Musiqa nazariyasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

1.Umumiy tavsifi 
Rondo – 
refren
deb yuritiladigan asosiy mavzu bilan 
epizodlar
 
deb 
yuritiladigan boshqa mavzularning almashinuviga tuzilgan shakl.
Rondoning 
asosiy sharti refrenning kamida uch marta о‘tkazilishi sanaladi.
Rondo sxemasi quyidagicha kо‘rinishga ega:
A+B+A+C+A+D+A… 
Refren
asarning umumiy xarakterini belgilaydi va kо‘pincha qо‘shiq-raqs 
xarakteriga ega bо‘ladi. Refren butun asar tonalligini ham belgilab beradigan 
aynan bitta tonallikda о‘tkaziladi. Garmonik jihatdan refren yopiq tuzilma bо‘lib, 
asosiy tonallikdagi tо‘liq kadensiya bilan tugaydi. Refren strukturasi – ikki 
jumladan iborat davriY. 
Epizodlar 
о‘zining refren tonalligidan farq qiladigan tonalligiga ega. 
Odatda, epizodlarda birozgina mavzuiy kontrast kiritadi. Epizodlar strukturasi 
rang-barang bо‘lishi mumkin.
Rondo shaklining kelib chiqishi.
Rondo – eng qadimiy shakllardan biri. 
Uning ildizlari naqoratli xorovod (davra) qо‘shiqlari, raqslarga borib taqaladi. 
«Rondo» italyanchadan tarjima qilganda, “davra” degan ma’no anglatadi. 
Rondo shakli nomining kelib chiqishi bilan bog‘liq ikkita taxmin (faraz) mavjud. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, rondo nomi aynan davra qо‘shiqlaridan 
(xorovod, davra) kelib chiqqan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa, rondo aynan 
bitta mavzu tinimsiz takrorlanadigan, gо‘yo yopiq doira hosil qiladigan shakl 
xususiyatlarini aks ettiradi, degan fikr bildiradi. 
Professional musiqada rondo shakli XVII asrda paydo bо‘ldi. 
Tarixan rivojlanib, bu shakl turli uslublarda strukturaning ayniqsa katta 
rang-barangligiga ega bо‘ldi. Shu sababli rondoni boshqa shakllarga qaraganda 
aynan ma’lum davr uchun xarakterli bо‘lgan xususiyatlari va qirralarini hisobga 
olgan holda о‘rganish kerak bо‘ladi.
Qadimiy rondo.
XVII asr va XVIII asrning birinchi yarmida ijod qilgan kompozitorlarda 
rondo shakli asosan qо‘shiq-raqs xarakteridagi musiqada yoki bevosita raqs 
janrida: gavot, menuet, jigalarda qо‘llangan.
Ronda shakli ayniqsa fransuz klavesinchilari F.Kuperen, J.B.Lyulli, 
L.K.Daken, J. F.Dandrie, J.F.Ramo ijodida keng tarqalgan. Kompozitor-
klavesinchilar cholg‘u miniatyurasi janrini, qо‘llaganlar va juda kо‘p hollarda bu 
dasturli asar bо‘lgan. Ushbu miniatyuralarning katta qismi rondo shaklida 
yozilgan.
Bu turdagi rondolar uchun qator xislatlar xos:
a) dasturlilik – har bir asar о‘z nomiga ega; 


91 
b) qо‘shiq-raqs obrazli tuzilma; 
v) kо‘p qismli shakl; 
g) epizodlar refrenga yaqin tonalliklarda yoziladi (birinchi epizodlarda 
dominanta, 
oxirgilarida 
subdominanta 
sohasidagi 
tonalliklarni 
qо‘llash 
tendensiyasi kо‘zga tashlanadi); 
d) mavzuiy jihatdan epizodlar refren bilan kam kontrast hosil qiladi.Kо‘p 
hollarda epizodlar mavzu bilan intonatsion turdosh bо‘ladi;
e) refren va epizodlarning yopiqligi, ularning bir-biridan uzoqligi (refren, 
odatda, davriya shaklida yoziladi, epizodlar esa yo davriya, yo yanada erkin 
tuzilma, biroq albatta yopiq kadansli bо‘ladi); 
j) gomofon bilan qatorda polifonik tuzilmadan keng foydalanish.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish