4-Mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti. Toxiriylar va Somoniylar davlati



Download 301,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi301,44 Kb.
#260713
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-семинар

Uchinchi  masalada,Qoraxoniylar  davlati  Yettisuv  hududidagi  Qarluq  (756-940)  davlati  o’rnida 

tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug’roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog’un hokimini 

mag’lub  etib,  o’rniga  o’zini  xoqon  deb  atadi.  Qoraxoniylar  davlatiga  ikki  qabila-Yag’mo  va  CHig’il 

qabilalari  birlashdilar.  Sotuq  zamonida  Qoraxoniylar  davlati  ikkiga  bo’linib  ketadi.  Birining  poytaxti 

Bolasog’un bo’lib, oliy hokimiyat yoshi katta bo’lgan xoqon tomonidan boshqarilgan; ikkinchi davlatning 

poytaxti  Taroz,  keyinchalik  Qoshg’ar  bo’lib,  kichik  xoqon  tomonidan  boshqarilgan.  Qoraxoniylar 

Somoniylar  davlatidagi  milliy  nizolardan  ustalik  bilan  foydalandilar.  Xasan  Bug’roxonning  992  yili 

Somoniylarga qarshi yurishi oldidan somoniylar lashkarboshisi Xuroson hokimi Abuali Simjuriy u bilan 

muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshisi, Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi 

Bug’roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo’lishiga qaramay taslim bo’ladi. Iloq hokimi 

Mansur ibn Ahmad esa, xoqonga tobe’lik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Buxorodan Qoshg’arga 

ketayotganda  Bug’roxon  kasallanib  vafot  etadi.  Bundan  foydalangan  Nuh  ibn  Mansur  taxtni  qayta 

egallaydi. 

996 yili Qoraxoniylar xoni Nasr Buxoroni yana bosib oladi. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim 

Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo’lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 

Somoniylarning G’aznadagi noibi Sabuktegin 997 yilda vafot etdi. O’rniga uning o’g’li Mahmud G’azna 

hokimi bo’ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi. 

1001  yilda  Sulton  Mahmud  Qoraxoniylar  xoni  Nasr  bilan  shartnoma  tuzib,  Amudaryoni  ikki 

o’rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o’rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi: 

Birinchisi-Qoshg’ardan  Amudaryogacha  cho’zilgan  SHarqiy  Turkistonning  bir  qismida,  Yettisuv, 

SHosh, Farg’onaning qadimgi hududlarini o’z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati. 

Ikkinchisi-SHimoliy  Hindiston  sarhadlaridan  Kaspiy  dengizining  janubiy  qirg’oqlarigacha 

cho’zilgan hamda hozirgi Afg’oniston va SHimoli sharqiy Eronni o’z ichiga olgan G’aznaviylar davlati 

edi. 


Iloq  hokimlari  nomigagina  qoraxoniylarga  qaram  bo’lib,  o’z  yurtlarini  mustaqil  ravishda 

boshqarganlar. Iloqdagi dehqonlar sulolasining asoschisi Mansur ibn Ahmadning o’g’li Muhammad ibn 

Mansur (1004-1008) bo’lgan. Uning o’g’li Abushujo Solor ibn Muhammad (1008-1009) qoraxoniylar xoni 

Ahmad ibn Aliga qaram bo’ldi. Iloqda Nasr ibn Alining uchinchi ukasi Muhammad ibn Ali (1010-1015) 

Inoltegin laqabi bilan pul zarb qilgan. Unga Iloq, Xo’jand, Taroz mulklari tobe’ bo’lgan. CHug’rotegin 

Xusayn  ibn  Mansur  (1016-1030),  Muhammad  Yusuf  Bug’roxon  (1032-1057)ning  poytaxti  SHosh  edi. 

To’g’rultegin Qoraxon Yusuf (1068-1075) zamonida Iloq SHarqiy Qoraxoniylar davlatiga qaram bo’lgan. 

XI asr o’rtalarida tamg’ochxon unvonini olgan qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g’arbiy Qoraxoniylar 

davlatining poytaxtini O’zgandan Samarqandga ko’chirdi. 



1068  yilda,  Movarounnahrda  qoraxoniy  Ibrohim  ibn  Nasr  o’g’illari  o’rtasida  taxt  uchun  kurash 

boshlandi. Kurashda SHamsulmulk g’alaba qozondi. SHamsulmulk Abulxasan Nasr ibn Ibrohim (1068-

1080) davrida Buxoroda katta qurilish ishlar olib borilgan. 

1080  yilda  SHamsulmulk  vafotidan  keyin  Movarounnahrda  hokimiyat  uchun  kurash  avj  oladi. 

Bundan  foydalangan  saljuqiy  sulton  Malikshoh  1089  yili  Movarounnarga  bostirib  kirdi.  Buxoro  va 

Samarqandni zabt etib, xon Ahmadni asir oldi. Ammo, Ahmad bilan sulh tuzib uni o’z taxtida qoldiradi. 

Qoraxoniy Ahmadning saljuqlarga itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo’ldi. Natijada u 

1095 yilda o’ldirildi. 

Ahmaddan  so’ng  taxtga  o’tirgan  Arslonxon  (1102-1130)  zamonida  qoraxoniylar  garchi  yarim 

mustaqillik sharoitida siyosat yurgizgan bo’lsalar ham, Samarqand shahrining obodonligi bo’yicha katta 

ishlar  qildilar.  Harbiy  qo’mondonlar  va  ruhoniylar  Arslonxon  hokimiyatidan  norozi  edilar.  Arslonxon 

betobligi  tufayli  hokimiyatni  o’g’li  Nasrga  topshiradi.  Lekin  fitnachilar  Nasrni  o’ldiradilar.  Arslonxon 

Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalanib, Sanjar 1130 yili Samarqandni egallaydi. 

XII asr boshlarida qoraxitoylar Bolasog’unni egallaydilar. 1138 yilda qoraxitoylar go’rxoni Sulton 

Sanjarning qarindoshi, Samarqand hukmdori Mahmudni Xo’jand yaqinida mag’lub etadi. SHahar talanib 

katta tovon undirilgan bo’lsa-da, bosib olinmadi. So’nggi qoraxoniylar qoraxitoylarga tobe’likdan qutulgan 

edilar.  Biroq,  1212  yilida Alovuddin  Muhammad  Xorazmshoh  g’arbiy  qoraxoniylar  davlatining  xoqoni 

Usmonni o’ldirib, Samarqandni o’z mulklariga qo’shib oldi. 

Qoraxoniylarda  Qoshg’ar  va  Bolasog’un  poytaxt  sanalib,  ulug’  xon  shu  shaharlardan  birida 

qarorgohda o’tirgan. Ulug’ xoqon yoki ulug’ xon  ul-xoqon degan nomda  yuritilgan. Arab manbalarida 

mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlarida  shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi 

oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg’ochxon deb ham yutirilgan. 

Qoraxoniylarga  qarashli  yerlar  tamg’ochxon  tomonidan  uning  o’g’illari,  qarindoshlari  o’rtasida 

taqsimlangan  edi.  SHu  bois  yer-mulk  masalasida  ota-o’g’il,  amaki,  jiyanlar  hamda  aka-uka-yu 

amakivachchalar o’rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko’rsatib turgan. 

Ettisuvdan  turib  Movarounnahrni  boshqarish  qiyin  bo’lgan.  Qoraxoniylar  davrida  Samarqand 

Elikxoni  ancha  kuchayib  ketgan  edi.  Saroyda  somoniylar  davlatida  bo’lganidek  vazir,  sohibbarid, 

mustavfiy,  hojib,  rais-muhtasib  kabi  amaldorlar  bo’lgan.  Qoraxoniylar  davlatida  imom,  sayyid,  shayx, 

sadrlar mavqei kuchli edi. 

Qoraxoniylar davlati boshlig’i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga 

bo’lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug’ hojibi xoqon bilan fuqaro o’rtasida vositachilik qilgan. 

Xoqon  saroyida  quyidagi  amaldorlar  bo’lgan:  og’ichi-shoyi  kiyimlar  xazinachisi;  biruk-mehmonlarni 

qabul qilish bo’yicha mutasaddi; oshchi-xoqon oshxonasi boshlig’i (bog’archi); bitikchi-munshiy; kotib-

mirza; qushchi-xoqon ovining tashkilotchisi. 

Xoqon  harbiy  qo’shinlari  cherik  deyilgan,  unga  suboshi,  yoki  sipohsolor  qo’mondonlik  qilgan. 

Kichik  zobit  chovush,  sipohiylar  to’dasi  qo’mondoni  xaylboshi  deyilgan.  Qo’shin  o’nlik,  yuzlik, 

mingliklarga bo’lingan. Qoraxoniylar xoqoni qo’shini (harbiy lager) xonto’y deyilgan. Xoqon qo’shinida 

doim 9 ta sariq bayroq xilpirab turgan. Xoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan. 

Xoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo’lingan. Ijtimoiy tuzumda mavqei ancha baland hisoblangan 

yirik  zamindorlar-dehqonlar  qatlami  qoraxoniylar  davrida  o’z  ahamiyatini  yo’qotdi.  O’rta  Osiyo  ko’hna 

zodagon  toifasining  bunday  ahvolga  tushishiga  asosiy  sabab  siyosat  maydonida  yuz  bergan  sulolalar 

o’rtasidagi  taxt  almashuvi,  eng  ta’sirli  jihati  esa  ko’chmanchilik  sharoitiga  moslashgan  el-uluslarining 

o’troq aholi hududlarining ishg’ol etishidir. 

Qoraxoniylarda  oddiy  xalq  budun  deyilgan.  Soliq  to’lovchi  fuqaro  raiyat  deb  atalgan.  Qabila 

boshliqlari  bek  deyilgan,  savdogarlar  sart  deb  atalgan.  Qoraxoniylar  davlatida  hunarmandchilik 

(kulolchilik,  to’quvchilik,  shishasozlik,  temirchilik,  zargarlik),  shuningdek  ziroat  va  chorvachilik 

mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. SHuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir 

qazib olingan. SHaharsozlik inshootlari pishiq g’ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer  egaligining iqto’ 

shakli  keng  tarqalgan.  Manbada  shunday  deyiladi:  “Iqtoga  sohib  bo’lganlar  (muqtalar)  shuni  bilishlari 

lozimki,  ular  faqatgina  raiyatdan  haq  molini  yaxshilik  bilan  olishga  haqlidirlar  va  odamlar  o’z  tanuv 

mollari, bola-chaqalari, asbob-uskunalari bilan xavfsiz bo’lishlari shart. Agar odamlar saroyga kelib, o’z 

hollarini ma’lum qilmoqchi bo’lsalar, ular qarshilik qilmasinlar va qaysi bir muqta shunday qilsa qo’lini 

qisqartirib, iqtosini tortib olish, o’ziga jazo berib, boshqalarga ibrat etib ko’rsatish kerak. 

Xorazmni  mustaqil  davlat  sifatida  shakllanishida  ko’p  xizmat  qilgan  hukmdor  Qutbiddin 

Muhammad  Otsiz  (1127-1156)  edi.  Saljuqiy  Sulton  Malikshoh  davrida  Xorazmni  hukmdori  bo’lgan 

Anushteginning nevarasi Otsiz o’zi tobe bo’lgan Saljuqiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan 

foydalandi. Ayyor, diplomat va mohir sarkarda bo’lgan Otsiz mustaqil  tashqi  siyosat  olib  bordi.  U 



Xorazm  yerlarini  ancha  kengaytirib,  Sirdaryoning  quyi  oqimidagi  yerlarni,  Mang’ishloqni  bosib 

oladi. SHundan so’ng u bir necha bor (1138, 1141-1142, 1147-1148 y.y) Sulton Sanjarga qarshi isyon 

qildi  va  mag’lubiyatga  uchrab  Saljuqiylarga  butunlay  tobe  bo’lib  qoldi.  Lekin  shunga  qaramasdan  u 

Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Sulton Sanjarning o’limidan so’ng (1157 

y) Saljuqiylar davlati deyarli yuq bo’ldi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borish uchun 

keng  yul  ochildi.  Muhammad  Otsizning  o’limidan  so’ng  o’g’li  Elarslon  taxtga  o’tirdi.  U  otasiga 

Qaraganda  ancha  qulay  vaziyatda  davlatni  boshqardi.  Xurosondagi  voqealardan  foydalanib  u  Kaspiy 

bo’yidagi  Dehistonni  bosib  olishga  erishdi.  Elarslon  otasi  davrida  Xorazmga  bo’ysundirilgan 

ko’chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez 

aralasha  boshladi.  1158  yilda  u  katta  qo’shin  bilan  Movarounnahrga  bostirib  kirdi.  Bu  vaqtda 

qoraxitoylarga  vassal  bo’lgan  Qoraxoniylar  ko’chmanchi  qarluq  qabilalari  bilan  jang  olib 

borishayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borgan janglarda yordam 

berdi. Lekin  qoraxitoylar  qo’shinlari  yordamga yetib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga 

majbur bo’ldi. U bir necha marta Xurosonga yurish qilgan bo’lsada, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 

1171-1172  yillarda  qoraxitoylarning  katta  qo’shini  Xorazmshohning  o’lponini  o’z  vaqtida 

to’lamayotganligini  bahona  qilib  Xorazm  ustiga  yurish  qildi.  Elarslonning  buyrug’i  bilan 

Sirdaryodagi katta to’g’on buzib tashlanadi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo’shini 

yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)ni talon-taroj qilishdan saqlab qolindi. 

Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. Undan keyin Xorazm taxtini uning 

kichik  o’g’li  Sultonshoh  egallaydi.  Elarslonning  katta  o’g’li  Alouddin  Takash  Qoraxitoylar  yordami 

bilan  ukasi  Sultonshohdan  taxtni  tortib  olishga  erishdi.  Sultonshoh  Xurosonga  qochishga  majbur 

bo’ldi.  SHundan  so’ng  Alouddin  Takash  (1172-1200  y)  Xorazmda  mahkam  o’rnashib, 

qoraxitoylarga va’da bergan o’lponni to’lashdan bosh tortadi. Bunga javoban qoraxitoylar Xorazmga 

yana  yurish  qiladilar,  lekin  muvaffaqiyatsizlikka  uchraydi.  Qoraxitoylarning  muvaffaqiyatsiz 

yurishlaridan keyin, Takash o’z davlatini yanada mustahkamladi, Movarounnahrga, Xurosonga bir necha 

bor  harbiy  yurishlar  uyushtirdi.  U  Movarounnahrni  egallay  olmagan  bo’lsada,  lekin  Xurosonni  bir 

necha tumanlarini bosib oldi. Lekin Xorazmshoh Takashning Xurosonda kuchli va xavfli raqibi bor edi. 

Bu  tobora  ko’chayib  borayotgan  Guriylar  davlati  edi.  Fy’  viloyati  hozirgi  Afg’onistondagi  Xerirud 

daryosi bo’yida, Hirotdan Balxgacha, Qobuldan G’aznagacha cho’zilgan viloyat bo’ lib, bu yerda 

asosan forsiy qabilalar yashatan. So’nggi Saljuqiylar davrida Gy’ viloyati o’z mustaqilligini ancha 

mustahkamladi. 

1150-1151 yillarda Guriylar hokimi Alouddin G’aznaviylar sulolasi sultoni Baxromshoh ustidan 

g’alaba qozonib, G’azna shahrini vayron qilgan edi. G’aznaviylarga so’nggi zarbani 1186-1187 yillarda 

Guriylar  hokimi  G’iyosiddin  Muhammad  berdi.  SHundan  so’ng  Fyriylar  hozirgi  Afg’onistonni  hamda 

Tojikiston  va  O’zbekistonning  janubiy  hududlarini  ham  ma’lum  vaqt  egallab  turdilar.  Xurosonda 

Saljuqiylarning  kuchsizlanganidan  foydalanib  Guriylar  Sultoni  G’iyosiddin  Muhammad  1175  yilda 

Hirotni egalladi va Xurosonning markaziy rayonlariga hujumlar uyushtirib turdi. Qoraxitoylarning vassali 

hisoblangan  Xorazmshoh  Takash  esa  Xorazmni  qoraxitoylar  qo’lidan  qutqarish  uchun  katta  kuch 

sarflashga  majbur  bo’ldi.  Xorazmshohning tobora ko’chayib borayotganidan xavfsiragan Xalifa Nasr 

qo’shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida xorazmliklar xalifa qo’shinlarini yengdilar. 

SHu tariqa Eronning katta qismi Xorazmshohlar qo’liga o’tdi va Xorazm davlati hududi birdaniga ikki 

baravariga  kengaydi.  Xorazm  davlati  endi  Bag’dod  xalifasiga  tegishli  joylar  va  Guriylar  bilan 

chegaradosh  bo’lib  qoldi.  1200  yilda  Takash  vafot  etdi  va  shundan  keyin  Iroqda  xalq 

qo’zg’oloniko’tarildi,  bu  yerdagi  Xorazm  qo’shinlarining  katta  qismi  qirib  tashlandi,  qolganlari 

Xurosonga chekinishga majbur bo’ldi. Xorazmshohlar ichida Takash eng  iqtidorli  lashkarboshi  va 

hukmdor  edi.  U  juda  og’ir  vaziyatda  Old  Osiyo  va  Markaziy  Osiyoning  katta  qismini  birlashtirib 

qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. 

Lekin  Takashning  katta  xatosi  shunda  ediki,  u  o’zining  xotini  Turkon  Xotun  mansub  bo’lgan 

qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi, ularni doimo qo’llab-quvvatladi. Turkon Xotunning davlat 

ishlariga  aralashuvi  Xorazmdagi  ichki  nizolarning  ko’chayishiga  olib  keldi.  Takashning  o’limidan 

keyin  Xorazm  taxtiga  uning  o’g’li  Alouddin  Muhammad  o’tirdi  (1200-1220  yy)  1203  yilda 

Muhammad qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atroflarini 

egalladi,  1207  yilda  u  o’z  poytaxtiga  qaytib  Movarounnahrni  bosib  olish  uchun  tayyorgarlik  ko’ra 

boshladi.  SHu  yilning  o’zidayoq  Muhammad  Movarounnahrga  katta  kuch  bilan  harbiy  yurish 

boshladi. Buning sababi Buxoroda ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni edi. Bu qo’zg’olon 1206 yilda Buxoro 

sadri (hokimi) Muhammad ibn Abdulazizga qarshi qaratilgan edi. Buxoro sadrlariga xos barcha yomon 




xislatlar  bu odamda mujassam edi. U xalqdan katta soliqlar  olib, ularni shafqatsizlarcha ezar edi. 

U diniy rahbar bo’lishiga qaramasdan aysh-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi. 

Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari shahar hunarmandlari edi, qishloq 

aholisi - dehqonlar bu harakatni qo’llab quvvatladi. Bu qo’zg’olonning boshlari qalqon yasovchi ustaning 

o’g’li Malik Sanjar ismli shaxs edi. Qo’zg’olonchilar sadr  Muhammadni oilasi bilan quvib chiqardilar. U 

qoraxitoylardan yordam so’radi. Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib 

Buxoroni  bosib  oldi  va  shu  tariqa  Movarounnahrni  Xorazm  tarkibiga  qo’shib  olish  boshlandi. 

qo’zg’olonchilarning boshlari Malik Sanjar Urganchga olib ketildi. 

Movarounnahr  xalqi  Xorazmshohni  qoraxitoylar  zulmidan  qutqaruvchi  kuch  sifatida  qarshi  oldi. 

Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylarning vassali bo’lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) 

Usmon bilan do’stona munosabat o’rnatdi. Bu esa qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilis higa olib 

keldi  va  ular  shaharni  bosib  oldilar.  Bu  vaqtda  mo’g’ul  qabilalaridan  biri  bo’lgan  naymanlar 

qoraxitoylarning  Yettisuvdagi  yerlariga  bostirib  kirdilar.  SHuning  uchun  qoraxitoylar  shoshilinch 

ravishda  orqaga  qaytishga  majbur  bo’ldilar.  Qoraxitoylarning  qiyin  ahvolga  tushib  qolganidan 

foydalangan  Xorazmshoh  Samarqandni egallab (Usmon uning vassaliga aylandi) qoraxitoylar  ustiga 

yurish qildi va Talas vodiysida 1210 yilda qoraxitoylar qo’shini ustidan g’alaba qozondi. Bu g’alaba 

tufayli  Muhammad  Xorazmshohning  ahvoli  ancha  mustahkamlandi.  Samarqand  hokimi  Usmon 

Xorazmshohning to’liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo’ldi. 

Soliqlarning  haddan  tashqari  oshib  ketganligidan  norozi  bo’lgan  Samarqand  xalqi  1212  yilda 

qo’zg’olon  ko’tardi.  Katta  qo’shin  bilan  Xorazmshohning  o’zi  Samarqandga  kirib  borib 

qo’zg’olonchilardan shavqatsizlarcha o’ch oldi va o’z kuyovi Usmonni ham o’ldirdi. SHundan so’ng 

u Movarounnahrdagi vaziyatni o’z foydasiga hal etish uchun Farg’onani Usmonning ukasi Qodirdan 

tortib  oldi.  O’zgan  shahrini  ham  egalladi  va  shu  tariqa  qoraxoniylar  sulolasi  butunlay  tugatildi. 

Qoraxitoylar  sulolasini  esa  ko’chmanchi  naymanlar  Quchluq  rahbarligida  tugatdilar.  Xorazmshoh 

Markaziy  Osiyoni  butunlay  egallagandan  so’ng  G’arbga  yurish  qildi  va  tez  orada  Eron  va 

Afg’onistonni bosib oldi. Bag’dod xalifasini ag’darishga o’rinib ko’rdi. 




Download 301,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish