Mundarija kirish I. Bob ziddiyatlar tasnifi, kelib chiqishi


II bosqich. Rivojlantiruvchi bosqich



Download 326,5 Kb.
bet16/18
Sana12.07.2022
Hajmi326,5 Kb.
#783244
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
bmi. tayyor qirqilgan 1

II bosqich. Rivojlantiruvchi bosqich.
Men tajriba-sinov ishimda ziddiyatlarni bartaraf etish, o‘quvchilar o‘rtasiga bir biriga hurmat, mehr va iliqlik olib kirish maqsadida har bir o‘quvchi bilan individual ishlashga qaror qildim. Buning uchun maktab psixologi menga katta yordam berdi. Biz birgalikda har bir o‘quvchining o‘ziga savollarimizga bergan javoblarini o‘qib eshittirdik va nima uchun aynan shunday javob berganligini aniqladik, ruhiy va emotsional holatini o‘rgandik. Bizning tajriba sinfimizda ziddiyatli vaziyatlar kopligi, o‘quvchilar bir-birlarini tushunmasligi va ular o‘rtasida o‘zaro hurmatning deyarli yo‘qligi sababli biz ko‘proq aynan shu tajriba sinf bilan ish olib bordik. Ikki hafta mobaynida biz o‘quvchilarning oilasi, oilaviy sharoiti bilan tanishdik, yaqindan muloqot o‘rnatdik. Har biri bilan alohida-alohida ishlaganimiz ijobiy samara berdi. Biz ularga diniy va dunyoviy tarbiya berish, qolaversa yangi pedagogik-psixologik texnologiyalardan foydalanib muloqotlarni olib borish orqali ularda bo‘lgan ziddiyatga moyillikni pasaytirdik, o‘zlarining "men" tushunchasini har tomonlama kamtarin va ma’naviyatli tarzda aks ettirishiga, insonlarga hurmat darajasini o‘zlariga bo‘lgan hurmat darajasiga ko‘tarishga, qilgan xatolari uchun har doim uzr so‘rashga tayyor bo‘lishiga erishdik. Ularning ongiga va qalbiga kirib borib odamiylik hislatlarini o‘zimiz bilan birga olib kirdik.
III bosqich. Solishtirma tahlil


Savollarning
tartib raqami.

Tajriba sinf

Nazorat sinf

1-savol

Xa- 30%
Yo‘q-70%

Xa-80%
Yo‘q-20%

2-savol

Xa-80%
Yo‘q-20

Xa-50%
Yo‘q-50%

3-savol

Xa-45%
Yo‘q-55%

Xa-70%
Yo‘q-30%

4-savol

Xa-90%
Yo‘q-10%

Xa-30%
Yo‘q-70%

5-savol

Xa-25%
Yo‘q-75%

Xa-0%
Yo‘q-100%

6-savol

Xa-95%
Yo‘q-5%

Xa-60%
Yo‘q-40%

7-savol

Xa-85%
Yo‘q-15%

Xa-20%
Yo‘q-80%

8-savol

Xa-80%
Yo‘q-20%

Xa-45%
Yo‘q-55%

9-savol

Xa-60%
Yo‘q-40%

Xa-80%
Yo‘q-20

10-savol

Xa-15%
Yo‘q-85%

Xa-75%
Yo‘q-15%

11-savol

Xa-95%
Yo‘q-5%

Xa-20%
Yo‘q-80%

12-savol

Xa-75%
Yo‘q-25%

Xa-15%
Yo‘q-20%

Tajriba-sinov ishlari davomida biz kuzatuv va rivojlantiruvchi bosqichlarni o‘tkazdik. Solishtirma tahlil bosqichida biz ularni solishtirar ekanmiz, kuzatuv bosqichida bergan savollarimizni yana qaytadan anonim tarzda berib ko‘rdik. Natija esa psixolog tomonidan "YAXSHI" deya baholandi.


Tajriba sinfda o‘zagrish juda katta bo‘ldi ziddiyat va nizolarga barham berildi. Nazorat sinfi ziddiyatga moyil bo‘lmagani bois o‘zgarishsiz qoldi.
Umuman olganda o‘tkazilgan tajrib-sinov ishlarimizdan shu narsa ayon bo‘ldiki. O‘quvchilar bir nihol uni qay tartibda parvarishlashimiz o‘zimizga bog‘liq. Tajriba sinfimizda individual ishlashimiz juda ham katta foyda berdi. Ko‘pchilik bolalarning ota-onalari farzandi 4-sinf bo‘lib ulg‘aygani uchun kamroq e'tibor beryotganliklarini o‘zlari tan olishdi va bundan keyin farzandiga bor e'tiborlarini qaratishga harakat qilishlarini aytishdi va bizga chuqur minnaddorlik bildirishdi.
Har bir maktabda har bir sinfda katta-kichik ziddiyatlar albatta uchrab turadi. Bunday vaziyatlarni adolatli hal qilishda sinf rahbarining o‘rni albatta beqiyos. Shunday vaziyatlarda o‘qituvchi psixolog bilan kengashib o‘quvchilar bilan individual ishlagan holda nizoli vaziyatlarga baho berishi kerak deb o‘ylayman. Qayerda tabaqalanish bo‘lsa ichki nizo shunchalik kengayib boraveradi. Shuning uchun ham avvalo o‘qituvchi tabaqalanishning oldini olish kerak. Biz kichik deb o‘ylagan nizo o‘quvchi uchun juda ham katta ahamiyatli bo‘lishi va uning kelajagini qora ranglar bilan bezashi mumkinligini har bir pedagog zinhor esdan chiqarmasligi lozim.
XULOSA
Bugungi tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda o‘quvchi yoshlarni har tomonlama yetuk, komil va ma’naviyati yuksak shaxs bo‘lib kamol topishida biz o‘qituvchi-pedagoglarning va bizlar berayotgan ta’lim tarbiyaning o‘rni beqiyos. Ta’lim va tarbiya jarayoni kundan kunga rivojlanib, mukammallashib bormoqda. O‘zbekiston Respubilkasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’lim va tarbiyani qushning ikki qanotiga qiyoslagani bejiz emas. Qush bir qanotsiz ucha olmaganidek bizning jajjigina, murg‘ak yoshlarimiz ham kelajakda ta’lim va tarbiyasiz yuksak cho‘qqilarni zab eta olmaydi.
O‘quvchiga yaxshi ta’lim berish uchun avvalo yaxshi tarbiya bermog‘imiz lozim. Hamma tarbiyalar ichida ham shaxs tarbiyasi jamiyat tarqqiyotini tarnnum etuvchi tarbiya, g‘oyaviy tarbiyasi bo‘lgan. Shuning uchun ham bu oiladagimi, bog‘chadagimi, maktabdagimi, mahalladagimi, kasb-hunar kolejidagimi, oliy ta’lim muassasasidagimi hamma-hammasida beriladigan tarbiya yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga, ongliligini oshirishga va vatan ravnaqi uchun kerak bo‘lgan. Shuning bilan birga barkamol shaxs tarbiyasi har qanday kishilik jamiyatida ham insoniyatning asriy orzusi bo‘lib kelgan. Ta’lim sifati samarodorligiga erishish uchun qizg‘in kurash ketayotgan hozirgi kunda tarbiyaviy ishlarda bo‘shliqlar yaqqol sezilmoqda. Masalan yoshlarimizning ongida yevropacha madaniyatga qiziqish ko‘r-ko‘rona ortganligi ayon bo‘lmoqda. Darhaqiqat, ta’limning asosini tarbiya tashkil etadi. Tarbiya oilada farzand dunyoga kelgan kundan boshlanadi. Bizning tajriba, kuzatish shuni ko‘rsatadiki qaysiki o‘zaro ahil oilada yaxshi tarbiya olgan farzandlar o‘qishda ham bolalarga o‘rnak bo‘ladi. Bolalar tarbiyasiga e'tiborsiz oilalarda farzandlar xulq-odobida va o‘qishida ham bo‘shangliklar mavjud. Ta’lim va tarbiyaning o‘chog‘i bo‘lmish maktablarda bu sohada ma’lum ishlar va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Boshlang‘ich sinflardan to‘g‘ri tarbiyaga yo‘naltirish maqsadida "Tarbiya" fan sifatida kiritildi, qolaversa, "Ma’naviyat soati" va turli to‘garaklarda bilim, ko‘nikma va malakalar berib boriladi. Inson o‘zining to‘g‘ri tarbiyasi orqali turli xil katta noxushliklarni oldini oladi, o‘zining hayotdagi o‘rnini topa oladi. Bizning bitiruv malakviy ishimiz mavzusi hisoblangan ziddiyatlar va ularni oldini olishda ham tarbiya juda katta va muhim ro‘l o‘ynaydi. Har qanday ziddiyat va nizolarda xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik agar inson tog‘ri tarbiyalangan bo‘lsa, muammoni hal qilish oson va samarli bo‘ladi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev "Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi"19 - deb bejizga aytmagan. Inson baxtli yashashi uchun turli nizolar, ziddiyatlar, ko‘ngilsiz hodisalardan yiroq bo‘lishi kerak menimcha. Buning uchun esa albatta insonning tarbiyasi mukammal bo‘lishi lozim.

Download 326,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish