4-Mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti. Toxiriylar va Somoniylar davlati



Download 301,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi301,44 Kb.
#260713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-семинар



4-Mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy 

 va iqtisodiy hayoti. 

1. Toxiriylar va Somoniylar davlati. 

2. G’aznaviylar va Saljuqiylar davlati 

3. Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlati 

4.  IX-XII  asrlarda  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  moddiy  va  ma’naviy  madaniyatining 

yuksalishiga ta’sir ko’rsatgan tarixiy shart-sharoitlar va asosiy omillar. 

Birinchi masalada talabalarni quyidagilarga alohida jalb etish zarur. Arablar istilosidan keyin 

O’rta  Osiyoda  (IX-XII)  feodal  munosabatlar  yanada  mustahkam  negizda  qaror  topa  bordi.  Xuroson  va 

Movarounnahrni idora qilgan arab hokimlari butun xalifalik saltanatiga kuchli ta’sir o’tkazdilar. Mashhur 

xalifa  Xorun-ar-Rashid  vafotidan  so’ng  xalifalikda  yuz  bergan  muhim  siyosiy  o’zgarishlar  ham  yaqqol 

isbot  qildi.  Movarounnahr  va  Xurosonning  yirik  feodal  namoyondalari  bo’lmish  Toxir  ibn  Xusayn, 

Samonxudod singari yetakchi kuchlar mandati bilan xalifalik taxtiga o’tirgan Xorun-ar Rashidning kenja 

o’g’li, Xuroson noibi Ma’mun yangi xalifa sifatida mahalliy feodallar, amiru-beklarga iltifotlar ko’rsatib, 

ularning ichki mustaqqilligini yanada mustahkamlashga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Buning natijasida Toxir 

ibn  Xusayn,  Samonxudot  va  ularning  avlodlari  Xuroson  va  Movarounnahr  hududlarining  amaldagi 

hukmdorlari bo’lib oldilar. Toxiriylar rasman xalifalikka tobe hisoblansalarda, o’z ichki mustaqil siyosatini 

o’tkazib  va  uni  amalga  oshirib  bordilar.  Sulola  asoschisi  Toxir  ibn  Xusayn  Xurosonning  eng  yirik  yer 

egalaridan bo’lib, u Xorun ar-Rashidning o’g’li Ma’munni taxtga o’tirishiga yordam bergan. Ma’mun (813 

-  833  y.)  xalifa  bo’lib  olgach,  Toxir  ibn  Xusayn  tez  orada  xalifalikning  eng  nufuzli  kishilaridan  biriga 

aylandi.  U  bir  necha  vaqt xalifa  qo’shinining  bosh sarkardasi lavozimida  ishladi.  821  yili  esa  xalifa uni 

Xuroson noibi qilib tayinladi. Toxir Xuroson noibligini poytaxti qilib Nishopur shahrini tanladi. Xurosonga 

qaytgach  u  o’ziga  qarashli  noiblikni  mustaqil  davlatga  aylantirish  rejalarini  tuza  boshladi.  Bir  yil 

o’tmasdanoq Toxir ibn Xusayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu xalifaga 

nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U to’satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, 

uning o’limida xalifa odamlarining qo’li bo’lgan. 

Xalifa Ma’mun Toxir ibn Xusayno’rniga Xuroson noibi qilib uning o’g’li Talxni tayinlaydi (822-

828  yillar). Toxirning  ikkinchi  o’g’li  Abdullo  noiblik  qilgan  yillarida (830-844 yillar)  Xuroson xalifaga 

vassal  hisoblansa-da,  aslida  mustaqil  davlatga  aylandi.  Xalifa  Mutasim  (833-842  yillar)  bir  necha  bor 

Abdulloni bo’ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 

Toxiriylar  kuchli  hokimiyat  tuzishga,  qishloq  xo’jaligini  tashkil  etishga  astoydil  harakat  qildilar. 

Yangi  sug’orish  inshootlarini  barpo  etdilar.  Mahalliy  amaldorlarni  o’z  lavozimlarini  suiste’mol 

qilmasliklarini nazorat qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan 

soliqni xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na dehqondan olinadigan soliq miqdorini, 

na  ular  o’taydigan  majburiyatlarni  kamaytirmaganlar.  Soliqlar  miqdori  juda  katta  bo’lgan.  Soliqlarning 

ko’pchiligi  dehqonlarni  qo’zg’olon  ko’tarishiga  olib  kelgan.  Toxiriylar  bu  qo’zg’olonlarni  shavqatsiz 

bostirib turganlar. 

Toxiriylar islom  dinini xalq  orasida  keng  yoyish  siyosatini  davom  ettirib,  islom  ruhoniylarini  o’z 

rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talh ibn Toxir noibligi (842-864) davrida zardushtiylik 

dini  saqlanib  kelgan.  Davlatni  idora  etishda  toxiriylar  malakali,  bilimli  amaldorlarga  muhtoj  edilar. 

SHuning  uchun  ular  bilimdon  odamlarga  homiylik  qilganlar.  Ma’lum  toifadagi  odamlarga  bilim  olish 

uchun keng sharoitlar yaratib berganlar. Manbalardaqayd qilinishicha Toxiriylar juda bilimdon bo’lganlar. 

Xususan, Toxir ibn Xusayn vaAbdullo ancha tanilgan shoir bo’lgan. Abdullo vafotidan keyin Toxiriylar 

davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va ko’p vaqt o’tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Toxiriylar 

sulolasining so’nggi vakili Muhammad ibn Toxir (862- 873y) Yoqub Ibn Lays bilanbo’lgan jangda mag’lub 

bo’ldi. 


Download 301,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish