Mundarija kirish I bob. Jizzax viloyatning tabiiy geografik xususiyatlari va tabiiy resurslari



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana26.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#473451
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
jizzax viloyatining turistik rekratsion salohiyatidan foydalanish muammolari va istiqbollari

"Jondahar ota" ziyoratgohi
. Forish tumanining G’orli
Tarasha qishlog’ida 
Muhammad SHarif (Mavlono Grekushox) nomi bilan aziz tutilguvchi ikkita 
ziyorat manzili bor. Birinchisi, ul zoti bobaroqotning xonaqoxlari bo’lsa, ikkinchisi 
"Jondahar ota" - 
"jonga darmon beruvchi"
ma’nosida ziyoratgohi hisoblanadi.
Garasha qishlog’ining nomi ham (Mavlono Grekushox) "tugunlarni 
yechuvchi" so’zidan olingan bo’lishi mumkin. Keyinchalik chashma atrofida ko’p 
ming kishilik kurton qal’a quriladi. Bu rivoyatlarga ko’ra XII asrga to’g’ri keladi. 
CHashmaning suvi shifobaxщ xususiyatlarga ega, masalan sariq kasalligiga, 
teridagi har xil dog’larni ketkizadi, qutirgan it qopganlar bu suvda cho’miladilar, 
har xil oshqozon-ichak xastaliklarida ham bu chashmaning suvini ichish koni 
foyda..." 
Garashalik qishloq keksalari Umarxon bobo Ixtiyorov, Homid bobo 
Abdurahmonov, Rauf bobo Rashidov, Abdurahmon bobo Asrorov, Sulaymon bobo 
Tovboevlar tomonidan saqlab kelingan juda ko’hna arabiy imlodagi ikki hujjat 
2001 yilda Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etilgan bo’lib, ular o’rganib 
chiqildi. 


46
"O’smat ota" ziyoratgohi.
O’zbekistonda mavjud avliyolar qabrlari, aziz 
qadamjolarning aksariyati islom dunyosiga mashhur kishilar, payg’ambarlar, aziz-
avliyoyu anbiyolar, pirlar, xalifalar va shayxlarning nomi bilan mashhurroq. 
Bunday bo’lishiga tabiiy va tarixiy asoslar bor. 
Baxmal tuman markazida, qo’rg’ontepa poyida so’lim go’sha «O’smat ota» 
- aslida 
«O’smon ota»
ziyoratgohi bor. Xuddi Samarqanddagi Shohi Zinda 
rivoyatiga o’xshash hayratli afsona kezib yuradi. Bu odam kofirlardan qochib bir 
tutning ortiga o’tgan va kofirlardan qutilib qolgan ekan. Keyinchalik shu atroflarda 
yashagan va bu joylarni obod qilgan ekan... 
Zamonlar o’tib e’tikodli xalq O’smon ota uchun ramziy qabr tiklab
kichikkina xonaqox quradi. (Usmat qishlog’ining nomi ham shu tarixiy maskan 
nomi bilan bog’liq,
degan taxminlar yuradi. Lekin, O’smat tarixan avvalroq, 
eramizning boshlarida paydo bo’lganligini tarixiy asari, arxeologii materiallar 
tasdiqlaydi.) 
Baxmallik yozuvchi Sayid Azim tarixchi olimlar-Olimjon Juraev va 
Jaloliddin Juraevlar fikriga tayanib Usmat ota qabrini usmatlik fiqhshunos olim, o’z 
davrining yirik qonunshunosi bo’lmish Abul Fath Muhammad ibn Abdulhamid 
Usmandiy as-Samarqandiy nomi bilan bog’laydi. (Abul Fath Usmandiy 1095 yilda 
tavallud topib 1158 yilda, 63 yoshida vafot etganligi ma’lum. Uning arab tilida 
bitilgan, bir necha jilddan iborat bo’lgan "Sharx al-Jomi’ al-Kabir" asari bizgacha 
yetib kelgan.) 
«Hazrati Bashir tarixi» kitobida yozilishicha Hazrati Bashir va ustod Usmoni 
Turkistoniy Turkistonga Xoja Ahmad Yassaviyning ziyoratiga yalangoyok yo’l 
oladilar. Yo’lda ko’p kiyinchiliklar ko’radilar. Firorga (Avliyo qishlog’ning avvalgi 
nomi shunday bo’lsa extimol) yetganlarida bir uydan, «o’choqda ozroq 
oyog’imizni isitib olaylik», deya ijozat so’raydilar. Uy egasi «ozroq yog’ beradi, 
oyoqlarining yorilgan joylariga surib olovda toblaydilar». 
Xonaqoh 2000 yili Usmatlik Alishoev Davir Islom o’g’li va shu paytlarda 
Baxmal tumani hoqimi bo’lib ishlagan Mo’sa Anarboevning sa’yi harakatlari bilan 


47
urgutlik usta Abdujabbor o’g’li Abdujalil va uning o’g’illari, hamda jiyanlari 
tomonidan 72 kunda qayta tiklangan. 
"Usmat ota" ziyoratgohi Baxmal tumanining markazida, bahavo tog’ 
buloqlari qurshovida joylashgan bo’lib, yer maydoni 0,42 gektarni tashkil etadi. 
Ayni paytda rekratsion-hordiq, ziyorat maqsadlarida foydalanilmoqda. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish