Tadqiqot ishining maqsadi:
o‘quvchilarda musiqa savodxonligi oshirish ko‘nikmalarini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishni takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
musiqa darslarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida o‘quvchilarda milliy musiqa asarlarini tinglash, musiqa ifoda vositalarini o‘rganish va
milliy cholg‘u asboblarini tanishtirish va ijro ettirish
musiqa darslarida raqamli texnologiyalarga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanmadan foydalanish metodikasini takomillashtirish;
Umumta`lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning ahvoli va pedagogik shart – sharoitlarini o`rganish;
Umumta`lim maktablari musiqa o`qituvchilari, musiqa pedagogikasi bo`yicha pedagog - olimlar bilan suhbatlar o`tkazish;
Musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo`yicha to`plangan tajribalarni o`rganish;
Musiqa darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llash shakli va usullarini aniqlash;
Ilg`or pedagogik texnologiyalarning ta`lim samaradorligini oshirish ko`rsatkichlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
Musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali dars samaradorligiga erishishga oid ilmiy – metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqot ob`ekti:
Namangan Ixtisoslashtirilgan san`at maktablarida hamda ununta`lim makaktablarida musiqa savodxonligini rivojlantirish.
“Musiqa madaniyati” darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etish jarayoni.
Umumta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslarini interfaol metodlar orqali tashkil etish mazmuni, tamoillari, bosqichlari.
Tadqiqotning nazariy metodologik asoslari:
Mavzuga doir ilmiy, uslubiy, musiqashunoslik, pedagogik va psixologik adabiyotlarni o`rganish, tahlil qilish, pedagogik kuzatish, ilg`or ish tajribalarni o`rganish, qiyoslash, umumlashtirish.
Musiqa savodi musiqaga, uning ifoda vositalariga ongli munosabat tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunib olishga yordam beradi, eng muhimi esa notaga qarab kuylash va ashula aytish malakalarini hosil qilish, garmonik eshitish qobiliyatini o’stirishga ta’sir ko’rsatish, xor ovozlarini aniq talaffuz etishga va xor bilan ijro etish sifatini oshirishga qulaylik tug’dirish yo’li bilan sinfda qo’shiqlar o’rgatishni osonlashtiradi. Musiqa darsida musiqa savodiga juda oz vaqt 5-10 minut ajratiladi. Shu sababli har gal qo’shiq o’rganish va musiqa asarlarini tinglash jarayonida qo’llash va eshitish malakalarini hamda musiqa bilimini mustaxkamlab va chuqurlashtirib borishi kerak. Maktabda musiqa savodini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodi talab olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llash hamda savod o’rgatish bilan birgalashib qo’shiq aytishni bir-biriga chambarchas bog’lab olib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |