bilimlar, nota bilan kuylash uchun bajarilgan mashqlar tizimi aniq maqsadga qaratilgan holda olib borilgandagini yaxshi, ijobiy natijalar beradi.
O‘quvchilarning nazariy bilimlarini shakllantirishda ularning nota bilan kuylash, asarni nazariy tahlil qilish, bilan bog‘liq nazariy va amaliy ko‘nikmalari oxir oqibatda dars sifati va samaradorligini ta'minlash imkonini beradi. Aynan shu maqsaddagi o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nota savodxonligini, nota bilan kuylash malakalarini shakllantiruvchi omillar vazifasini o‘taydigan bo‘lishdi.
Ikki oy davom etgan tajriba ishlaridan so‘ng ikkala sinfda yuqoridagidek savollarga javoblar olindi. Natija shuni ko‘rsatdiki, nazorot guruhiga nisbatan tajriba sinfi o‘quvchilarining javoblarida ancha ijobiy o‘sish bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.
Ko‘rsatkichlar jadval ko‘rinishida quyidagicha bo‘ldi.
1-jadval Tajriba boshida
2- Jadval Tajriba oxirida
Tajriba oxiridagi (2-jadval) dagi natijalar tajriba boshidagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lganligi, ya'ni tajriba boshida tajriba guruhida “5” (a'lo) ko‘rsatgich bo‘lmagan, tajriba oxirida 6 ta “A'lo” ko‘rsatgichga erishilgan, tajriba boshida “4” (yaxshi) ko‘rsatgich
5 ta bo‘lgan bo‘lsa, tajriba oxirida bu 10 tani tashkil etgan, “3” (qoniqarli ko‘rsatgichlarda) o‘zgarish bo‘lmagan bo‘lsada, “qoniqarsiz” ko‘rsatgich 12 tadan 1taga tushgan. Bu juda katta ijobiy o‘zgarish bo‘lib, biz qo‘llagan ish usul va vositalarimiz, ilmiy va amaliy tavsiyalarimiz yuqori samaradorlik kasb etganligi, ularda umumta'lim maktablari “musiqa madaniyati” darslarida qo‘llash mumkinligi va shu bilan tadqiqotimiz maqsad va vazifalari to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |