Musiqa savodxonligini rivojlantrishda zamonaviy pedagoggning ijodkorlik qobiliyati


O‘quvchichlarda ijodkorlikni kamol tioptirishda musiqa darsining ahamiyati va unda o‘qituvchining roli



Download 0,83 Mb.
bet17/22
Sana08.01.2023
Hajmi0,83 Mb.
#898341
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mirjadamalov Olim (dissretatsiya ishi) Musiqa savodxonligini rivojlantrishda zamonaviy pedagoggning ijodkorlik qobiliyati

3.2. O‘quvchichlarda ijodkorlikni kamol tioptirishda musiqa darsining ahamiyati va unda o‘qituvchining roli.
Dars – maktabdagi o‘quv ishining tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o‘quvchilarning doimiy guruhi – sinf bilan qat'iy jadval bo‘yia shug‘ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga muvofiq o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishishi uchun xilma –xil metodlardan foydalniladi.
O‘qitish jarayonini o‘qituvchi bilan shug‘ullanuvchilaraning biror maqsadga qaratilgan, izchillik bilan o‘zgarib turadigan o‘zaro bog‘langan faoliyati deb qarash mumkin. Bu faoliyat davomida shug‘ullanuvchilarning ma'lumot olish, rvojlanish va tarbiyalashi vazifalari har etiladi.
Musiqa darsida o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabat jaarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Musiqa o‘qituvchisi darsda istiznosiz barcha o‘quvchilarning musiqiy faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlari orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro nazoratni qo‘llab – quvvatlaydi. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quvchilarning darsining o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarini hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Har bir musiqa darsi o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan boyitish, ularning ong – bilim doiralarining kengaytirishi, muksiqiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishi yoki ilgari o‘rganganlarinitakomillashtirish kerak. O‘quvchilar darsdan – darsga go‘yo pog‘onadan – pog‘onaga qadam qo‘ygandek bilimining cheki yo‘q karvonidan olg‘a ilgarilabboradilar.
Musiqa darslarida o‘quvchilarni musiqa sohasida har tomonlama rivojlantirishni nazarda tutiladi, ularning musiqaviy madaniyatiga zamin yaratiladi.
Musiqa darsi musiqa ijodining quvonchini anglash tuyg‘usini beradi. Go‘zallik, daxldorlik tuyg‘usini kompozitor yoki xalq musiqa asariga jo qilgan axloqiy – estetik mazmundan huzurlanishqobiliyatini shakllantiradi.
Darsda ijodiy faoliyatning bir – biri bilan mustahkam bog‘langan hamma turlari samarali bo‘ladi.
Ayni vaqtda dars o‘zining mazmuni metodlari va tashkil etilishi bilan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sin ko‘rsatib, ularda ilmiy dunyoqarashni, g‘oyaviy e'tiqodni shaxsning ma'naviy sifatlarini shakllantirib katta tarbiyaviy qimmatga ega bo‘lishi zarur.
Darsda o‘quvchilarni tarbiyalash o‘qitish, rivojlantirish, ijodiy kamol toptirish, ularga ta'lim berish birgalikda va o‘zaro aloqada amalga oshirilmog‘i kerak. Biz musiqa pedagogikasining g‘oyat muhim tamoyillaridan birdir.
Maktab o‘quvchilarini professional musiqa faolitiga tayyorlaydi. Biroq musiqani tushunish uni idrok qilish va undan ijodiy tasirlanish qobiliyati har bir o‘quvchiga, u kelajakda professional musiqachi bo‘ladimi yoki musiqa madaniyatining g‘oyat xilma –xil shakllarda musiqaviy – estetik faoliyatning asosiy biolimlariga, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lgan yaxshi tayyorlangan tirglovchi bo‘lib qoladimi, bundan qat'iy nazar xos bo‘lmog‘i lozim.
Hozirgi vaqtda musiqa darsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilandan iborat.
1. musiqa darsiga ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash funksiyalarining kompleks tarzida amalga oshirilishini nazarda tutadi. O‘quvchining shakllanishiga doir barcha jihatlarga ta'sir o‘tkazadi.
O‘quvchining musiqiy bilimlarini oshirish bilan birga aqliy qudrati va qobiliyatlarini rivojlantiradi, ijrochilik madaniyatini va ijodkorplik salohiyatini oshiradi, dunyoqarashini, axloqiy, estetik irodavqiy fazilatlarini mehnatga munosabatini rivojlantiradi.
2. dars o‘tilishini dars o‘tilish shakliga ko‘ra qat'iy bir tizim bo‘yicha olib boriladi: muayyan boshlanishidan, darsning maqsadalori va vazifalarini belgilashdan, musiqiy materialni tushinitirsh, mutahkamlash va takrorlashdan, uy vazifasini berishdan iborat bo‘ladi. Musiqfaviy faoliyat turlari o‘zaro biri bilan bog‘langan bo‘lishi va bir – birini to‘lidirish kerak.
3. dars o‘qitish tamoyillariga muvofiq bo‘ladi: u tarbiyaviy ta'sir o‘tkazadi, lmiy tushunish uchun qulay
hisoblanadi, musiqa asarlarini puxta va ongli tarzda o‘zlashtirilishiga , musiqaviy malaka va ko‘nikmalarini shakllanishiga, erkin ijod qilishga yordam beradi.
4. dars mazmuni o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lib, u boshqa
darslar tizimidagi bo‘g‘inlarni qamrab olad. Ilgari qanaqa asar o‘rgangani va maktab o‘quvchilari mazkur darsdan keyin nimalarni o‘rganishlari zarurligini va maktab o‘quvchilari mazkur darsdan keyin nimalarni o‘rganishlari zarurligini hamda yodda tutishi shart. Faqatgina yodda tutish va bilish emas, balki musiqa faoliyatlari davomida keyinchalik o‘rganilishi lozim bo‘lgan ba'zi asarlarni oldindan tanishtirib keyin yo‘lini vujudga keltirish kerak.
O‘qituvchi, shuningdek, maktabdagi aniq vaziyatni musiqa darsiga
doir jihozlarni, texnikaviy vositalarni mahallliy uslublar va
tabiiy shart sharoitlarni va boshqa jarayonlarni hisobga oladi.
Musiqa darsi ta'lim berishdan tashqari tarbiyaviy maqsad va vazifalarni ham o‘z ichiga oladi. Ular o‘quv materialllarinng mazmuni bilan ham shuningdek, maktab o‘quvchilari shaxsini tarbiyalash va kamol toptirishga qaravtilgan umumiy maqsadlar bilan ham belgilanadi, tarbiyaviy vazifalar shaxsning axloqiy, irodaviy intelektual, emotsional fazilatlarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Dars o‘quvchilarni tarbiyalashning uzluksiz jarayonidagi muayyan bir bosqich hisoblanadi.
O‘z navbatida ularni tarbiyaviy vazifalari musiqa o‘quv ishini tashkil etishga va uning metodikasiga jiddiy ta'sir o‘tkazadi. Masalan: shaxsning fazilatlari sifatda mustaqillik va bilim faoliyatini shakllantirish darsda ijodkorlik va topshiriqlarga mustaqil ravishda ishlashning har xil turlariga ko‘proq e'tibor berilishini taqozo etadi.
Musiqa darsining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, darsda musiqa ta'limi vazifalaridan tashqari, badiley ijodkorligini vazifalari ham qo‘yiladi. Bu birinchi navbatda maktabda musiqadan ta'lim berishni faol shakli
bo‘lgan jamoa bo‘lib qo‘shiq aytishga taaluqlidir. Chuqur halq an'analariga ega bo‘lgan jamoa bo‘lib qo‘shiq aytish faqat musiqa qobiliyatlarini emas, balki harakter sifatini dunyoqarashni, badiiy didini, fantaziyani, estetik tuyg‘uni ham rivojlantiradi. Jamoa bo‘lib qo‘shiq aytish darsda olib boriladigan ishlarning xilma – xil shakllarni qo‘shiq ijro etishni musiqa savodini, muisaqni idrok lqilishni, musiqa saboblrida chalishni, vokal ijodkorligini o‘zida birlashtiradi,
Musiqa asarining mazmunini tushunish tinglovchining umumiy madaniyatiga, shuningdek, uning maxsus – tayyorgarlik egnaligiga bog‘liq bo‘lib, maxsus tayyorgarlik o‘z navbatida tinglovsi e'tiborning faoolik darajasiga ta'sir ko‘rsatadi. Shu narsa yaxshi ma'lumki, musiqadan tayyorgarligi bo‘lgan tinglovchilarning idroki bayroq bo‘ladi. Musiqanit tushinadigan o‘quvchi badiiy ditdining yuksak darajasi bilan ajralib turadi, musiqa shaklining o‘ziga xos tomnini, mazmunini, musiqani rivojlanish tarixini tushuish asosida tinglovchi sifatda katta tajribaga ega bo‘lish, musiqaviy – ijodiy faoliyat sohasida rivojlangan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish asosidagina musiqa asarini to‘laqonli idrok qilish mumkin.
Musiqa darsining maqsadi ko‘p jihatdan maktab o‘quvchisining ma'anviy rivojlanishiga qaratilgan bo‘ladi. Musiqaviy – ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va boyitish musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, musiqa san'atiga qiziqish bilan qarash, o‘quvchilarning badiiy havaskorligini puxta o‘ylangan izchil tizim bo‘yicha amalga oshirilmog‘i kerak.
Jamoa, guruh shaklida va yakka tarzda ishlashni mahirlik bilan qo‘shib olib borish darsni tashkil etishda asosiy masala hisoblanadi. O‘quvchi o‘quv topshiriqlarni tashkil eta olishi, rejalashta bilishi va bajaoa olishi uchun uni jamoa bo‘lib ham, yakka tarzda ishlashga o‘rgatish, muhim ahamiyatga egadir.
Har qanday dars o‘quvchining maktab o‘quvchilari o‘quv faoliyati ustidan nazorat qilib borishini taqozo etadi. Bu o‘quv materiallarini tushuntirish va o‘zlashtirish xarakterini, o‘quv va ko‘nikmalarini shakllanish
jarayo1nini ko‘z oldmizga keltirishni imkonini beradi. Maktab o‘quvchilari o‘qishning borishini taxlil qilish, o‘qituvchiga darsning ijobiy jihatlarini rivojlantirish va ko‘zga chalingan salbiy holatlarni kamaytirish maqsadida unga tegishli tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
Musiqa darslarining vazifasi bolalarni go‘zallikka faol munosabatda bo‘lishga, musiqaga ijodiy yondoshishiga o‘rgatishdan iboratdir. Hoziri zamon musiqa darsi xuddai ana shu fvazifani hal qilmlog‘i kerak va bu vazifani qanchalik faol va aniq maqsadni ko‘zlagan xolda hal qilsa, maktab o‘quvchilariga faqat musiqaviy taryubiya berish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Har bir fan o‘qituvchisi singari musiqa o‘qituvchisining shaxsining qimmatiga baho bersh tizimida uning professinal yo‘nalishi muhim rol o‘ynaydiki, uning negizida pedagogik faoliyatga bo‘lgan extiyoj yotadi. U o‘zida : bolalarda qiziqishni va muhabbatni, pedagogik ishga havasini, psixologik pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlikni pedagogik odobni, pedagogik tasavvurni, tashkilotchilik qobiliyatini haqgo‘ylikni, dilkashlikni, talabgorlik va qat'iylikni, sobitqadamlilikni, vazminlikni, chidamlilikni, o‘zi haqida fikrga ega bo‘lishni, professional ish qobiliyatini, ma'naviy, eng avvalo, bilish extiyojini va qiziqishini, intelektual faollikni, yangilikni his eta olishni, pedagogik bilimni mustaqil ravishda oshirishga tayyorgalikni mujassamlashtirgandir.
Musiqa bola xissiyotini, ayniqsa, emotsional, estetik hissiyotini faol rivojlantiravdi. Musiqa bola ijodiy iste'dodining rivojlanishiga turtki beradi. Musiqa bola ruhiga faol ta'sir etadi, uning axloqiy estetik qiyofasi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois o‘quvchilarga inson ma'navqiy – madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun musiqa o‘qituvchisi oldida quyidagi vazifalar turadi.
- o‘quvchilarda musiqa san'atiga bo‘lagn qiziqisho‘ni oshirish;
- msusiqaviy – badiiy didni va musiqa faoliyatlariga extiyojini rvojlantirish;
- musiqa haqida bilim va malakalar doirasini tarkib toptirish;
- musiqa faoliyatlari jarayonida badiiy ijodkorlik his – tuyg‘ularni rivojlantirish;
- asarlarning badiiy – g‘oyaviy mazmuni vositasida bolalarni axloqiy – estetik tarbiyalash;
- musiqa darslari jarayonida kasb – xunar va mehnatga havas uyg‘otsh.
Manashu vazifalarni amalga oshirishda musiqa o‘qituvchisining professional darajasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Musiqa darsi o‘quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanpavarlik tarbiyaisni amalag oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga hizmat qiladi.
Bolalarning musiqa san'atiga bo‘lgan muhabbatiga, ijodkorligiga, ijrochiligiga, talanti va iste'dodiga ijobiy ta'sir ko‘rsatish uchun musiqa darsiga ajratilgan xona keng, yorug‘lik bolalarga chap tomonlani tushib turadigan, havosi yangilanib turadigan bo‘lishi dozim. Xona zarur ashyolar bilan jihozlanishi shart. Doskaning teng yarmida nota yo‘li bo‘lishi kerek. Xanada musitqa asbobi iloji bo‘lsa forteppiano, magnitafon yoki disket, quyuvchi texnik moslama hamda barcha sinflar uchun musiqa tinglash va jamoa bo‘lib kuylashga doir asarlar yozib olingan, magnit tasmalari va disketlar to‘plami bo‘lishi lozim. Yana xonada plakatlar, testlar, nazorat ishlari, solfedjio va ashula to‘plamlarini qo‘yish va saqlashga shkaf ham bo‘lish zarur.
Apustika sharoitlarini vujudga keltirish uchun sinf burchaklari, matodan tayyorlangan darpardalar ekranlar bilan to‘sib qo‘yiladi. Xona devorlariga bolalar kompozitorlarining portretlari, davlat ramzlari, derazalarga yorug‘ tushishiga halaqit bermaydigan pardalar osib qo‘yilish keark. Sinfdagi hamma jihozlar o‘z joy – joyiga qo‘yilishi, ko‘rinishi shunday chiroyli bo‘lishi
zarurki, o‘qituvchi sinfga kirib kelganda o‘zini konsert zaliga kirib kelagndek his qilsin. Lekin xonani ortiqcha bezab, bachkanalashtirb yubormaslik kerak.
O‘qituvchi juda talabchan, lekin shu bilan birga qo‘ygan talablari adolatli va o‘quvchilarga beg‘araz munosabatda bo‘lishi lozim. Biroq haddan tashqapri talabchan bo‘lish va byuolalarni jiddiy va qo‘rquv ostida tutib turish yaramaydi.
O‘qituvchi ayrim vaqtdlarda bolalarni arzimagan sho‘xligini “sezmasligi” , darsdan bir oz chetga chiqib bolalarga bir oz dam berish maqsadida bolalar bob so‘zlar bilan hazillashib qo‘yish ham mumkin.
Shuni ham bilish zarurki, o‘qituvchi o‘z obro‘yiga ega bo‘lshi katta ahamiyatga ega . darsga kiriladigan barcha sinflrada o‘quvchilar o‘z o‘qituvchilariga tanqidiyts ko‘z bilan qaraydilar .ba'zi o‘qituvchilarning dilimi va yaxshi sifatlari uchun hurmat qilsalar boshqalarning shu xususiyatlari bo‘lmashganlagi uchunhurmat qilmaydilar. Musiqa o‘qituvchisi cholg‘u asbobini jozibali chalsa, qo‘shiqni yoqimli kuylasa, musiqa janrlari va kopmpozitorlar haqidaigi hikoyalavri bolalarni maftun etsa, 45 daqiqalik darsda o‘zining o‘qituvchilik rolini qoyilmaqom qilib ijro etsa, har fanday vaziyatda bolavlar bilan ijdiy va iijobiy munosabatlar o‘rnatib, boalarlar qalbiga yo‘l topa olsa, bunday o‘qituvchi bolalar mehriga muyassar bo‘ladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish