34
turistlarga zarur bo’lgan jihozlar prokatni tashkil qiluvchi prokat;
punktlari;
turistik yullanmalarni sotish shaxobchalari;
turistik klublar, stantsiyalar;
turistlarga turistik ob’ektlarni tushuntirib beradigan bir qancha tillarni
biladigan gitlar
kabilar.
Hozirgi paytda shu ko’rsatilgan MTA ning barcha elementlari yuqori darajada
tashkil bo’lsagina, bunday mamlakat turistik bozorda o’z o’rnini topishi mumkin.
Bu ko’rsatilganlardan tashqari Jizzax viloyatida turizmning rivojlanishi
uchun shu
hududning tabiati, iqlimi, landshafti, rel’efi ham qulay bo’lishi lozim. Bularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
tabiati go’zal, iqlimi mu’tadil, sayr qilishi uchun hududi yetarli bo’lishi lozim;
shu yerda qattiq issiq yoki qattiq sovuq bo’lmasligi kerak;
turistlar boradigan, dam oladigan joy turli yirtqich, yovvoyi hayvonlardan,
chaqadigan (ilon, chayon, qurrakurt kabi) hashoratlardan xoli bo’lishi lozim;
turistlar uchun zilzila, to’fon, suv toshqini, qor kuchdisi, jala kabi tabiiy ofatlar
bo’lmaydigan joy ajratilishi ham maqsadga muvofiqdir;
turistlar qo’nim topadigan joy zaharli o’tlar, mevalar, ifloslangan atrof-
muhitdan ham xoli bo’lmog’i lozim.
Bu omillar ham Jizzax viloyatida turizmning rivojlanishi uchun asosiy
sabablardan biridir. Bulardan tashqari turizmni rivojlantiraman degan mamlakat, eng
avvalo, shu joyga
transport bilan yetkazish, u yerda ovqatlanishi, yashashini,
xavfsizligini ta’minlash kabi bir qancha choralarni ko’rishi kerak.
Jizzax viloyatida
diqqatga sazovor, turistlarni jalb qiladigan juda ko’p tog’li hududlar deyarli barcha
viloyatlarimizda mavjud. Ammo ularda ommaviy tarzda turizmni tashkil qilish yo’lga
qo’yilmagan. Bu sohada turizm industriyasi oqsoq holda.
Tog’ va tabiatning go’zalligi tabiiy holat. Ular hech qanday mablag’ sarf
qilinmasdan turistik ob’ekt sifatida mavjuddir. Undan faqat daromad qilish maqsadida
foydalanishlari lozim. Lekin bu sohada hali qilinadigan ishlar ko’pligini har bir o’quvchi
e’tirof etsa kerak, deb o’ylaymiz.
35
Shunday qilib ta’kidlash joizki, turizmning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi
omillar va
undan kelib chiqadigan muammolar juda ko’p. Ularning ayrimlari quyidagilarda
namoyon bo’ladi.
Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirish muammolariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
-
viloyatda turizm bo’yicha nazariy va uslubiy bilimning yetarli emasligi;
-
turizm industriyasining talab darajada shakllanmaganligi;
-
turizmning iqtisodiy sohaga to’liq aylana olmayotganligi;
- turizm infratuzilmasining jahon andozalari darajasida tashkil qilinmaganligi;
-
turizmning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika asosining yetarli
emasligi;
-
turistik servisning yuqori darajada tashkil qilinmaganligi;
- turizmni rivojlantirishda ayrim qusurlarning butunlay barham topmaganligi;
- turizm
sohasi
bo’yicha
malakali
kadrlarning
yetishmasligi.
Ko’rinib
turibdiki, Jizzax viloyatida kelgusida ushbu sohani rivojlantirish uchun
unga mansub kadrlar salohiyatini shakllantirishdan tartib,
uning moddiy-texnik asosini
yaratish va u soha bo’yicha nazariy-uslubiy bilimlarni shakllantirishgacha bo’lgan
bosqichni o’tash lozim deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: