43
III BOB. VILOYATNING TURISTIK-REKREATSIYA SALOHIYATIDAN
FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
3.1. VILOYATNING MADANIY-TARIXIY TURISTIK RESURSLARI
SALOHIYATIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Jizzax tarixining eng qadimgi saxifalari haqida gap ketganda, albatta jahon
tarixiga daxldor sanalmish
«Sayxonsoy qoyatoshlari»
dagi suratlarni (4,5 ming yil
avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi
taxmin etilayotgan
«Peshag’or G’opi»
madaniy qatlamlarini, ikki ming - ikki yarim ming yillik tarixga ega
«Mozorsoy
yodgorliklari»
ni, «
Jomonjar yer osti ehromlari»
ni, qadimgi manbalarda tilga
olingan Gaza, Harakana, Zomin, Sobot, Mik, Marsmanda,
undanda qadimgiroq
bo’lmish Xitoy solnomalarida tilga olingan «Echa shahri» qoldiqlari bo’lmish
qadimgi qal’alar va shaharlar o’rinlarini faxr bilan tilga olamiz.
Viloyat hududda ming yillardan beri aziz tutib kelingan
“Temir
darboza”, “Sa’d ibn Abi Vaqqos”, “Parpi ota”, “Xo’jamushkent ota”,
“Novqa ota”, “O’smat ota”, “Sayid Mir Xalililloh ota”, “Xo’jabog’oti ota”
kabi ko’plab mo’’tabar ziyorat manzillari va qadamjolar borki, bugungi
mustaqillik yillari sharofatidan yanada obod va ko’rkam manzillarga aylandi, o’z
salobati bilan yurtimiz saodatiga shukuh bag’ishlab turibdi.
O’zbekiston Respublikasining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish
va ulardan foydalanish to’g’risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash
hamda viloyat
hududidagi tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni
kelajak avlodlarga yetkazish choralarini ko’rish va yodgorliklarning davlat
muhofazasini ta’minlash maqsadida qator tadbiriy choralar qurilmoqda.
Bu ishlar Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-sonli "Madaniy
meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qarori va "Madaniy meros
ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish
bo’yicha Idoralararo komissiya to’g’risidagi Nizom", "O’zbekiston Respublikasi
madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrini yuritish to’g’risidagi Nizom" va
44
"Madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to’g’risidagi
Nizom"lar, Vazirlar Mahkamasining «Tarixiy obidalar,
ziyoratgohlar va
qadamjolarda aholiga hamda sayyohlarga xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash
choralari to’g’risida»gi majlisi bayonnomasi talablarini bajarish maqsadlariga
qaratilgan.
Viloyatda 2008 yilning 10 iyun holatiga jami 372 ta madaniy meros
ob’ektlari, shundan 42 ta tarixiy obida
va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta
arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar,
xotira maydonlari) "Davlat muhofazasi ro’yxatlari"ga kiritilgan. Jizzax
viloyatidagi diniy-ziyoratgoh maskanlarga turistik marshrutlar
ishlab chiqishda
ushbu ziyoratgohlarning ziyorat qilish xususiyatlarini o’rganib chiqish muhim
ahamiyatga ega. Bu vazifani bajarish har bir ziyoratgohlarga ma’lum bir turistik
oqimni hosil qilish uchun ham juda muhim hisoblanadi. Birinchidan,
viloyatdagi
ziyoratchilarning qaysi ziyoratgohni ko’proq ziyorat qilishlarni aniqlash. Bu
natijalar asosida viloyatda ichki turizm va xalqaro turizmda turistlar aynan
tanlagan yoki tinlaydigan diniy-ziyoratgohlar ma’lum bo’ladi.
Mutaxassislar ma’lumoti bo’yicha asosiy madaniy-tarixiy turistik resurslarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: