Mundarija kirish I bob. Jizzax viloyatning tabiiy geografik xususiyatlari va tabiiy resurslari



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana26.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#473451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
jizzax viloyatining turistik rekratsion salohiyatidan foydalanish muammolari va istiqbollari

 
1.4. TUPROQ VA ORGANIK DUNYOSI 
Jizzax viloyati hududida O’zbekistondagi barcha tuproq turlarini ko’rish 
mumkin. Bunga hududning nisbatan balandda joylashganligi, yer yuzasining 
nihoyatda parchalanganligi, tuproq hosil qiluvchi jinslarning har xilligi, iqlim 
sharoiti, o’simlik qoplami va insonning xo’jalik faoliyati sababchidir. Turli xil 
tuproq tiplarining hosil bo’lishi va hududiy taqsimlanish xususiyatiga ko’ra cho’l, 
cho’la cho’l, dasht, o’rmon-dasht va baland tog’ o’tloq tuproqlar zonasi mavjud.
Viloyatning shimoliy qismida joylashgan tabiiy botig’ va so’nggi yarim asr 
davomida ushbu hududda paydo bo’lgan Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi atrofida 
sho’rxoklar tarqalgan. Sho’rxoklar yer yuzasiga yaqin bo’lgan yer osti suvlarining 
bug’lanishi va uning tarkibidagi tuzlarning tuproqda qolib ketishi natijasida paydo 
bo’lgan. Bu tuproqlar deyarli gumus qatlamga ega emas va o’simlik qoplami ham 
kambag’al.


18
Jizzax viloyati hududida joylashgan Qizilqum cho’lining janubi-sharqiy 
qismida qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Qumli cho’l tuproqlarning yuza qismi 8-
10 sm gacha sochilma qumlardan iborat, bu o’simlik ildizlari uchun noqulay 
bo’lishiga qaramasdan sho’rxoklarga nisbatan o’simlik biroz ko’p.
Qumli cho’l tuproqlarida chirindi va ozuqa moddalar kam, u 0,3-0,6 foizni 
tashkil qiladi, bunga cho’l sharoitida biologik jarayonlarni juda tezlik bilan o’tishi 
sababchidir. Hududning pastqam joylarida ham ba’zan sho’rxok tuproqlar 
uchraydi, yuzasi tekis, biroq zich, bu tuproqlarda o’simliklar o’sa olmaydi va ular 
foydalanish uchun noqulaydir. Sho’rxoklarda chirindi va ozuqa moddalar deyarli 
yo’q. Ular tarkibida suvda tez eriydigan xlorli, sulfatli va natriyli tuzlar mavjud, bu 
esa ularning kimyoviy xususiyatlarini yomonlashtiradi. 
Nurota tizmasining shimoliy qismidagi tog’oldi tekisliklarda keskin 
kontinental iqlim sharoitida och bo’z tuproqlar tarqalgan. Iqlim keskinligi, 
yog’ingarchilikning bug’lanishga nisbatan katta tafovutga ega ekanligi, tuproq 
qatlamiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Chirindi moddalari tuproqning yuqorigi 15-20 
sm lik qatlamida mavjud bo’lib, 1,5 % dan oshmaydi. Tog’lardan uzoqlashgan sari 
tuproqning gips qatlami yer yuzasiga yaqinlashib, sho’rlanish darajasi oshib 
boradi. Tog’ etagi tekisliklaridagi bo’z tuproqlar asosan bahorikorg’allachilikni 
rivojlantirishda va chorva yaylovlari sifatida foydalaniladi. 
Inson sug’oriladigan tuproqqa har xil ishlov berib, uning tabiiy xususiyatini 
o’zgartirgan, natijada madaniy qatlam vujudga kelgan. Bo’z tuproqlar ko’pincha 
obikor yerlar hisoblanib, unda qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladi. Ko’p yillik 
agrotexnik ishlov berish natijasida sug’oriladigan bo’z tuproqlar tarkibida azot, 
fosfor, kaliy va boshqa ozuqa elementlari ko’paygan. Ular tarkibidagi chirindi 
miqdori 2-4% ni tashkil etadi. Viloyatning tog’ etaklarida va tog’ yonbag’irlarining 
dengiz sathidan 1000 -1600 metrgacha balandlikda bo’lgan joylarida to’q tusli bo’z 
tuproqlar va och tusli jigarrang tuproqlar tarqalgan bo’lib, ularning tarkibidagi 
chirindi miqdori 3-5 % dir. 
Tog’li hududlarning dengiz sathidan 1500-1800 m gacha bo’lgan joylarida 
to’q tusli bo’z tuproq, jigar rang va o’rmon qo’ng’ir tuproqlari tarqalgan. Bunday 


19
tuproqlarni Zomin tog’lari, Molguzar va Chumqortog’ tizmalarining shimoliy 
yonbag’rida uchratish mumkin. 2000-2600 m dan baland bo’lgan Zomin tog’i va 
CHumqortog’ning suvayirg’ich qismlarida asosan och qo’ng’ir tuproqlari mavjud, 
ularda ko’pincha tuproq hosil qiluvchi jinslar qatlami ko’rinib turadi. Tuproq 
qatlamining yupqaligini iqlimning keskinligi va vegetasiya davrining qisqa 
ekanligi bilan izohlash mumkin.
Viloyatda qishloq xo’jalik tarmog’ining rivojlanishi ko’p jihatdan yer 
resurslariga bog’liq. Mavjud tuproqlar ancha unumdor bo’lishiga qaramasdan, 
agrotexnik va agrokimyoviy tadbirlarni doimo o’z vaqtida amalga oshirishni talab 
qiladi. Amalga oshirilayotgan irrigasiya va meliorasiya tadbirlari tuproqlarni tez 
sho’rlanishdan saqlaydi, ammo bu ishlar doimiy va tizimli bo’lishi kerak. 
Mustaqillik yillarida yer resurslari tizimining tavsifi, ya’ni yer kadastri 
yaratildi. Kadastr so’zi yunon tilida 
katastichon
–“varaq, mol-mulk daftari yoki 
mulkiy daftar” degan ma’noni bildiradi. Bu so’z keyincha, fransuz tiliga
kadastre
-
shaklida kirib kelgan, vaqt o’tishi bilan rus va u orqali o’zbek tiliga kadastr 
shaklida qabul qilingan. Endilikda yer kadastriga asoslanib, har bir sug’oriladigan 
maydonni ball bonitetini aniqlash mumkin. Bu viloyat hududida qishloq xo’jalik 
ekinlarini to’g’ri joylashtirish va undan olinadigan hosildorlikni oshirish 
imkoniyatini beradi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish