Mundarija kirish I bob. Jizzax viloyatning tabiiy geografik xususiyatlari va tabiiy resurslari


II BOB. JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNI TASHKIL ETISH



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana26.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#473451
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
jizzax viloyatining turistik rekratsion salohiyatidan foydalanish muammolari va istiqbollari

II BOB. JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNI TASHKIL ETISH 
IMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI 
2.1. VILOYATDA TURIZMNI TASHKIL ETISH IMKONIYATLARI VA 
UNING RESPUBLIKAMIZDA TUTGAN O’RNI 
 
Viloyatning tabiati o’ziga xos bo’lib, relefi tog’lik, qir va tekisliklardan 
iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), 
g’arbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shimoliy, shimoliy-g’arbiy 
va sharqiy qismi (Mirzacho’l va Qizilqo’m cho’lining janubiy–sharqi) tekislikdan 
iborat.
Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida 
salmoqli o’rin tutadi. Xususan, paxta, g’alla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari 
yetishtiriladi. Bog’dorchilikni rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Qurilish 
materiallari, xalq, iste’mol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmog’i oshdi. 
Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. so’mdan ziyod kredit 
mablag’lari ajratildi. Faoliyat ko’rsatayotgan 9400 ga yaqin xo’jalik 
sub’ektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xo’jaliklaridir. 
Temir yo’l viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uzunligi 217 km 
(2001). Avtomobil yo’llari ham salmoqli o’rin tutadi. Havo yo’llari Jizzax shahrini 
Toshkent va boshqa viloyat markazlari, shuningdek, Kavkaz, Qrim bilan 
bog’laydi. Jizzax shahar ko’chalarida trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan. 
Viloyatda 5 muzey (Jizzax viloyat o’lkashunoslik muzeyi, SHarof Rashidov 
muzeyi, Zomin tarixi muzeyi, Hamid Olimjon muzeyi, Mehnat qahramoni X. 
Nosirov muzeyi), 289 jamoat kutubxonasi (8 mln. nusxadan ortiq asar), 126 klub, 
12 tuman markaziy, 73 qishloq, va shahar madaniyat uylari, 77 badiiy havaskorlik, 
54 folklor-etnografik jamoalar, 12 maqomchilar guruhi, 60 xoreografik raqs 
dastalari, vokal va estrada guruhlari faoliyat ko’rsatadi. Jizzax viloyatida 3 teatr: 
Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat qo’g’irchoq, teatri, 
Gagarin shahrida qozoq milliy teatri bor. 


28
Jizzax shahri viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi 
hisoblanadi. Shahar Sangzor daryosi bo’yida, 460 m balandlikda joylashgan. 
Toshkent-Samarqand temir yo’l va Katta O’zbekistan trakti yoqasida. Maydon 0,7 
ming km
2
. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939 y. - 9 ming, 1959 y.- 15 ming, 
1970 y. — 35 ming kishi), asosan o’zbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar 
ham yashaydi. Toshkentdan 203 km. Temir yo’l stantsiyasi. Iqlimi keskin 
kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 1,5°, minimum temperaturasi -35°, 
iyulning o’rtacha temperaturasi 28,5°, maksimum temperaturasi - 46°. 
Yunon solnomachilari Kiropol va Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeo-loglar 
Gazoshning o’rnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni 
Samarqand va Toshkent oralig’ida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni qadimiy 
Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sug’diycha «Dizak» 
(«qal’acha») so’zi bilan bog’laydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan. 
Jizzax O’rta Osiyodan o’tgan bir necha qadimiy karvon yo’lining tutashgan 
joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va 
sayyohlaridan Ibn Huvkal va muqaddasiylarning asarlarida Ustrushonaning Faknon 
viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud 
bo’lgan. Jizzax IX – X asrlarda somoniylar, XI – XIII asr boshida qoraxoniylar, 
Xorazmshohlar davlati, XIV – XV asrlarda temuriylar davlati, XVI – XVIII 
asrlar 1 - yarmida Buxoro xonligi, 18 - asr ikkinchi yarmidan 1866 yilgacha Buxoro 
amirligiga tobe bo’lgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta 
tiklangan. XVI – XVII asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi O’roteppaga ko’chgan. 
XIX asr 60 - yillarida u ham xarobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. XIX 
asr ikkinchi yarmidan Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda 
tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar 
ishlab turgan. Shahar XVI – XIX asrlarda ko’pgina tarixiy voqealarning guvohi
bo’lgan. 1571 yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq, xoni Boboxon va Toshkent 
hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi to’qnashuvi shaharga ko’p talafot yetkazgan. 
1866 yil 12-18 oktyabrda Jizzax qal’asi rus bosqinchilari tomonidan to’pga tutilib, 


29
vayronaga aylantirilgan. 1916 yildagi Jizzax qo’zg’olonida shahar rus 
mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi shafqatsiz qirilgan. 
Viloyatdagi ko’pgina qadimiy va o’rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy 
yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. O’rta asrlarga oid ko’pgina qal’a-qurg’on 
va karvonsaroylar tepa va qo’rg’on (Kultepa, Oqtepa, Rabot, Qo’g’ontepa, 
Xonimqo’rg’on, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan 
ortiq Jizzax va G’allaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda 
ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq, rasm, Baxmal, 
G’allaorol, Jizzax tumanlarida juda ko’p yer osti yo’llari saqlangan. 1956 yilda 
Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan. Parpiota, Malik 
Girqushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish 
tumanida qadimiy «Band» to’g’oni qoldig’i hozir ham mavjud. Jizzax tumanida 
Uzunota qabri mavjud. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish