Musiqa nazariyasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

 
 7. Yordamchi partiY. 
Yordamchi partiya bosh partiya bilan kontrast hosil 
qiladigan yangi obrazli sohani tashkil etadi. Odatda, u lirik qо‘shiq yoki raqs 
xarakterida bо‘ladi. Bosh partiyadan farqli о‘laroq, u tonal jihatdan barqaror, 
rivojlanishida nisbatan tugal va, odatda, hajmiga kо‘ra kattaroq. Eng oddiy 
hollarda yordamchi partiya davriyadan iborat (Motsart. Sonata В-dur. Andante 
kantabile). Ayrim hollarda yordamchi partiya ikki yo uch qismli shaklda yoziladi 
(Chaykovskning 6- simfoniyasi 1- qismi – о‘rtaliq bilan kontrastlovchi oddiy uch 
qismli shakl). 
8. Yakuniy partiY. 
Yakuniy partiya – ekspozitsiyaning oxirgi, yordamchi 
partiya tonalligini ta’kidlaydigan mavzusi. 
U yangi, kо‘pincha bosh partiya mavzusi bilan almashinadigan mavzuga 
(Betxoven.5,8- Sonatalari, 5-simfoniya), yoki yordamchi partiya mavzusiga
tuzilishi mumkin (Chaykovskiy. 6- Simfoniya).
Yakuniy partiya bog‘lovchi partiya materialiga tuzilishi mumkin 
(Betxoven. Sonata op. 2 №2, 1 q.). ba’zida yakuniy qism ekspozitsiya mavzulari 
guruhidan tashkil topadi (Betxovenning 4 va 7- sonatalarida). 
Yakuniy qism ekspozitsiya rivojini yakunlaydi va kо‘p hollarda umuman 
shaklning birinchi kulminatsiyasi sanaladi (Betxoven. 3, 8- Sonatalari, Chaykov-
skiy. 4,5-Simfoniyalari). Yakunlovchi qism uchun takror kadanslash, taktning 
kuchli hissasida tonikani ta’kidlash, tonikada organ punkti xarakterlidir.
9.Rivojlov. 
Rivojlov – sonata shaklining eng beqaror bо‘limi. U о‘tuvchan 
rivojlanish, mavzularni taqqoslash, ularni kontrapunkt jihatidan qо‘shish, motivli 
ish bilan ajralib turadi. Rivojlov uchun tonal beqarorlik (modulyatsionlik) 
xaraktrerli.
Rivojlov kо‘pincha kirish qismi bilan boshlanadi, unda mavzuning asosiy 
rivoji tayyorlanadi (L.Betxoven. 17- Sonata, I q.). 
Ishlanmaning rivojlantirish jarayoni tuzilmalarning ochiqligi, mavzuning 
davriy strukturasi buzilishi, alohida motivlarning ajratilishi bilan tavsiflanadi.
Rivojlovda polifonik rivojlantirish usullari: imitatsiya, kanon, fugato, mavzularni 
bir vaqtda yangratib о‘tkazish ham keng qо‘llanadi (Betxoven. Sonata, op. 22, 1 q.) 


98 
Ba’zan ishlanmada mavzularning oddiy о‘zgaarishiga, ularni tonal va tembr 
koloritlashga olib keladigan variatsion rivojlantirish ustunlik qiladi. 
Rivojlov, odatda, harakati kuchli, rivojlanishga ichki salohiyati katta 
sanalgan bosh partiya mavzusiga tuziladi. Yordamchi partiya unda kamroq ishtirok 
etadi, zero unga xos bо‘lgan qirralar: lirik, qо‘shiq xarakteri, tugallanganlik va 
strukturaviy aniqlik ishlanmada qayta yaratish, о‘zgartirish imkoniyatini cheklaydi.
Shunday holatlar bо‘ladiki, ishlanmalda yangi mavzu – 
lavha 
paydo 
bо‘ladi(masalan, Betxoven. Simfoniya № 3). Ba’zida lavha katta mustaqil 
bо‘limni tashkil etadi va yaxlit shaklda alohida dramaturgik rol о‘ynaydi
(Shostakovichning № 7 simfoniyasida «Bosqin mavzusi»). 
Rivojlovning oxirgi bosqichi reprizaga о‘tishni hosil qiladi, unda, odatda, 
asosiy tonallik dominantasini u yoki bu darajada uzoq ishlash rо‘y beradi, bu yangi 
bо‘limnini boshlanishi keskinligini kutishni yaratadi. Klassik uslub uchun uzoq 
davom etgan dominanta organ punktida yaqinlashuvlar ancha xarakterli sanaladi.
Rivojlovda

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish