Hayotning hujayrali va hujayrasiz shakillari.
Reja:
1. Hayotning hujayraviy va hujayrasiz shakllari.
2. Hujayra organoidlari va ularning tuzulishini o‘rganish metodikasi.
3. Prokariot va eukariot hujayralar.
4.Hujayralarning kimyoviy tarkibi.
5. Moddalar va energiya almashinuvi tushunchalarini shakllantirish metodikasi.
6. Maktab kimyo kursida oqsillar, nuklein kislotalar tuzilishi va ahamiyatini o‘rganish metodikasi.
Hujayra haqida umumiy tushuncha
O‘simlik, hayvon organizmi hujayralardan tuzilganligi kabi, odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan. Hujayralarni sitologiya fani o‘rganadi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra odam organizmida taxminan 10 14 - 10 18 (yuz trillion va undan ko‘p) hujayra bor. Bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qismida o‘rtacha 16 milliard nerv hujayrasi mavjud.
Hujayralarning tuzilishi mikroskop yordamida birinchi bo‘lib ingliz fizigi R.Guk tomonidan o‘rganilgan (birinchi mikroskop 1625 yilda F. Stelluti tomonidan ixtiro qilingan).
Elektron mikroskopning yaratilishi hujayraning ilgari ma’lum bo‘lmagan qismlarini o‘rganishga imkon berdi.
Odam organizmi turli to‘qima va organlari hujayralarining shakli turlicha, ya’ni, sharsimon, duksimon, oval, yulduzsimon va hokazo shakllarda bo‘ladi. Hujayralarning hajmi ham turlichadir, ularning hajmi 5-10 mikrondan 100 mikrongacha va undan katta bo‘lishi ham mumkin.
Hujayraning tuzilishi
Barcha to‘qima va a’zolar hujayralarining umumiy tu-zilishi o‘xshash bo‘ladi. Hujayra quyidagi uch qismdan tarkib topadi: membrana (parda), sitoplazma va yadro.
Hujayra membranasi uning ustini qoplab turuvchi yupqa parda bo‘lib, oqsil va yog‘(lipid)lardan tashkil topgan. U hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni, ya’ni, hujay-raning oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlanishi, shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan zaharli chiqindilarning hujayradan qonga o‘tkazilishida muhim ahamiyatga ega. Membrana hujayra ichi va tashqarisidagi (hujayralararo) suyuqliklardagi ionlarning tarkibi muvozanatda bo‘ligshpsh ta’minlaydi.
Hujayra ichi va tashqa-risidagi suyuqliklarda ionlar tarkibining har xil bo‘lishi (hujayra ichidagi suyukdikda kaliy ionlari, tashqarisidagi suyuqlikda esa natriy ionlari konsentratsiyasi yuqori bo‘la-di) hujayrada biologik tok (biotok) hosil qiladi. Biotok maxsus asboblar yordamida anikdanadi. Ushbu holat turli to‘kima va organlar faoliyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, yurak muskullarining biotoklari elektrokardiograf asbobi yordamida maxsus lentaga yozib olinadi, yozuv natija-lariga ko‘ra mutaxassislar yurakning faoliyati xususida xulosa chiqaradilar, kasallik turi aniqpanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |