4-Mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti. Toxiriylar va Somoniylar davlati



Download 301,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana31.12.2021
Hajmi301,44 Kb.
#260713
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-семинар

Somoniylar sulolasiga asos solgan Somonxudod yirik yer egasi bo’lgan. Manbalarning birida u Balx 

yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo’lganligi qayd etilgan. Somonxudod 

Ma’mun Xuroson noibligi paytida unga xizmatga o’tgan va tez orada uning e’tiborini qozongan, Ma’mun 

ta’siri ostida xalq zardushtiylik dinidan voz kechib, islom diniga kirgan. Xuddi shu vaqtda Somoniyning 

o’g’li Asad ham xalifa Ma’mun e’tiboriga tushgan. Asadning to’rtta o’g’li bo’lgan va ular Ma’mun saroyida 

xizmat  qilishgan.  Ma’munning  buyrug’iga  binoan  Xuroson  noibi  Asadning  o’g’illarini  820  yilda 

Movarounnahr  o’lkalariga  noib  qilib  tayinlaydi.  Xususan,  Asadning  katta  o’g’li  Nuhni  Samarqand, 

Ahmadni Farg’ona, Yahyoni SHosh va Ustrushona, Ilyosni Hirot noibi qilib tayinlaydi. Toxir ibn Xusayn 

Asadning o’g’illarini yaxshi bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo’lini cho’zgan. 

Ahmad  Somoniy  asta-sekin  Movarounnahrni  o’z  oilasi  boshchiligida  birlashtirishga  kirishadi. 

Toxiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko’rsata olmadilar. 864 yilda Ahmad vafot etdi. Somoniylar 



sulolasining boshlig’i sifatida 865 yilda Ahmadning o’g’li Nasr tan olindi. Lekin hamma Somoniylar ham 

sulola boshlig’i sifatida Nasrni birdan tan olmadilar: xususan SHosh hokimi Yoqub Nasrni tan olmay o’z 

nomidan tangalar zarb qila boshladi. Ayniqsa, Nasrning ukasi Ismoil bilan aloqasi keskin edi. Ma’lumki, 

873 yili Buxoro viloyatini Toxiriylarning so’nggi vakili Muhammad ibn Toxir bosib oldi va unga soliqlar 

soldi. Bundan g’azablangan xalq Muhammadga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. SHahar amaldorlari Nasr ibn 

Ahmadga murojaat qilib, somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Buxoroni somoniylar 

davlatiga qo’shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursand bo’lib qabul qildi va Buxoroga noib qilib 

ukasi Ismoilni jo’natdi. Ismoil Buxoroga kelib qo’zg’olonni bostirdi. 

Nasr  Ismoilni  o’z  noibi  deb  hisoblar  edi.  Ismoil  ibn  Ahmad  Buxoroda  o’z  hokimiyatini 

mustahkamlab  olgach,  Samarqandga  yuboriladigan  soliqni  yubormay  qo’ydi.  SHundan  so’ng  aka-uka 

o’rtasida nizo paydo bo’ldi: 886 yili Nasr va Ismoil qo’shinlari to’qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag’lub 

bo’ldi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o’tgach aka-uka qo’shinlari o’rtasida 

yana  to’qnashuv  bo’ldi.  Bu  jangda  Ismoilning  qo’li  baland  keldi.  Nasr  qo’shini  tor-mor  qilindi. 

Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo’liga o’tdi. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi va Nasr o’z 

vafotigacha (892 yili) somoniylarning boshlig’isifatida Samarqandda qoldi. 

Nasr vafotidan so’ng Ismoil davlat boshlig’i bo’ldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. 

O’zaro  janjal  va  isyonlarni  bartaraf  etgach  Ismoil  893  yili  ko’chmanchilarga  qarshi  qo’shin  tortdi  va 

Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va uning 10 ming qo’shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o’ljani 

qo’lga  kiritdi.  Xalifa  al-Mutadis  (892-902y)  Ismoilni  qudrati  ko’chayib  ketayotganligini  ko’rib, 

Movarounnahrdan mahrum bo’lib qolishidan sarosimaga tushdi hamda hiyla yo’llarini izlay boshladi. U 

Movarounnahrdan  o’zining  barcha  odamlarini  saroyga  taklif  etdi  va  ularga  Ismoilni  Movarounnahr 

hokimligidan tushirilganligini va Amr ibn Laysni u yerga hokim qilib tayinlanganligini e’lon qildi. Bu bilan 

xalifa o’zining ikki dushmanidan bir yo’la qutulmoqchi edi. Movarounnahr noibligi to’g’risida yorliqni 

olgan Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo’shin tortdi. 900 yili Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qo’shini tor-

mor  etiladi.  Narshahiy  va  boshqa  mualliflarning  qayd  qilishicha,  Ismoil  Amir  bilan  bo’ladigan  jangga 

qo’shindan  tashqari  Buxoro  hunarmandlarini  hamda  oddiy  xalqning  qo’liga  qurol  berib,  o’z  ozodligini 

saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining bu jangda ishtirok etishi Ismoilga zafar keltirdi. Ismoil 

arab bosqinidan keyin birinchi bo’lib o’zaro janjallar, bosqinchilar tomonidan talangan o’lkani qudratli bir 

davlatga aylantirishga muvaffaq bo’ldi. 

Endi Ismoil oldida asosiy masala turar edi. U ham bo’lsa arab xalifaligidan o’z mustaqilligini saqlab 

qolish uchun markazlashgan mustahkam davlat ma’muriyatini tuzish kerak edi. Yirik yer egasi bo’lgan 

Ismoil birinchi navbatda mahalliy feodal zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko’zlab ish tutdi. 

Davlatning  iqtisodiy  kuch-qudratini  oshirish,  qishloq  xo’jaligini,  hunarmardchilikni  va  savdoni 

rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar yaratib berish lozim edi. SHu maqsadda Ismoil katta va yaxshi 

qurollangan, saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g’ulomlaridan iborat 

qismlarni  tuzishga  katta  e’tibor  berdi.  Natijada  Somoniylar  davlati  tez  orada  musulmon  sharqidagi 

markazlashgan kuchli davlatga aylandi. 

Yirik yer egasi bo’lgan Ismoil mahalliy feodal zodagonlar va savdogarlarga suyanib davlatni idora 

qilgan.  Lekin  Ismoil  ham,  boshqa  somoniylar  ham  ichki  ijtimoiy  ziddiyatlarni  yo’qota  olmagan. 

Dexqonlarning  yer  egalari  tomonidan  qattiq  ekspluatatsiya  qilinishi  natijasida  feodallarga  qarshi 

qo’zg’olonlar  bo’lib  turgan.  Bundan  tashqari,  ayrim  chekka  o’lkalarning  hokimlari  markazlashtirish 

siyosatiga iloji-boricha qarshilik ko’rsatganlar. Xususan, Xorazm, Afg’oniston  hududlarida joylashgan 

hokimlar  somoniylarga  vassal  bo’lsada,  ular  o’z  yerlarida  mustaqil  siyosat  yurgizganlar.  Ular 

somoniylar saroyiga to’lanadigan soliqning ma’lum qismini emas, balki sovg’a-salomlar yuborish bilan 

kifoyalanganlar. 

907  yilda  Ismoil  vafot  etgach  taxtni  o’g’li  Ahmad  ibn  Ismoil  egalladi  (907-914  y).  Ahmad 

hukmronligi  davrida  bir  qancha  qo’zg’olonlar  bo’lib  o’tdi.  Xususan,  amakisi  Ishoq  ibn  Ahmad 

Samarqandda,  Ray  va  Seyiston  hokimlari  isyon  ko’tardilar.  Bu  isyonlar  shavqatsizlik  bilan  bostirildi. 

Ahmad  uzoq  vaqt  hukmronlik  qilmadi.  Davlatni  idora  etishda  arab  tilini  qayta  tiklanishi  ko’pgina 

mahalliy zodagon va Turk g’ulomlarining noroziligini uyg’otdi. 914 yilda u Turk g’ulomlari tomonidan 

o’ldirildi. Taxtga Ahmadning 8 yoshli o’g’li Nasr ibn Ahmad (914-943 y) o’tirdi. Saroyning ruxsati 

bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqardi. 

914  yilning  oxirida  Samarqandda  yana  qo’zg’olon  ko’tarildi.  Davlatning  janubiy  hududlarida 

bo’lgan Xusayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo’zg’olon ayniqsa keskin tus oldi. Qo’zg’olon karmatlar 

g’oyasi bayrog’i ostida bo’lib o’tdi. Bu qo’zg’olon 918 yilda bostirildi. Marvoziy asir olindi. Ko’p o’tmay 

Marvoziy rahbarligidagi qo’zg’olon bostirilgach Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. 




922  yilda  esa  Ilyos  ibn  Issoq  qo’zg’olon  ko’tardi.  Tinmay  davom  etgan  qo’zg’olon  va  isyonlar 

Somoniylar davlatining qudratiga katta ta’sir ko’rsatdi va u asta-sekin tanazzulga yuz tutdi. 

Nasr hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. 

Karmatlar  islomni  yoyilishiga,  feodal  munosabatlarni  ko’chayishiga  qarshi  chiqdilar  va  oldingi 

an’analarni,  qishloq jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqdilar. SHuning uchun bu harakatga keng xalq 

ommasi qo’shildi. Karmatlar g’oyasiniamaldorlarning bir qismi va hatto Nasrning o’zi ham qabul qildi. 

Nasrning  bu  qadami  reaktsion  musulmon  ruhoniylarning  va  turk  g’ulomlari  noroziligini  qo’zg’atdi. 

Natijada, Nasr taxtdan voz kechishga majbur bo’ldi. Taxtga Nasrning o’g’li Nuh o’tirdi  (943-954yillar). 

Nuh karmatlarga qarshi shavqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklari musodara qilindi. Nuh hatto 

o’z otasi Nasrni zanjirband qilib, qal’aga qamab qo’yishga buyruq berdi. 

Nuh hukmronligi davrida Somoniylar davlatini inqirozi ko’zga yaqqol tashlana boshladi. Bo’shab 

qolgan xazinani to’ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini ko’paytirdi. Bu xalq noroziligini yanada 

oshirdi.  Xalq  noroziligidan  foydalangan  Nuhning  amakisi  Ibrohim  ibn  Ahmad  Xuroson  noibi  Abu  Ali 

CHaroniy  yordamida  vaqtincha  Buxoro  taxtini  egallab  olishga  muvaffaq  bo’ldi.  Abu  Ali  CHaroniy 

Xurosonga qaytgach Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin, 

Somoniylarning  Abu  Ali  Charoniy  bilan  kurashi  Abdumalik  hukmronligi  davrida  (954-961yy)  ham 

davom etdi. Abdumalik zamonida turk lashkarboshilarini davlat ishlariga aralashishi ancha ko’chaydi. 

Xususan,  turk  lashkarboshisi  Alp  Tegin  «buyuk  Xojib»  lavozimiga  ko’tarilgan.  Abdumalik  vafotidan 

keyin  Somoniylar taxti uchun  kurash  yanada  keskin tus oldi. Alp Teginning qat’iy harakati bilan taxtga 

o’tirgan Abdumalikning o’g’li bor yo’g’i 6 kun hukmdorlik qilgan. Taxtga Mansur ibn Nuh (961-976 yillar) 

o’tirgan. 

Soliqlarning  yil  sayin  ko’payib  borishi,  feodallarning  o’zaro  janjallari,  noiblarning  markazga 

bo’ysunmay  qo’yishi  va  saroydagi  bo’layotgan  taxt  uchun  kurashlar  somoniylar  davlatini  juda 

zaiflashtirib yubordi. Bu kurashlar ayniqsa, Amir Mansur ibn Nuh  II (976-997yillar) hukmronligi 

davrida  keskin  tus  oldi.  Ichki  nizolar  oqibatida  Nuh  II  Yettisuv  va  Qashg’arda  vujudga  kelgan 

Qoraxoniylar  davlatining  Movarounnahrga  qilgan  yurishlariga  keskin  qarshilik  qilolmadi.  Somoniylar 

davlatidagi  siyosiy  beqarorlikdan  foydalangan Qoraxoniy Xorun Bug’roxon 990 yili Fa’b  tomon  qo’shin 

tortdi va ikki yil davomida somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni o’z davlati tarkibiga qo’shib 

oldi. 

997 yili Nuh II vafot etdi. Taxtga o’tirgan Mansur ibn Nuh o’z amaldorlari bilan kelishishga harakat 



qildi.  Ammo  bu  harakat  yaxshi  natija  bermadi.  Somoniylar  saroyidagi  eng  nufuzli  amaldorlardan 

hisoblangan  Abu  Ali  Muhammad  Isfijobiy  amirga  qarshi  isyonko’tardi.  Isfijobiyni  iltimosiga  binoan 

Qoraxoniy hukmdori Elik Nasr somoniylarga qarshi qo’shin tortdi. Lekin Elik Nasr Isfijobiyning o’zini amir 

qilib  O’zgandga  jo’natdi.  Bu  paytga  kelib  somoniylar  saroyida  o’zaro  kelishmovchiliklar  yanada 

kuchaydi.  999  yili  Mansur  taxtdan  tushirildi,  va  ko’zi  ko’r  kilindi.  Taxtga  Mansurning  ukasi 

Abdumalik ibn Nuhni o’tqazishdi. Mahmud G’aznaviy 999 yilning may oyida Mansur uchun o’ch olish 

shiori ostida Movarounnahrga qarshi qo’shin tortdi. U Somoniylar qo’shinini tor-mor qilib katta o’ljalar 

bilan  G’aznaga  qaytdi.  Yuzaga  kelgan  bu  vaziyatdan  Elik  Nasr  ham  foydalanishga  harakat  qildi. 

Negaki, bu jang oqibatida Xuroson Mahmud G’aznaviy qo’liga o’tgan edi. SHu yilning dekabrь oyida 

Elik Nasr somoniylar sulolasini tugatish maqsadida Buxoroga qo’shin tortdi. Somoniylar Buxoro aholisi 

yordamida  Qoraxoniylarni  shaharga  kirgizmaslikka  harakat  qildilar.  Lekin  aholining  ko’p  qismi 

Somoniylarni qo’llab-quvvatlamadi  va  Elik  Nasr  Buxoroni  999  yilning  23  oktyabrida  aytarli  qarshiliksiz 

bosib oldi. Elik Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab o’zi Urganchga qaytdi. 

Yuqoridagi voqealardan so’ng Nuh  II ning o’g’li Abu Ibrohim Ismoil (Muntasir laqabi bilan) bir 

qancha  muddat  samoniylar  davlatini  tiklash  uchun  Qoraxoniylarga  qarshi  goho  yutuqli  goho 

muvaffaqiyatsiz urushlar olib bordi. Bu kurashlarda unga Saljuqiylar, goho G’aznaviylar hukmdorlari ham 

yordam  berib  turdilar.  Lekin  Qoraxoniylar  qo’shini  bilan  to’rtinchi  marta  yirik  to’qnashuvdan  so’ng  u 

jangda yengiladi va 1005 yil boshlarida o’ldiriladi. SHu tariqa Somoniylar hukmronligi Movarounnahr va 

Xurosonda tugatilib, ularga qarashli o’lkalarni Qoraxoniylar va G’aznaviylar bo’lib olishdi. 


Download 301,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish