4-Mavzu: IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti. Toxiriylar va Somoniylar davlati


Ikkinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 301,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi301,44 Kb.
#260713
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-семинар

Ikkinchi rejada quyidagilar yoritiladi. G’azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X 

asrning  ikkinchi  yarmiga  to’g’ri  keladi.  G’aznaviylar  davlatining  asoschisi  Sobuqtegin  bo’lib,  bu  davlat 

uning o’g’li Mahmud G’aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning 

hududi  Mahmud  G’aznaviyning  istilochilik  yurishlari  tufayli  shimoliy  va  shimoli-g’arbiy  Hindistondan 

Chag’aniyon  va  Xorazmgacha  cho’zilgan  bo’lib,  unga  Eronning  katta  qismi  ham  kirgan  edi.  Mahmud 

G’aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta’sir ko’rsatar edi. O’z 

davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo’l hukmdori bo’lgan Mahmud G’aznaviy 1030 yilda vafot etadi. 

Shundan  so’ng  taxtni  uning  o’g’li  Ma’sud  (1030-1041)  egallaydi.  Lekin  Ma’sud  otasi  tuzgan  davlatni 

butunligicha saqlab qololmadi. 

Mahmud G’aznaviyga rasman tobe bo’lgan, lekin amalda mustaqil boshqariladigan Xorazm shohi 

Xorun  ibn  Oltintosh  1034  yilda  Xorazmni  butunlay  mustaqil  deb  e’lon  qildi  va  katta  qo’shin  bilan 

Xurosonga  yurish  qildi.  Lekin  Sulton  Ma’sud  tomonidan  sotib  olingan  kishilar  Xorazm  shohi  Xorunni 

o’ldiradilar.  Uni  qo’llab-quvvatlagan  qoraxoniylar  qo’shini  yana  Samarqandga  qaytib  ketadi.  Shundan 

so’ng  Sulton  Ma’sud  qoraxoniylar  bilan  muzokaralar  olib  boradi  va  shu  yo’l  bilan  g’aznaviylar 

hokimiyatiga bo’lgan xavfni bir oz kamaytiradi. 

G’aznaviylar  sultoni  Ma’sud  Xurosonga  yurish  qilgan  turkiy-saljuqiylar  bilan  ko’p  bor  jang  olib 

borishga  majbur  bo’ldi.  Mahmud  G’aznaviyning  ruxsati  bilan  shimoliy  Xurosonga  joylashib  olgan 

saljuqiylar bu davrga kelib, g’aznaviylar uchun katta xavf tug’dira boshladi. 1035 yilda saljuqiylarning 

Xurosonga  yangi  hujumi  boshlanadi.  Nishopurdan  Niso  shahriga  yetib  kelgan  g’aznaviylar  qo’shini 

saljuqiylarga zarba bergan bo’lsada, Saljuqiyning nevarasi Tog’rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar 

kechasi G’aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g’alaba qozonadi. 1037 yil aprelь oyida turkmanlar Mari 

viloyatini  uzil-kesil  egallashga  erishdilar  va  Bag’dodda  xalifaga  hokimiyat  uchun  yorliq  berishni  so’rab 

elchi jo’natadilar. SHu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi. 

Keyingi yillar turkmanlar Tog’rul boshchiligida bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini 

bosib oldilar. Shundan so’ng Ma’sud katta qo’shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040 yilda Mari 

yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo’lib, bunda Ma’sud armiyasi qattiq mag’lubiyatga 

uchradi.  Jangdan  zo’rg’a  qochib  qutulgan  Ma’sud  tez  orada  (1040  y.)  vafot  etdi.  Uning  vorislari 

g’aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo’la olmadilar. 

G’aznaviylarga  tegishli  Xuroson  asta-sekin  saljuqiylar  qo’liga  o’tdi.  Saljuqiylar  davlatining  bosh 

sultoni  bo’lib,  Tog’rulbek  (1038-1063  y.)  saylandi.  U  katta  istilochilik  yurishlari  olib  borib,  Balxni, 

Iroqning shimoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo’histonni ham bosib olishga erishdi. 1055 yilda u katta 

qo’shin bilan Bag’dodga kirib keldi va xalifadan o’z nomiga xutba o’qitishni talab etdi. SHundan so’ng 

xalifa diniy hokimiyatni o’z qo’lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog’rulbekka 



topshirdi.  Saljuqiylar  davlatining  poytaxti  qilib  Tog’rulbek  Ray  shahrini  tanladi.  Uning  hukmronligi 

davrida  saljuqiylar  Kavkazda  Vizantiya  qo’shinlariga  ham  katta  zarba  berdilar.  U  Movarounnahrda 

hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do’stona munosabatlar o’rnatdi. Lekin, uning vorisi Alp Arslon 

(1063-1072) Amudaryoning o’ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya 

imperatori Roman IV Diogen qo’shinlarini mag’lub etdi. Undan keyin taxtga o’tirgan Malikshoh (1072-

1092) 1089 yilda qoraxoniylar o’rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va 

katta o’lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljuqiylarning yarim vassaliga aylandilar. 

Malikshohning  o’limidan keyin  Saljuqiylar  davlatida  taxt  uchun  o’zaro  kurashlar  qizib  ketadi  va 

1118 yilda hokimiyat buyuk saljo’qiylar sulolasining so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo’liga 

o’tadi.  Uning  davrida  saljuqiylar  davlatining  poytaxti  Marv  shahriga  ko’chirildi.  U  Movarounnahrdagi 

qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o’tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141 

yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan 

qo’shinlari o’rtasida, Samarqand yaqinidagi Katvon cho’lida bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylarning g’alaba 

qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zaiflashtirdi. Saljuqiylarning mag’lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin 

Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi, 

1142  yilda  esa  Nishopurga  yurish  qildi.  Lekin  Sulton  Sanjar  Xorazm  qo’shinlarini  Xurosondan  quvib 

chiqardi  va  Xorazmshoh  Otsizni  yana  o’ziga  bo’ysundirishga  erishdi.  Sulton  Sanjarning  harakatlariga 

qaramasdan Saljuqiylar davlati o’zining avvalgi qudratini yo’qota bordi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani 

Balx  va  Xuttalon  viloyatlarida  yashovchi  ko’chmanchi  G’o’z  qabilalar  berdilar.  Ular  Sulton  Sanjar 

qo’shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. G’o’zlar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, 

o’t  qo’ydilar.  Sulton  Sanjar  1156  yilda  asirlikdan  qochishga  muvaffaq  bo’lsa  ham,  lekin  saljuqiylar 

davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi. 




Download 301,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish