Musiqa nazariyasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

 



I QISM.
MUSIQA NAZARIYASI ASOSLARI 
 
1- mavzu. MUSIQAVIY TIZIM. 
 
1-§. Musiqa san’ati va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Musiqaning asosiy 
ifodali vositalari. Badiiy obraz. 
San’at mazmuni – hayot, atrofimizdagi voqеlik, inson va uning ichki dunyosi 
– o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ularidir. San’at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko‘ra 
badiiy obrazlarni yaratish orqali voqеlikni o‘zlashtiradi. U kishining hissiyoti va 
onggiga bеvosita ta’sir qiluvchi shaklda olamni guyoki yangidan yaratadi. Lеkin, 
san’atkor hayotni, xodisalar va narsalarni nusha qilib ko‘chirmaydi. U biror obrazga 
xos bo‘lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini 
tushunib olib, obraz qiuofasini o‘zgartiradi, so‘ng uni rasm, shе’r, musiqa asari 
shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san’atkorning asari muallifning shahs 
asoratini o‘z ichida saqlab qoladi. Chunki, tashqi dunyoning ob’еktiv matеriali 
san’atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o‘ziga xos ijod bo‘lib 
qayta vujudga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining 
mahsuloti dеb ham hisoblanadi. Nеgaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, 
mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog’liq bo‘ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni 
shunda namoyon bo‘ladiki, inson o‘z zamondoshlari hamda xalqi o‘tmishi va 
odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san’at abadiy 
badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi avlodlarning uzluksiz bog’liqligini amalga 
oshiradi.
Shunday qhilib, san’at asarlari ham hayot, ham ijodning rasmidir. Ammo 
hayotning turli-tuman tomonlarini san’at turlari bir xil darajada tasvirlashga qodir 
emas. San’atning har bir turi o‘ziga hos mazmun va tamoyillari bilan ajralib turadi. 
Ho‘sh, musiqa san’ati o‘zi nima? Uning maqsadi, vazifalari nimadan iborat?
Musiqa
1
- ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalangan voqelikning 
badiiy aksidir. U borliqni o‘ziga xos tarzda aks etib, uni boyitadi, hamda uni 
tushunib olish va o‘zgartiririshda yordam bеradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida 
muhim rol o‘ynaydi. Musiqa – insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mеhnat 
va dam olish chog’larida albatta ishtiroq etadigan alomat sifatida xizmat qilib, 
odamni ma’naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shahsning ma’naviy 
olamini, ahloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estеtik tarbiya’ning samarali quroli 
dеb odilona hisoblanadi. Musiqaning o‘zi, uning yaratuvchilari, ijrochilari, 
tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir 
sohadir.
Musiqa boshqa san’at turlari bilan yaqin munosabatlarda bo‘lishi shubhasizdir. 
Ularning jonli aloqalari musiqaga hos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi, 
ritmik uyushqoqligi shе’riyat va raqs san’atiga o‘xshashligi, asarlarining mutanosib 
tuzilishi arxitеktura shakllariga muvofiqligida ko‘rinadi. Bunga qo‘shib aytish 
lozimki, adabiyot, tasviriy san’at, xaykaltaroshlik asarlari ko‘pincha musiqiy asarlar 
uchun asos sifatida hizmat qiladi. 
1
Musiqa – (yunoncha - 
µουσιχή
) – ilhom parilari san’ati. 



Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki bu mazmunga ega 
bo‘ladi. Bu tabiat manzaralari, ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning 
ichki ma’naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti, kayfiyatini ifodalashga qodir. 
Shu bilan birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini 
gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqning 
guldirashi)ga taqlid qilishga ham layoqati bor.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish