Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishi oldidagi qo’yilgan asosiy maqsad O’zbekiston florasida Toldoshlar oilasining amaliy ahamiyatini yoritib berish, o’simliklarni muhofazasiga jiddiy yondoshishni o’rganish va o’rgatish. Bu oilaga mansub o’simliklar haqida keng bilim va tushunchalarga ega bo’lish.
Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati. Ilmiy adabiyotlar tahlili va internet saytlarida to’plangan ushbu kurs ishidagi ma’lumotlardan bakalavriatning biologiya va ekologiya yo’nalishlari hamda barcha qiziquvchilar qo’llanma sifatida dars va darsdan tashqari jarayonlarda foydalanishlari va undan o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Ishning hajmi va tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan.
I. Gulli o’simliklar haqida umumiy ma’lumot
1.1. Yopiq urug’lilar yoki gulli o’simliklar bo’limi
Yuksak o’simliklar yer yuzida eng keng tarqalgan bo’lib, murakkab tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Hozirda yuksak o’simliklar dunyochasi 300,000 dan ortiq turni o’z ichiga oluvchi 9 ta bo’limga ajratiladi.
1. Riniyatoifalar – Ryhniophyta
2. Zosterofiltoifalar – Zosterophyllophyta
3. Yo’sintoifalar – Bryophyta
4. Plauntoifalar – Lycopodiophyta
5. Psilottoifalar – Psilotophyta
6. Qirqbo’g’imtoifalar – Equisetophyta
7. Qirquloqtoifalar - Polypodiophyta
8. Qarag’aytoifalar – (ochiq urug’lilar) - Pinophyta yoki Gymnospermae
9. Magnoliyatoifalar (yopiq urug’lilar) – Magnoliophyta yoki Angyospermae.
Yuksak o’simliklarni o’rganish qishloq xo’jaligi, sanoatda va tibbiyotda hamda farmasevtikada samarali natijalarga erishishga yo’l ochadi.
Yuksak, barg poyalik (Cormophyta) o’simliklar tuban
tallomli (Thallophyta) o’simliklardan qator xarakterli
xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuban o’simliklar suvda
va ayrim xollarda nam muxitda xayot kechiradi. Suvdagi
xayot, o’simlik uchun o’zgarmas muhit sharoitlarida hayot
kechirganliklari tufayli o’simlik tanasini differensiyalanishi, uni organlarga ajralishi uchun deyarli xojat yo’q. Shuning uchun bo’lsa kerak, tuban o’simliklarning tana tuzilishi juda oddiy. Ma’lumki, ular hujayrasiz bir hujayrali, koloniya shaklida, ipsimon, ko’p hujayrali va faqat yuksak taraqqiy etgan vakillarining vegetativ tanasi birqadar differensiyalashgan.
Lekin shu o’simliklarda ham, ularning tanasi bir necha o’n metrga qadar (laminariya) bo’lishiga qaramasdan ularning differensiyalanish (vazifalari bo’lib olinishi) faqat vegetativ tanasining qoplovchi, assimilyatsiya qiladigan, utkazuvchi maxkamlik va to’qimalarga ajralishi (differensiyalanishi) bilan kifoyalanadi va yuksak o’simliklarning tana tuzilishini differensiyalanishdan tubdan farq qiladi. Tuban o’simliklarning vegetativ tanasi ma’lum darajada vazifalarni bo’lib olgan bulsa-da, yuksak o’simliklarda xaqiqiy barg, poya va ildiz singari organlarga ajralgan vegetativ tana mavjud.
Yuksak o’simliklar asta-sekinlik bilan suvdan chiqib quruqlikni ishg’ol qila boshlagan va suv muhitdan keskin farq qiladigan muhitga duch kelganlar. Bir xil suv muhitdan quruqlikka chiqa boshlagan o’simliklar ikki xil tuproq va havo muhitiga duch keladilar. Tabiiyki, million yillar davom etgan uzoq tarixiy taraqqiyot davomida tabiiy tanlanish ta’sirida o’simliklar asta sekin yangi muxit sharoitlariga moslasha borgan va ularning tanasi ildiz, poya, barg singari organlarga differensiyallasha borgan.
Bu organlar birdaniga vujudga kelmagan albatta. Yuksak o’simliklarning bizga qadar yetib kelmagan sodda tuzilishli vakillari ham yashagan.
Ularning nihiyatda sodda tuzilishli vakillari bizga qadar yetib kelmagan Psilofitning yer ustki organi Telom (Tallom bilan arashtirmaslik lozim) dan iborat bo’lgan. Tuban mohlarning yer ustki organi dixotomik shoxlanganildiz vazifasini rizoidlar bajaradi.
Binobarin, yuksak o’simliklarni xarakterlaydigan asosiy xususiyati vegetativ organlari poya, barg va ildizlarning bo’lishidir.
Yuksak o’simliklardan faqat gulli o’simliklarda assimilyatsiya to’qimalari-xlorenxima fotosintez jarayonida quyosh nuridan ratsional foydalanish imkoniga ega bo’lgan ustunsimon va labsimon parenxima hujayralarga differensiyallashgan. Umumiy tur soni 300,000 dan ortiq yuksak o’simliklar yer yuzida hukmronlik rolini o’ynaydi. Ular Arktik viloyatlardan Ekvatorga qadar, seryomg’ir tropik o’rmonlardan, suvsiz quruq cho’l va sahrolargacha keng tarqalgan. Bu o’simliklarning nihoyatda xilma-xilligi kishini xayratda qoldiradi. Tabiatda yuksak o’simliklarning kattaligi bir necha mm keladigan jajji turlar bilan bir qatorda balandligi 10, xatto 100-150 m bo’lgan turlarini ham uchratish mumkin. Yuksak o’simliklar tabiatda va insonning xo’jalik faoliyatida nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida mavjud butun tirik mavjudotlarning shu jumladan insoniyatning hayoti yashil o’simliklar va xususan yuksak o’simliklar bilan chambarchas bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |