10
etmoqda. Bunga insonning xo’jalik faoliyatining ta’sirini
misol qilib keltirishimiz
mumkin. Bu ta’sir natijasida relefning yangi antropogen shakli paydo bo’lmoqda.
Viloyat yer yuzasining tuzilishi bir xil shakllanmagan bo’lib bunda,
tekisliklar, adirlar, tog’oldi va tog’larning o’zaro mujassamlashganligini ko’rish
mumkin. Mutaxassislar fikricha, orografik jihatdan Jizzax viloyati bir-biridan
keskin farq qiladigan ikki qismga ajraladi-tekislik va tog’lik. Viloyatning shimoliy
qismi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat,
qolgan tomonlardan uni
Turkiston tizmasining tarmoqlari bo’lgan
Chumqortog’
,
Molguzar
va
Nurota
tog’lari o’rab turadi.
Bu ikki qism relefi va geologik tuzilishiga ko’ra muayyan tafovutlarga ega.
Masalan, viloyatning tekislik qismi shimoli-g’arbga tomon qiya bo’lib, o’rtacha
balandligi 250-300 metrni tashkil qiladi. Turkiston tizmasining davomi
hisoblangan Molguzar tog’ining o’rtacha balandligi viloyat hududida 1700-2200
metrga teng, u g’arbga qarab davom etib Sangzor daryosi orqali Nurota tog’idan
ajraladi.
Viloyat hududida turli xil landshaftlarni ko’rish mumkin. Masalan,
mintaqadagi chekka shimolni Qizilqum cho’li egallagan. Qumlar va qum
tepaliklari, botiqlardagi sho’rxoklar bilan aralashib ketgan yerlar,
viloyatning bu
qismidagi landshaftning asosini tashkil qiladi. Shimoli-sharq va sharq tomondan
viloyat hududi Sirdaryo viloyatining voha landshafti bilan chegaradosh. Janub va
janubi-sharqdan hudud Oloy va Turkiston tizma tog’lariga tutashib ketgan.
Nurota tog’ tizmasi sharqda Molguzar tog’i bilan Sangzor daryosi kesib
o’tadigan Amir Temur (Ilono’tdi) darvozasi orqali ajraladi va uning kengligi 120-
130 metrni tashkil qiladi. Nurota tog’ tizmasi g’arbga borgan sari ko’tarilib boradi,
markaziy qismida joylashgan va eng baland nuqtasi
hisoblangan Sarihoyat
(Hayotboshi, 2169 m) tog’idan keyin yana asta-sekin pasayib boradi. Nurota tog’
tizmasi asosan granit, bazalt, ohaktosh, qumtosh va boshqa tog’ jinslaridan tashkil
topgan.
Nurota tog’ massivining janubiy qismi keng va biroz qiyalashib borsa,
shimoliy qismining yonbag’ri aksincha tikdir. Biroq bu tik yonbag’irlar soy suvlari
11
va yog’in tufayli vujudga kelgan soychalar bilan yuvilgan va keng vodiychalar
hosil qilgan. Nurota tog’ tizmasi shimoliy va janubiy tarmoqlarga bo’linadi, ular
orasida keng denudatsion tekislik mavjud.
Hududning yer yuzasidagi harorat keskin o’zgarib turadi, bu va quruq iqlim
tog’ jinslarining nurash jarayonini tezlashtiradi. Shu boisdan tog’ yonbag’irlari
o’simlik kam o’sadigan xarsang, g’o’latosh, shag’al va yemirilgan tosh parchalar
qatlami bilan qalin qoplangan. Mavsumiy yog’ingarchilik nuragan tog’
jinslarini
oqizib ketadi va sayqallaydi. Bu jinslar qurib qolgan o’zanlarda va tog’ etaklarida
mayda tosh va qumloqlar hosil bo’lishiga olib kelgan.
Viloyatning shimoli-sharqiy qismi tekisliklardan iborat bo’lib, u shimol va
shimoli g’arb tomon kamroq pasayib boradi. G’arbda Qili daryosi, shimoli-sharqda
Aydar-Arnasoy botig’igacha bo’lgan maydonni egallagan. Mutlaq ko’rsatkichlari
janubi-sharqda 300 m ga, shimoli-g’arbda 240-230 m ga tengdir. Nurota
tizmasining shimolidagi tekislik relefi shimoli-sharq tomon cho’zilgan va uni bir
qismini Baliqlitog’, Egarbellitog’, Pistalitog’ va Xonbanditog’
kabi palezoy past
tog’lari egallagan. Ushbu tekislikning shimoli-g’arbiy qismi Arnasoy, Tuzkon va
Aydar botiqlariga tutashib ketgan va u sharqdan g’arbga tomon asta-sekin pasayib
boradi. Viloyatning chekka shimoliy va shimoli-g’arbiy qismining relefi Qizilqum
qumlari va qumtepalaridan tashkil topgan.
Shunday qilib, Jizzax viloyatining orografik tuzilishi uning iqlim
xususiyatining shakllanishida muhim rol o’ynab o’simlik, tuproq va boshqa tabiiy
komponentlarning joylanish qonuniyatlarini belgilagan. Viloyat landshafti o’ziga
xos, uning takrorlanmasligi va geografik jihatdan noyobligini alohida ta’kidlash
lozim. Mavjud tabiiy sharoitlar xo’jalik yuritishda mahalliy xususiyatlarni
e’tiborga olishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: